3.2. Ekalogik ta’lim-tarbiya
Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo‘layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o‘rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yechish yo‘llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo‘lgan holda atrof- muhit muhofazasini amalga oshirishdir.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o'rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;Ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo‘naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tarbiyalash;
Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o‘zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarini saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirish;
Jamiyat a’zolariga o‘zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf- odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog‘larning go‘zalligi, ularning inson hayoti va salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish, yosh avlodda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg'otish ishlarini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog‘cha tarbiyachilari, maktab va o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, turli o‘yinlar, kinofilmlar orqah tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘tishda o‘zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog‘lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi hamda darslar o'tishi kerak.
Ekologik tarbiyani farzand turilgan kundai boshlamoq vujudimizni uvvatlantirmots, fikrimizii nurlantirmoq axloqimizni guzallantirmoq, zеxnimizni ravshanlantirmoq dеmakdir. Ekologik tarbiyani kim va qanday olib boradi? — dеgan savol paydo buladi. Birinchi -tarbiya ota-ona zimmasidadir. Ikkinchi — borcha, maktab, oliy va urta maxsus bilim yurtlari hamda xozirda faoliyat ko'rsatayotgan madrasalarda amalga oshadi.
Bola tarbiyasida u yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning faoliyati katta o'rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti xam katta e'tiborga molikdir
Ekologik tarbiya ham tarbiyaning asosiy qismi bo'lib, bolaning axlohiga, xulqatvoriga kuchli ta'sir qiladi va ota-onalarni ularni murg'akligidan boshlab tarbiya qilishga chaqiradi. Ekologik ta'lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan bog’liq bir butun jarayondir.
Tabiatni muhofaza qilish, uni asrash, unga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lish uchun sog'lom fikr, yaxshi axloq ilm-ma'rifatga qiziquvchi inson bo'lish talab qilinadi.
Boladagi fikriy taraqqiyot oilagagina emas. maktabga, o'qituvchilar faoliyatiga ham bog'liq. Shuning uchun ularga go'zal tarzda tarbiya bеrmoq, yaxshi hulqlarrni o'rgatmoq va ko'rkam odatlarni tushuntirmoq lozimdir. Tarbiya ila bolami oltin etmoqlik va aksina, tuproq qilmoqlik xam mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |