www.ziyouz.com
кутубхонаси
70
katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko'ra maktab hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o'zimizga
mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi, deb ayt-moqchi edim. Ammo maqsadimni
tushuntirolmab-man.
Sahnaga soqol-mo'ylov yopishtirib chiqqan bolalar xuddi sirkdagi liliputlarga o'xshab qoladi. Buni
ilgari ham ko'p ko'rganman. Katta odamning rolida chiqqan bola qanchalik yaxshi o'ynamasin, baribir
zalga kulgi bo'ladi. U qanchalik jiddiy gapirsa, tomoshabinlar shunchalik ko'p kuladi. Bas, shunday
ekan, birato'la kulgili asarni ko'rsatib qo'ya qolsak bo'lmaydimi? Men shuni aytmoqchiydim.
O'qituvchimiz koyib bergach, indamay qo'ya qoldim. Pyesa besh kishiga mo'ljallab yozilgan ekan.
— Noqobil o'g'il rolini sen o'ynaysan, Ahmad. O'ziyam senboproq, qotirasan, — dedi o'qituvchi.
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi.
Hamma o'z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch-to'rt marta repetitsiya ham qilib ko'rdik. So'nggi
repetitsiya kuni rosa yomg'ir quydi. O'zing bilasan, maktab tomidan yomon chakka o'tadi. Yomg'ir naq
sahnaning tepasidan chelaklab quygandek bo'ldi. Hammayoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak,
tog'ora va kastryullar qo'yib chiqdik.
Konsert programmasiga bitta xitoycha raqs nomeri ham kiritishibdi. O'yinchilar gruppasida men
ham bor ekanman. Musiqa muallimimiz allaqaysi maktabda xitoycha raqsni ko'rib diliga tugib qo'ygan
ekan, shuni o'ynaydigan bo'ldik.
— O'zimizning «Zaybek»ni o'ynasak bo'lmaydi mi? — deb so'radim o'qituvchidan.
«Qachon konsert bo'ladigan bo’lsa nuqul «Zaybek»ni o'ynaysiz, biror yangi narsa ko'rsatish ham
kerak axir», degan javobni oldim.
—
Bo'lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert qo'yganda o'zimizning «Zaybek»ka tushishadimi?
—
Masxarabozlik qilma! — urishib berdi musiqa muallimi.
Ammo men «Zaybek»ni o'ynab turgan xitoy bolasini bir zum tasavvur qildim-u miyig'imda kulib
qo'ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. Xitoycha raqsga tushganimizni ko'rishsa bormi,
rosa qiyqirib kulishsa keragov.
Tomdan chakka o'tib turibdi-yu, biz paqir-tog'oralar o'rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib oldik.
Xitoycha raqsning zalvoridan pol taxtalarining beli bukilib ketdi.
— Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo'ladi, hadeb osmonga qarab irg'ishlayverma.
Xitoylarning o'yini og'ir-vazmin bo'ladi, ular keskin harakat qilishmaydi, — dedi menga tanbeh berib
musiqa o'qituvchimiz.
Mumkin qadar salmoq bilan, vazmin o'yinga tush-moqchi bo'laman-u, ammo «Zaybek» qon-
qonimizga singib ketgani uchun beixtiyor osmonga sapchib ketaman.
—
Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhiga mos kelmaydi bu. Xitoylarning harakati mayin
bo'ladi.
—
Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, nima qilay? Men bunga o'rganmagan bo'lsam...
Musiqa o'qituvchimiz pianinoda jo'r bo'lib turdi, biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda
to'satdan sakrab yuborgan edim, o'qituvchi irg'ib o'rnidan turdi-da, menga qarab yugurdi. Yo'lda
chakka to'la paqirga qoqilib ag'darilib tushdi. Hammayog'i shalabbo bo'ldi. Toza qiyomat ko'tarildi.
Xullas, kechga yaqin ma'lum bo’ldiki, so'nggi repetitsiyamiz muvaffaqiyatli o'tibdi.
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz taka-puka bo'lib, parda orqasidan zalga mo'ralaymiz.
Tumonat odam yig'ilgan. Biz sahnada saf tortib turibmiz. Hammasi bo'lib ellik bolamiz. Sinflarimiz
ham har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga o'tdi.
Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari «Bugun — yigirma uchinchi aprel» degan qo'shiqni boshlab
yuborishdi. Qo'shiq tugagach, zalda qarsaklar yangrab ketdi.
Keyingi aytilgan qo'shiq musiqa o'qituvchisiga sira ma'qul bo'lmadi.
— Bu qanday o'zboshimchalik? Nima qilib qo'ydinglar?! Qo'shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, deb
aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring-ku! — deb koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko'tarib. sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor yubka
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |