Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/210
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#283173
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Bordi-yu seni yomon deyishsa, demak yomonsan», dedilar (Bayhaqiy rivoyati). 
 
Rivoyat qilinishicha, kimdan-kim ahli (oila a’zolari) va mol-mulkidan qo‘rqib, 
qo‘shnisidan eshigini bekitsa, u mo‘min emas. Shuningdek, yomonligidan qo‘shnisi emin 
bo‘lmagan kishi ham mo‘min emas. 
 
Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam sahobalaridan: «Zino haqida nima deysizlar?» deb so‘ragan edilar, ular: «U 
harom ish. Uni Alloh va rasuli harom qilgan bo‘lib, u qiyomat kunigacha haromdir», deya 
javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘nta ayol bilan 
zino qilishi qo‘shnisining xotini bilan zino qilishidan yengilroq», dedilar-da yana 
so‘radilar: «O‘g‘irlik haqida nima deysizlar?» «Alloh va Uning rasuli uni harom qilgandir. 
U harom ish», deya javob berishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘nta 
uydan o‘g‘rilik qilishi qo‘shnisining uyidan o‘g‘irlik qilishidan yengilroq», dedilar (Imom 
Ahmad rivoyati). 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning oldilariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi 
vasallam: «Bor, sabr qil», dedilar. Haligi kishi yana ikki yo uch marta keldi. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam oxiri: «Bor, matohlaringni ko‘chaga uloqtirib tashla», deb 
maslahat berdilar. So‘ng u kishi shunday qildi. Ko‘chadan o‘tayotgan kishilar undan nima 
uchun bunday qilganini so‘rashar, u esa qo‘shnisi haqida so‘zlab berar edi. Ular bu 
javobni eshitib, qo‘shnisini la’natlashar, ayrimlari duoibad qilishardi. Shunda qo‘shnisi 
kelib, unga: «Uyingga qaytaqol, bundan keyin sira mendan yomonlik ko‘rmaysan», 
dedi» (Abu Dovud, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). 
    
Qo‘shni garchi zimmiy bo‘lsa ham, undan yetadigan ozoru aziyatlarga sabr qilish lozim. 
 
Rivoyat qilishlaricha, Sahl ibn Ubaydulloh Tustariyning zimmiy qo‘shnisi bo‘lib, uning 
hojatxonasidan Sahlning uyiga iflos-nopok narsalar sizib chiqar edi. Sahl har kuni uning 
tagiga bir idish qo‘yib qo‘yar, majusiyning hojatxonasidan chiqqan narsalar idishga 
to‘planar va kechqurun hech kim ko‘rmaydigan joyga olib borib tashlanar edilar. Sahl 
hazratlari uzoq muddat shu taxlit ish yuritdilar. Vafotlari yaqinlashgach, majusiy 
qo‘shnisini chorlab: «Mana bu uyga kirib, bu yerda nima borligini ko‘rib qo‘y», dedilar. U 
kirib idishga tushayotgan iflos, nopok narsalarni ko‘rdi va: «Bu nima?» deb so‘radi. «Bu 
uzoq muddatdan beri hovlingdan mana shu uyga tushadi. Uni kunduzlari shu idishga 
to‘plab, kechalari olib chiqarib tashlar edim. Mabodo, ajalim yaqinlashib qolmaganida
buni senga aytmas edim. Boshqa biron kishining xulqi buni o‘ziga singdira olmasligidan 
qo‘rqdim. Endi xohlaganingni qil», dedilar. Shunda majusiy: «Ey shayx, men kofir 
bo‘lsam ham, uzoq vaqtdan beri menga shunday go‘zal munosabatda bo‘lib kelayotgan 
edingizmi?! Qo‘lingizni bering, men Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning 
elchisi ekaniga guvohlik beraman», deb musulmon bo‘ldi. Sahl roziyallohu anhu shundan 
so‘ng vafot etdilar. 
 
Alloh taolodan barchamizni xulqlarning, amallarning va so‘zlarning eng go‘zallariga 
yo‘llamog‘ini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, mehribon va rahmli zotdir. 
 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish