Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
ziynatlanish harom emas. Lekin unga chuqur kirishish unsiyatni paydo qiladi.
Natijada
uni tark qilish qiyinlashadi.
Ziynatlanish faqat uning sabablariga rioya etish bilan mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha uning
sabablariga rioya etmaslik mudohana (murosa, xushomadgo‘ylik), xalqning xohishiga
rioya qilish, riyokorlik va boshqa man’ qilingan ishlardan
iborat gunohlarni keltirib
chiqaradi. Bu gunohlardan qutulishning chorasi ziynatlanishdan saqlanishdir. Chunki kim
dunyoga sho‘ng‘isa, albatta, undan salomat chiqmaydi. Agar dunyoga sho‘ng‘ish bilan
birga, undan salomat qolish mumkin bo‘lganida edi, Rasululloh (sollallohu
alayhi
vasallam) dunyoni tark etishda mubolag‘a qilmas edilar. Hattoki, xutba vaqtida naqshli
kiyimni
157
va tilla uzukni yechib qo‘yar edilar.
158
Bundan boshqa yana ko‘plab dalillar
borki, bayoni yaqinda keladi.
157. Muttafaqun alayh.
158. Muttafaqun alayh.
Hikoya qilinadiki, Yahyo ibn Yazid Navfaliy (r.a.) Imom Molik ibn Anasga (r.a.)
shunday
maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohiym. O‘tmish va kelajakdagilar ichida Uning
payg‘ambari Muhammadga Allohning salot va salomi bo‘lsin! Yahyo ibn Yazid ibn
Abdulmalikdan Molik ibn Anasga. Ammo ba’d. Menga ma’lum bo‘ldiki,
sen nafis
kiyimlar kiyib, nozik taomlar yer emishsan. Yana ko‘rpachalar ustida o‘tirib, eshigingga
soqchilarni qo‘yibsan. Holbuki, sen ilm kursisiga o‘tirgan zotsan. Sening huzuringga
kelish uchun ulovlar tayyorlangan va odamlar ham doimo sen tomonga oshiqadilar. Ular
seni imom qilib olganlar va so‘zlaringdan rozi bo‘ladilar (qabul qiladilar). Shunday ekan,
Allohdan qo‘rq, ey Molik! Mutavoze’ bo‘l. Bularni
senga nasihat uchun yozdimki,
Allohdan o‘zga hech kim bundan xabardor emas. Vassalom!»
Molik (r.a.) unga shunday javob yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Alloh taolodan
sayyidimiz Muhammadga, ahli va ashobiga salot va salomlar bo‘lsin!
Molik ibn Anasdan
Yahyo ibn Yazidga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Ammo ba’d. Maktubing menga yetib
keldi va nasihat, shafqat, adab bo‘lib (qalbimga) joylashdi. Alloh
seni taqvo bilan siylasin
va nasihating evaziga yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh taolodan tavfiq so‘rayman.
(Yaxshilik qilishga) kuch va (yomonlikdan saqlanishga) quvvat faqatgina buyuk va oliy
zot bo‘lgan Allohdandir. To‘g‘ri, sen zikr qilganingdek,
men nozik taomlar yeyman, nafis
kiyimlar kiyaman, (soqchi bilan o‘zimni) qo‘riqlataman va yumshoq o‘rinlarda o‘tiraman.
Mana shularni qilamiz va Alloh taolodan mag‘firat so‘raymiz. Zero, Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: