www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
Qalbni obod qilish esa farishtalar izining o‘rni bo‘lgan Alloh zikri bilan bo‘ladi. Jobir ibn
Ubayda Adaviy aytdilar: «A’lo ibn Ziyodga qalbimda bo‘ladigan vasvasalardan shikoyat
qildim. U kishi: «Albatta uning misoli o‘g‘rilar kirib o‘tib ketadigan uyning misoliga
o‘xshaydi. Agar uyda biror narsa bo‘lsa, u bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Agar hech narsa
bo‘lmasa, uyni shunday tashlab o‘tib ketishadi», dedilar». Ya’ni, albatta havoyi nafsdan
xoli bo‘lgan qalbga shayton kirmaydi. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:
«Mening (iymon-e’tiqodli) bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat-
hukmronlik bo‘lmas»
(Al-Isro surasi, 65-oyat).
Havoyi nafsga ergashgan har bir kishi Allohning quli emas, balki havoyi nafsning qulidir.
Shuning uchun Alloh taolo uning ustiga shaytonni hukmron qilib qo‘ygan.
Alloh taolo aytadi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan...
kimsani ko‘rganmisiz?»
(Josiya surasi, 23-oyat.)
Bu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, kim havoyi nafsiga ergashsa, u inson nafsining qulidir,
Alloh quli emas.
Shuning uchun Amr ibn Oss Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga «Ey Rasululloh,
men bilan namozim, qiroatim o‘rtasiga shayton tushib oldi», dedilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ana shu Xanzab, deb nomlanmish shaytondir. Agar uni sezib
qolsang, uning yomonligidan Allohdan panoh so‘ragin va chap tomoningga uch marta
tuflagin», dedilar (Imom Muslim rivoyati). Amr ibn Oss aytdilar: «Ana shunday qilgan
edim, uni Alloh mendan ketkazdi».
Xabarda kelishicha, «Tahorat uchun bir shayton bo‘lib, u Valhon, deb ataladi. Uning
yomonligidan Allohdan panoh so‘ranglar», deyilgan (Imom Termiziy rivoyati). Qalbdan
shaytonning vasvasasi faqat vasvasa qilinayotgan narsadan boshqa narsani eslash bilan
o‘chadi. Chunki qalbda bir narsaning zikri xotirlansa, oldin kelgan narsaning zikri yo‘q
bo‘ladi. Lekin Allohdan va Allohga taalluqli narsalardan boshqa har bir narsa shayton
uchun makon bo‘lishi mumkin. Alloh zikri bor joydagina uning yomonligidan omonda
bo‘linadi. Aniq bilinadiki, Alloh zikri bor joyda shayton uchun joy yo‘q. Biror narsani
davolashda ham o‘sha narsaning ziddi qo‘llaniladi. Shayton vasvasalari ziddi (esa
gunohdan tiyilish va ibodatga qodir bo‘lishda o‘zida) kuch-quvvat (bor, demoq)dan
saqlanib, Allohni eslashdir. Bu esa mana bu so‘zingizning ma’nosidir: «Allohning
dargohidan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rayman. Ibodat qilish
uchun qodir bo‘lishga ham, gunohdan tiyilishga ham faqat oliy va buyuk bo‘lgan
Allohning yordami bilan erishaman».
Bunga esa Alloh zikrini ko‘p qiladigan taqvodorlargina qodir bo‘ladilar. Shayton ular xato
qilgan paytlarida qulay fursat poylab, atroflarida aylanadi. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |