SHARAFLAR MOLLARDAN AHAMIYATLIDIR
Ulamolar aytadiki, birov kimningdir molini olsa, mol egasi vafotidan so‘ng pushaymon
bo‘lib marhumning vorislariga va butun yer yuzi aholisiga o‘sha molni keltirib rozi-rizolik
uchun harakat qilsa, ular rozi bo‘lishsa ham o‘sha kishining sharafiga yetgan
xafagarchiligini ketkazolmaydi. Zero, bir mo‘minning sharafi, molidan ahamiyatliroqdir.
Shayx Abul Mavohibish - Shozaliy rahmatullohi alayh aytadi: «Muridning kamolotiga
to‘siq bo‘lgan narsalardan biri musulmonning g‘iybatini qilishdir. Kim g‘iybat qilish
balosiga yo‘liqqan bo‘lsa, Fotiha, Ixlos va Muovvizatayn (Falaq, Nos) suralarini o‘qisin,
savobini g‘iybat qilgan birodarining amal daftariga yozilishini Allohdan so‘rasin..."
Buni ham bilib ol, birodar!
Do'stlaringiz bilan baham: |