www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
uning zarariga menga yordam bermasang, unga kuchim yetmaydi», dedilar. Shunda
Alloh taolo: «Siz uchun biron bir farzand tug‘iladigan bo‘lsa, unga bir farishta vakil qilib
qo‘yiladi», dedi. Odam alayhissalom: «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedilar. «Bir
gunohni bir gunoh, deb yozib, bir savobni esa o‘ntadan to xohlaganimcha
mukofotlayman», dedi. «Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedilar. «Tavba eshigi,
modomiki ruh jismda ekan, ochiqdir», dedi. Shunda Iblis ham: «Ey Robbim, bu
bandangni mendan ulug‘ qilib qo‘yding, agar menga yordam bermasang, unga kuchim
yetmaydi», dedi. Alloh taolo unga: «Agar Odamga bir bola tug‘ilsa, albatta sen uchun
ham bir bola tug‘iladi», dedi. «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedi. «Ularning qon
yuradigan joylarida yurasan va ularning qalblarini o‘zing uchun uy qilib olasan», dedi.
«Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedi. «Ularga otliq va piyoda askarlaring bilan zarar
keltir, ularning mollariga va bolalariga sheriklik qil, ularga va’dalar bergin», dedi. Ularga
shayton faqat quruq va’dalar qiladi».
Abu Dardodan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh
taolo jinlarni uch xil toifa qilib yaratdi, bir toifasi ilon, chayon va yer hasharotlaridir.
Yana bir toifasi havodagi shamolga o‘xshashdir. Yana bir toifasining ustida savob va jazo
bor. Alloh taolo insonni ham uch toifa qilib yaratdi, bir toifasi Alloh taolo O’z kalomida
aytganidek, hayvonlarga o‘xshaydi:
«Biz jin va insdan ko‘plarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir.
Ularning dillari bor-u, anglay olmaydilar, ko‘zlari bor-u, ko‘ra olmaydilar,
quloqlari bor-u, eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo‘q, ular (beaql,
befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar»
(A’rof surasi, 179-oyat).
Yana bir toifasining jismlari odam bolasining jismlari kabidir, ruhlari esa shaytonlarning
ruhlaridir. Yana bir toifasi qiyomat kunida Alloh taoloning «soyasi» ostida bo‘ladi» (Ibn
Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif).
Vuhayb ibn Vird aytdilar: «Iblis Zakariyo alayhissalom o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga
ko‘rindi. U Yahyo alayhissalomga «Men sizga nasihat qilishni xohlayman», dedi. U kishi:
«Sening nasihatingga ehtiyojim yo‘q, lekin odam farzandlari haqida xabar ber», dedilar.
Shayton: «Ular bizning nazdimizda uchga bo‘linishadi. Ulardan birinchisi biz uchun eng
qattig‘idir. Chunki ulardan birining oldiga boramiz-da, uni fitnalantirib, endi unga
o‘rnashganimizda istig‘for va tavbaga tayanadi va erishgan barcha narsamizni fasod
qiladi. So‘ngra unga yana qaytib kelamiz. U yana tavbasiga qaytadi. Biz undan noumid
bo‘lmaymiz-u, lekin hojatimizga ham yeta olmaymiz. Undan juda qiyinchilik ko‘ramiz.
Ammo ikkinchi toifasi qo‘limizda go‘daklaringizning qo‘lidagi to‘p kabidir. Ularni xohlagan
tomonimizga otamiz. Ularning nafslariga o‘zimiz kifoya qilamiz. Uchinchi toifasi sizga
o‘xshaganlardir. Ya’ni, Alloh taolo tomonidan saqlab qo‘yilganlar bo‘lib, ulardan biror
narsaga qodir bo‘lmaymiz», dedi».
Shayton nima uchun ba’zi kishiga ko‘rinib, ba’zi kishiga ko‘rinmaydi? Agar inson
shaytonni bir suratda ko‘rsa, u shaytonning haqiqiy suratimi yoki inson uchun shu
suratda ko‘rinadimi? Agar haqiqiy suratida bo‘lsa, qanday qilib har xil suratlarda ko‘rina
oladi? Qanday qilib u bir vaqtning o‘zida ikki makonda va ikki xil suratda ko‘rinadi? Hatto
uni ikki kishi ikki xil suratda ham ko‘radi, deydigan bo‘lsangiz, bilingki, farishta uchun
ham, shayton uchun ham ikki xil surat bor. Ana shu suratlar haqiqiy suratlaridir. Bu
suratlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |