Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan
o’rinlarni aniqlash
1. Bir davra musobaqasi o’tkazilganda, egallagan o’rin eng yaxshi natijaga ko’ra
aniqlanadi.
2. Bir necha davrali musobaqa o’tkazilganda, mazkur masofada g’olibni hamda
sportchilar egallagan o’rinlarni aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning dastlabki
davralarida ko’rsatgan vaqtdan qat’i nazar, final natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.
Finalga chiqmagan ishtirokchilar orasida o’rinlar finaldan avvalgi davralarda
ko’rsatilgan natijalar bo’yicha taqsimlanadi.
28
3. Qo’shimcha finallar o’tkazilganida, sportchilarga o’rinlar “A” final natijalari,
keyin “B”, “V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan ishtirokchilar
ko’rsatgan natijalarga ko’ra taqsimlanadi.
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi
diskvalifikatsiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U, shuningdek, boshqa
turlar (jumladan, estafetali yugurish) bo’yicha musobaqalarda qatnashishga ham
qo’yilmaydi.
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida oxirgi
o’rinni egallaydi.
Balandlikka va langarcho’p bilansakrashlarda
1. O’rinlar asosiy musobaqalarda ko’rsatilgan natijalarga muvofiq taqsimlanadi.
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo’lsa, u holda bunga eng kam
urinish sarflagan sportchiga ustunlik beriladi.
3. Bu ko’rsatkichlar ham bir xil bo’lsa, mazkur musobaqada barcha
balandliklarda (so’nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda) muvaffaqiyatsiz
urinishlari miqdori eng kam bo’lgan sportchiga ustunlik beriladi.
4. Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha g’olibni aniqlash mumkin
bo’lmasa, unda qayta sakrash o’tkaziladi.
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga kiritiladi,
muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar rekord sifatida
tasdiqlanishi va toifa me’yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar
eng oxirgi (egallanmagan) balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi.
Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko’tariladi yoki pasaytiriladi.
Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o’tkazib yuborgan balandliklariga ham sakrashi
shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan ishtirokchilar qayta
sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni egallagan
ishtirokchiga birinchi o’rin beriladi. G’olib aniqlanganidan so’ng, qayta sakrash
to’xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o’rinlari taqsimlanadi.
29
Birinchi o’ringa da’vo qilmagan ishtirokchilarning ko’rsatkichlari teng bo’lsa ham
o’rinlar taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |