Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx


YOsh bokschilarning mashg‘ulot va musobaqalardagi



Download 2,13 Mb.
bet3/8
Sana11.03.2022
Hajmi2,13 Mb.
#490692
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yosh bokschilarning bir yillik mashg\'ulot siklida maxsus tayyorgarligi

1.2. YOsh bokschilarning mashg‘ulot va musobaqalardagi
harakatlari
Boks mashg‘ulotsi va musobaqalarda qo‘llaniladigan usullar taktik-texnik harakatlar rivojlantirishda sportchilarning mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta rivojlantirish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Zo‘rma-zo‘raki va keskin tarzda qo‘llangan mashqlar mushak, pay, bo‘g‘imlarni jarohatlanishiga, hatto og‘ir jarohatga olib kelishi
mumkin. (34).
YOsh bokschilarni tayyorlash yuqori darajada ko‘p yillik tayyorgarlik tizimi samaradorligiga bog‘liq. Unga sport
maktablarida o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladigan yosh bokschilarni mashg‘ulot qildirishning oqilona tashkil etilgan jarayoni
sifatida ta’rif berish mumkin.
Bokschining ko‘p yillik tayyorgarligi inson rivojlanishining-yosh xususiyatlari, uning tayyorgarlik darajasi, jismoniy sifatlarining rivojlanish xususiyatlari, harakat malakalari va ko‘nikmalarining shakllanishini hisobga olgan xoldagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Ko‘p yillik mashguloti jarayonini tug‘ri tuzish uchun bokschilar uzlarining yuqori natijalariga erishayotgan yosh
chegaralari atrofiga bog‘liq holda yo‘l tutishi lozim.
Murabbiyning yosh zonalarini bilishi ko‘p yillik
mashg‘uloti jarayonini yaxshi tizimlashtirishga imkoы beradi. Birok, sportchilarning yoshi ko‘p yillik mashg‘ulotning oqilona tizidaqiqai
qurishda hisobga olinishi shart bulgan yagona omil emas. Bokschining alohida jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun eng qulay davrlar, shuningdek texnik-taktik harakatlarni sifatli uzlashtirish
qobiliyatini hisobga olish zarur.(31,35)
O‘smirlik chog‘ida jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Bunda oqilona va tizimli pedagogik ta’sir etish ta’minlanishi lozim. YOsh bokschilarning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi pedagogik ta’sir yosh rivojlanishining u yoki bu
pog‘onasida eng yaqqol ko‘zga tashlanadigan jismoniy
sifatlarning to‘liqroq namoyon bo‘lishiga yordam beradi.
Mashg‘ulot va musobaqalarda bokschilar faoliyati
jarayonlarida sportchiga bir qator ganitib qo‘yadigan omillar ta’sir qiladi. Bu endogen va ekzogen deb ataladi. Endogen gangituvchi omillar: xayajonlanish, gipoksiya, charchash va jarohat olish hisoblanadi. Ekzogen omillar: musobaqa sharoitining ta’siri,
ishqibozlarning o‘zini tutishi, jang boksiga zo‘r berish hisoblanadi.
YUqori toifali bokschilar bellashuvga qatnashishda va
yaxshi texnikalarni ko‘rsatishda katta tadqiqotga egadirlar. Ular murakkab konfliktli holatlarga ya’ni, charchoq va gangituvchi omillarga qaramasdan musobaqa bosqichlariga javobgar bo‘ladilar
va yuqori natijalarni qo‘lga kiritadilar.
Bokschining texnik turi, xarakat va hodisaning maxsus tizimidagi dialektik xususiyatlarni xaraterlovchi butunlik va differensiatsialash, bir xillik va alohidalik, mo‘‘tadillik va variantlilik. Atrof muhit sharoitlariga moslashishni sezgirlik bilan idrok qilish sport
texnikasida koordinatsion mexanizmni o‘zgaruvchanligini aniqlaydi.
Bokschilar musobaqa faoliyati doimiy va tez o‘zgaruvchan jang to‘qnashuvlari holatida o‘tadi. Bunday holatlarda bokschilar g‘alabaga qaratilgan turli hil xarakatlarni qo‘llaydilar buning
natijasida jarohat olishlari mumkin..
Bokschilar musobaqalarda raqib bilan bo‘lib o‘tadigan janglarda qo‘llayotgan harakat imkoniyatlari juda katta.
Bokschilar raqib bilan bo‘ladigan janglarda 70 ta va undan ko‘p usulni, 30 ta usul esa, raqib bilan jang qilayotgan paytda ishlatiladi.
Musobaqa holatlarining sanoqsiz ko‘p variantlari mavjud lekin, har bir o‘xshash xarakatlarni keraklisiga o‘z munosabatlarini bildirish kerak. Agar bokschilar va murabbiylar stereotip ishlab chiqishning tu yo‘li bilan ketganlarida muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lar edilar. Bokschi har safar o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan raqibi bilan uchrashganda, bir xil harakatdan foydalanganda ham, hech qachon fazoviy-vaqtli xarakteristikalarni xarakatini huddi shunday
aniq qaytara olmaydi.
Agar boks janglarida faqat bitta qatnashuvchining
harakatlarini kuzatsak, uning raqibini ko‘rolmaymiz. Bokschi bajarayotgan harakat turini aniq aytganimizda ham uning taktik holatlarini aniqlay olmaymiz. Buning birgina imkoniyati sportchi harakatining texnik xarakteristikasini va strukturasini
tassavvurimiz bo‘yicha aniqlaymiz. Xarakatning taktikaga
mansubligini o‘rnatish uchun, jangning faqat birgina qatnashchisini
emas balki, uning raqibini ham ko‘rish muhim.
YOsh sportchilarni jismoniy tayyorlash sport mashg‘ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan
hisoblanib, organizmni har tomonlama rivojlantirish, sog‘likni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish va tayyorgarlikning barcha boshqa turlari uchun mustahkam funksional baza yaratishga yo‘nal girilgan jarayon sifatida
tushuniladi.
YOsh sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi (UJT) yuksak natijalarga erishish uchun poydevor, zarur asos
hisoblanadi. U quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

  1. yosh sportchilar organizdaqing funksional

imkoniyatlarini oshirish;

  1. jismoniy sifatlar - kuch, tezkorlik, chidamkorlik,

epchillik va egiluvchanlikni rivojlantirish;

  1. yosh sportchilar organizdaqing jismoniy

rivojlanishidagi nuqsonlarni yo‘q qilish.
Esh sportchilarning yordamchi jismoniy tayyorgarligi maxsus jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan funksional asosni yuzaga keltirishga mo‘ljallanadi. U maxsus yo‘nalishga ega bo‘lib, quyidagi vazifalarni
hal etishga qaratilganb

  1. yosh bokschilarning harakat faoliyatlarida namoyon

bo‘ladigan funksional imkoniyatlarini rivojlantirish;

  1. organizmning yuqori darajadagi maxsus yuklamalarga

chidamliligi qobiliyatini takomillashtirish;

  1. jarohat olishdan saqlanish;

  2. tiklanish jarayonlarining kechish shiddatini orttirish.

YOsh sportchilarning MJT harakat ko‘nikmalari tizimidagi
eng muhim harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. SHuning uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida musobaqa mashqlari ularning sportchi organizmiga ta’sirini kuchaytiruvchi har turli murakkablashtiruvchi unsurlar bilan
birgalikda qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarinm tavsif-lash uchun "jismoniy qobiliyatlar" va "jismoniy sifatlar" atamalaridan
foydalaniladi. Bu tushunchalar ma’lum ma’noda o‘xshash
bo‘lsalarda, lekin bir xil emaslar. (22, 32)
Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta’rifi va o‘zaro aloqasi haqida birmuncha qarama - qarshi fikrlarni
uchratish mumkin.
Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta’sirini belgilaydigan funksional tizimlar layoqatining namoyon bo‘lish shakllari sifatida tushuniladi, boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imkoniyatlar nazarda tutiladi; uchinchisida qobiliyatlar de ganda, organizmning ruhiy - fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi
rivojlangan tug‘ma qobiliyat nishonalari tushuniladi.
Bokschilarning jismoniy qobiliyatlar mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy -fiziologik hamda morfologik
xususiyatlaridir. Bokschi harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini
ifodalash uchun uzoq vaqt "jismoniy sifatlar" degan atama qo‘llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni "jismoniy sifatlar" tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufayli ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o‘rniga faqat "jismoniy qobiliyatlar" atamasini qo‘llashni taklif qilmoqdalar. SHunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy -usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. SHuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash,
ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o‘rinlidir (29,33).
YOsh bokschilarning jismoniy sifatlari jismoniy
qobmliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli harakatlar chog‘ida ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo‘lish darajasiga bir
tomondan atrof - muhit omillari, ikkinchi tomondan esa
organizmning turli tas’irlarga o‘ziga xos reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy omillar ta’sir o‘tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizda anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida "motor nishonalar" organizmning moslashish o‘zgarishlari asosida
takomillashib, tegishli jismoniy qobiliyatlarga aylanadi.
Ta’kidlash zarurki, "motor nishonalar" ko‘p funksiyali bo‘lib,
mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo‘nalishda
rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivojini ta’minlashi mumkin. YOsh bokschilarning harakat faoliyati turlari qancha bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki ularning har
biriga o‘ziga xos tuzil ish, harakaglarning maqsadli
yo‘naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta’daqlanishi kabi xususiyatlar xosdir. SHu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar
tezkorligini rivojlantirishga javobgar bo‘lgan qandaydir
alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizda morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta’sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi. Morfofunksional qayta qurishlar organizmni to‘laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko‘p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko‘taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta’minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma’lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo‘lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning
shiddati va hajmiga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish
qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat
faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo‘ladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish