TAHAJJUD (TUNGI) NAMOZNI UYINGDA O’QI
Shunday naql etiladi: "Uyingizda namoz o‘qib turing, uyingiz dunyo ahliga yulduzlarga
o‘xshab nur sochsin".
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati: "Farz namozidan boshqa namozning eng
fazilatlisi kishining uyda o‘qigan namozidir". (Buxoriy. "Azon", 81; Muslim. "Siyom", 202,
203).
Salafi solihiynlardan ba’zilari (rahmatullohi alayhim) shunday deyishgan: "Uyda o‘qilgan
nafl namozning fazilati masjidda o‘qilgan farz namozining fazilati kabidir".
Abul Jaldning bunday degani naql qilinadi: "Iso alayhissalom Iblisdan: "Hayy va Qayum
- Alloh haqqi sendan so‘rayman: "Jismingni erituvchi, belingni sindiruvchi nedir?" deb
so‘rabdi. Iblis: "Ey Allohning nabiysi, Hayy va Qayum haqqi uchun so‘ramaganingda
senga javob bermasdim. Jismimni eritgan narsa - Alloh yo‘lida mujohada etgan
otliqlardir. Belimni sindiruvchi narsa kishining farz namozini masjidda, naflni uyida
o‘qishidir".
Buni ham bil, ey birodar!
Do'stlaringiz bilan baham: |