www.ziyouz.com kutubxonasi
29
bermas!» (Muddassir surasi, 42–48).
«Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday
deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa, uning amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda
ketibdi)».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero, kimki
namozni qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning zimmasi (himoyasi) soqit
bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlarga qarshi ular to Allohdan o‘zga
iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik bermagunlaricha, namozni
qoim qilmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha jang qilishga buyurildim. Agar shuni
qilsalar, mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq, islom haqi bundan
muntasno. Ularning hisobi Allohga havola» (Muttafaqun alayh).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki namozni muhofaza qilsa, qiyomat
kunida u uchun (namozi) nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa,
unga nur ham, hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u qiyomat kunida Qorun, Fir’avn,
Homon hamda Ubay ibn Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyati).
Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un bilan
birga qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo molu davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik-
mansabi va yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki namozdan molu davlati sababli mashg‘ul
bo‘lsa, u Qorun bilan birga tiriladi.
Kimki namozdan mulk-saltanati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi.
Kimki namozdan vazirlik – mansabi sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi.
Kimki namozdan tijorati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi
bilan birga tiriladi».
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jarohatlangan vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz
(ya’ni, namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri.
Namozni zoe qilgan biron bir kishi uchun Islomda nasiba yo‘q», dedilar-da namozni
o‘qidilar. Jarohatlaridan esa qon oqib turardi.
Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu anhu deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sahobalari namozdan boshqa hech bir amalni tark etishni kufr deb
hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati).
Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar ham shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh
deganlar: «Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi bo‘lib so‘raladigani – namozdir. Agar
namozi yaroqli topilsa, uning boshqa amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb
bo‘lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga qaralmaydi».
Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan kechiktirish va mo‘minni nohaq
o‘ldirishdan ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar.
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |