www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
ALDAGUVCHI KASBDAN (TIRIKCHILIKDAN) SAQLAN!
Kasb-korida aldov shar’an ayb sanaladi. Imom Muslimning «Sahih»ida Abu Hurayradan
(r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) bozorda sotilayotgan bir to‘p donning
ichiga qo‘llarini botirdilar. Ittifoqo, qo‘llari namlikni sezdi va: «Ey bu molning egasi, bu
nima?» deya so‘radilar. Sotuvchi bunday dedi: «Yo Rasulalloh, bunga yomg‘ir tegdi».
Rasululloh: «Odamlar ko‘rishlari uchun o‘sha qismini ust tomonga qo‘yishing kerak
emasmi?» dedilar. So‘ngra bunday marhamat qildilar: «Bizni aldaydigan bizdan emas»
(Muspim «Imon», 164; Abu Dovud.«Sehr», 50; Termiziy. «Sehr», 72; Ibni Moja.
«Tijorat», 36; Dorimiy. «Sehr», 10; Ahmad, 11, 50).
Har bir inson o‘z kasbida taqvoga e’tibor berishi, aldamasligi kerak. Alloh taolo insonga
kasb-korida nafsini tiyish, halol mol topish qobiliyatini bergan. Agar inson kasbida hiyla
ishlatsa, o‘ziga ham butun insonlarga ham hiyonat qilgan bo‘ladi.
Bu borada quyidagilarni aytishgan: «Kim kasbida to‘g‘ri va samimiy bo‘lsa, Alloh
buyurgani uchun insonlarga foydali bo‘lish maqsadida ishlasa, Alloh taolo u kimsaning
sarmoyasiga kutilmagan joydan baraka ehson etadi, hatto u mol-dunyo jihatidan
insonlarning eng farovonlaridan bo‘ladi. Kimki ishida hiyla qilsa, bu holi oshkor bo‘ladi,
molining barakasi yo‘qoladi, hatto tez orada sarson-sargardonligi zarbulmasal bo‘ladi.
Zero, Alloh kambag‘allikni aldamchilikka, barokatni esa taqvoga bog‘lagan. Xalaf va salaf
mashoyixlar Qur’oni azim va Sunnati sharifga suyangan holda kasb-korni tashviq
qilishgan. Bu holatga Shozaliy Sodotjanoblari guvohdirlar.
Shayx Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Kim (halol
yo‘ldan) tirikchilik qilishga intilib, Robbisi buyurgan farzlarni ado etsa, bu kimsaning
mujohadasi kamolotga yetadi».
Shayx Abul Abbos al-Mursiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Sabablarga
yopishing. Sizning har biringizning tarozi, ish quroli, tikish ignasi va (tijorat) safari (kabi
muntazam bir kasbi, mashg‘uloti. — Tarj.) bo‘lsin».
Ulamoi kirom halol luqmani topish uchun mehnat qilish - imonning kamol darajalaridan
bir vojib ekanligi xususida ijmo qilishgan. Shu narsa haqiqatki, ishlab pul topolmaydigan
erkak ayolga o‘xshaydi.
«Vasiyyat» muallifi Matbuliy rahmatullohi alayh hunari yo‘q kambag‘al haqida bunday
deganlar: «U kimsa xarobalarda yashaydigan boyqushga o‘xshaydi. Chunki uning hech
kimsaga foydasi tegmaydi».
Rasululloh (s.a.v.) ashobdan hech biriga qo‘lidagi kasb-korini tashlashlarini
buyurmadilar. Ularning o‘z tirikchiliklari yo‘lida davom etishga undaganlar, bu borada
tavsiya va nasihatlar berganlar.
Yana «Vasiyyat» muallifi aytadiki: «Komil (murshid) - insonlarni o‘z kasb-korini yuritish
bilan ularga sayru suluklarini o‘rgatgan va ularga kasblarini tark etishlarini
buyurmagan (zot)dir. G’ayrimashru’ ishlarni qilgan kimsani hech bir kishi Alloh(ning
rizoligi. - Tarj.)ga yetkaza olmaydi. Menimcha kasb-korli, hunarli mo‘min, insonlarning
sadaqa va ehsonlariga muhtoj, hech bir dunyoviy hunar qo‘lidan kelmagan, dindorligi
Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar. Imom Sha’roniy
Do'stlaringiz bilan baham: |