Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar. Imom Sha’roniy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
nafs ibodatdan lazzat olmaydi, faqat uning istagiga xush kelsagina xushlanadi, yo‘qsa
xursand bo‘lmaydi.
Ham
Alloh taolo uchun, ham boshqa bir narsa uchun amal etish riyo hisoblanadi. Bu riyo
shirkdir.
Ustozim Abulqodir ad-Dashturiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Niyat faqat Alloh
rizoligini topish bo‘lmog‘i kerak. Bunga diqqat qil! Nafsing o‘yiniga rozi bo‘lsang,
halokatga uchraysan. Seni ibodat qilishga tashfiq etuvchi ikki narsa bor: foniy va boqiy
tashviq. Sayri suluk yo‘liga dastlab kirganlar uchun bu holat riyoning eng og‘ir
bosqichidir. Chunki riyo ularda murakkab tarzda bo‘ladi. Bundan qutilish qiyin kechadi.
Sayri sulukka kuchi yetgan ulamoyi omilin (olimi boamal)ning bu holati musomaha ila
(yaxshi, xush. - Tarj.) qabul qilinmaydi. Foniy va boqiy tashviq quyidagicha.
Bir boshliq
yoxud mansabdor odamda sening bir ishing bor. U boshliq yoxud mansab egasi birinchi
safda yoki ma’lum bir joyda juma yo boshqa bir namoz o‘qiyapti. Sen esa odatdagidek u
yerda farz namozini ado etmoq uchun emas, ehtiyojing, ishingni hal qilish uchun uning
yonida namoz o‘qishlikka harakat qilyapsan. Bu o‘rinda
shu narsa haqiqatki, seni u
tomonga tortayotgan narsa namozni mukammalroq ado etish niyati emas, ishingni
bitirish niyatidir.
Riyoning nozik jihatlaridan yana biri Allohning valiysi bo‘lish niyati (umidi. - Tarj.)
bilangina qilingan ibodatdir. Bu moyana muqobilida amal qilish kabidir. Bu kasallik,
kasalliklarning eng yashirinidir. Bu kasallikka «chalingan» kishi balki yuksalayotgandir.
Unga
aytiladiki, sen tariqat ahli emassan, bu yo‘ldan voz kech, orqaga qayt. Chunki ahli
tariqat - Alloh amriga buysunish, Haq oldidagi vazifasini ado
etish maqsadida bandalik
qilgan - ibodat etgan (kishi)dir».
Bir maqomga yetishmasdan yoki yetishganini aytishga izn berilmasdan («men shu
maqomga ko‘tarildim...» tarzda. - Tarj.) maqomlar da’vo qilish ham riyo sanaladi.
Bunday kimsaga jazo beriladi, keyin aslo o‘sha maqomga yetisholmaydi. Bu tajribada
sobit bo‘lgan.
Abul Hasan ash-Shozaliy bunday deganlar: «Muridlarga maqtanish maqsadida solih
amallarni ko‘paytirish juda zararlidir. Solih amallarning ko‘pligi bilan faxrlanish fazilat
emas. Ko‘pchilik muridlar bu holatdan ogoh bo‘lmaydilar. Murshidlar
muridlariga imkoni
boricha solih amallarini yashirishni vojib qilganlar..».
Yana shunday deyilgan: «Murid maqtovga loyiq bir ishni qilib, o‘zining maqtalishini
istasa riyokordir.
Insonlar uchun amalni tark etish ham riyo sanaladi. Fuzayl ibn Iyoz bunday deydi:
«Insonlar sabab bo‘lib, amalni tark etish riyo, insonlar ko‘ngli uchun amal qilish shirkdir.
Ixlos esa Alloh taolo seni har ikkisidan muhofaza qilishidir».
Bu o‘rinda bir ibodatga azm etib, odamlar ko‘radi, degan qo‘rquv
sababli ibodatni tark
qilgan kishi nazarda tutilmoqda. Shu kimsa riyokordir. Chunki u ibodatini insonlar sabab
tark etdi! Biroq bu (nafl. - Tarj.) ibodatni yashirincha ado etish maqsadida tark qilgan
Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar. Imom Sha’roniy
Do'stlaringiz bilan baham: