Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, 
(Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar»
(A’rof surasi, 201-
oyat). 
Ya’ni, ular uchun muammolar yechilib ketadi. Ammo kim nafsini taqvo bilan rozi qilmay 
tabiatini havosiga ergashish bilan shaytonning aldovlariga bo‘ysunishga moyil qiladigan 
bo‘lsa, u holda adashishligi ko‘payib ketadi. O’zi sezmagan holda halokati tezlashib 
ketadi. Bularning o‘xshashlari to‘g‘risida Alloh taolo aytadi: 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
«Agar zolim-kofir kimsalar uchun Yerdagi bor narsa va u bilan birga yana 
o‘shaning mislicha narsa bo‘lsa, albatta ular qiyomat kunidagi azobning 
yomonligidan, o‘sha (qo‘llaridagi bor narsalarni) to‘lov qilib berib yuborgan 
bo‘lur edilar. (Chunki u kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham 
ko‘rmagan narsalar - azoblar ko‘rinadi»
(Zumar surasi, 47-oyat). 
Aytiladiki: «U savob deb o‘ylagan amallari edi, biroq u gunoh bo‘lib chiqdi». Muomala 
ilmlarining eng beparvo bo‘lingani va bekilib ketgani nafsning aldashi va shaytonning 
hiylalaridan ogoh bo‘lishdir. Vaholanki, bu ilm har bir bandaga farzi ayndir. Odamlar esa 
bunga beparvo bo‘lib, o‘zlariga vasvasalarni jalb qiladigan va ustlariga shaytonni 
hukmron qilib qo‘yadigan, uning dushmanligini va undan ehtiyot bo‘lish yo‘llarini 
unuttirib qo‘yadigan ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdi. Endi vasvasalarning ko‘pligidan 
faqat xayol eshiklarini yopib qo‘yishgina qutqaradi. Uning tashqi eshiklari beshta his 
etish a’zolaridir, ichki eshiklari esa shahvatlar va dunyo aloqalaridir. Qorong‘i uyda 
yolg‘iz qolish his etish eshigini to‘sadi. Molu dunyo va ahl-bolalaridan uzilish ichki 
eshiklardan bo‘ladigan vasvasalar yo‘lini ozaytiradi. Shunday bo‘lsa ham, qalbga joriy 
bo‘ladigan xayolotlarga botiniy kirish eshiklari ochiq qoladi. Buni esa qalbni faqat Alloh 
zikri bilan mashg‘ul qilish orqali daf etiladi. Keyin shayton qalbni o‘ziga tortishda, 
talashishda, Alloh zikridan to‘sishga harakat qilishda bardavom bo‘ladi. Unga qarshi 
kurashish lozim. Bu kurashish o‘lguncha bo‘ladi. Zero, qay bir inson tirik ekan, 
shaytondan qutulolmaydi. Batahqiq, kurashish bilan unga bo‘ysunmaslikka va uning 
yomonligini o‘zidan daf qilishga kuchi yetadigan bo‘ladi. Lekin badanida qon yurib 
turarkan, bir lahza ham unga qarshi kurashishdan va o‘zini himoya qilishdan behojat 
bo‘lolmaydi. Chunki inson tirik ekan, uning qalbiga shayton eshigi bekilmaydi va doim 
ochiq bo‘ladi. Bu eshiklar shahvat, g‘azab, hasad, ta’magirlik, ochko‘zlik va boshqa 
narsalardir.
Bularning sharhi tezda keladi. Qachonki, eshik ochiq va dushman xushyor bo‘lsa, 
bundan faqat qo‘riqlash va kurashish bilan himoyalaniladi. Bir kishi Hasan Basriyga «Ey 
Abu Said, shayton ham uxlaydimi?» deb savol berganida, u kishi tabassum qilib: «Agar 
uxlaganida biz rohatda bo‘lardik», degan ekanlar. Demak, mo‘min undan qutulishi 
mumkin emas. Lekin uni daf qilish va quvvatini zaiflashtirish uchun yo‘l bor. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi o‘z shaytonini sizlardan biringiz 
tuyasini safarda holdan toydirgani kabi holdan toydiradi», dedilar (Imom Ahmad 
rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Mo‘minning shaytoni ozg‘in bo‘ladi», dedilar. 
Qays ibn Hajjoj dedilar: «Shaytonim menga: «Sening ichingga kirganimda men semiz 
tuyadek edim, hozir esa chumchuqqa o‘xshab qoldim», dedi. Shunda men undan «Nima 
uchun?» deb so‘radim. «Alloh taoloning zikri bilan meni kichraytirib yuboryapsan», deb 
javob qildi shayton». Taqvodor kishilarga shayton eshiklarini to‘sish va uni qo‘riqlash 
bilan himoya qilish, ya’ni zohiriy eshiklarini va oshkora gunohlarga olib boradigan ochiq-
oydin yo‘llarini to‘sish qiyin bo‘lmaydi. Lekin ular shaytonning xufyona yo‘llarida toyilib 
ketishadi. Chunki ular uning xufyona yo‘llarini qo‘riqlash uchun uning qaerdaligini 
bilishmaydi.
Ulamo va voizlarning aldanib qolishlari to‘g‘risida avval ishora qilganimiz bunga misol. 
Bu yerda mushkullik shundaki, shayton uchun qalbga ochilgan eshiklar ko‘p va 
farishtalarning eshiklari bittadir. Darhaqiqat, ana shu bitta eshik ko‘p eshiklar bilan 
chalkashib ketgan. Banda bu holatda xuddi zulmatli kechada yo‘llari ko‘p, lekin 
qaysisidan borilishi noma’lum bo‘lgan holda sahroda qolib ketgan bir musofirga 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish