SEHR
Sehrgar, shak-shubhasiz, kofirdir. Alloh taolo aytadi:
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi,
102).
Mal’un shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi – ularni
mushrikka aylantirish.
Alloh taolo Horut va Morut haqida xabar berib shunday deydi:
«Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni, odamlarni aldab imtihon
qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib
qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar. – Va
o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning orasini buzadigan narsalarni
o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar
yetkaza olmaydilar. Ular o‘zlariga hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni
o‘rganadilar. Axir (Allohning Kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |