Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
Ostonadayoq bu kishi ko'zimga issiq ko'rindi-yu, lekin qayerda ko'rganimni darrov eslayolmadim. 
Uyga kirib, birpas gaplariga quloq solib o'tirdim. Shunda bu odamni birdan ovozidan tanib qoldim. 
Kim ekan, aytaymi? O'tgan yili Respublika bayrami arafasida maktabimizga bir jurnalist kelgan edi, 
esingdami? Nevarasi ham bor ekan, bizda ikkinchi sinfda o'qirkan. Respublika haqida gapirib bergan 
edi. 
O'ziyam zo'r jurnalist ekan. Endi esingga tushdimi? Uning aytgan gaplari hali-hali qulog'imda. 
«Bolajonlarim, sizlar chinakam vatanparvar bo'lib yetishinglar. Ona yurtingizni jondan ortiq sevinglar. 
Uni juda yaxshi bilib olinglar. Katta bo'lganingizda Anatoliya qishloqlarini birma-bir kezib chiqing. O'z 
ko'zingiz bilan ko'ring bu joylarni. Uzoq va yo'qsil qishloqlarga borib ishlanglar. Respublikaning 
kelajagi sizlarning qo'lingizda, o'g'il-qizlarim!» — deb nasihat qilgan edi. Ayniqsa, uning bir gapi 
hecham esimdan chiqmaydi. «Jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini olib borishin-giz kerak!» degan 
edi. O'shanda hammamiz buni eshitib, qattiq ta'sirlangan edik. 
— Men sizni taniyman, afandim,— dedim o'zimni tutolmay. — O'tgan yili bizning maktabimizga 
kelgan edingiz. Sizni Istanbulda ko'ruvdim. 
— Ha, shundaymi... Nevaram o'sha yerda o'qiydi.
Shirinsuxan mehmonning gaplarini yana eshitgim keldi. Chetroqqa borib o'tirdim. Keyin nima 
bo'ldi degin? Butun orzu-umidlarim puchga chiqdi. Mana, Ahmad, gapga quloq sol. 
Bir o'g'li bor ekan, o'zi o'qituvchi emish. Sha-harda katta bo'lgani uchun qishloq havosi unga 
to'g'ri kelmasmish. Qolaversa, uy-joyli ekan. Xotini ameri-kalikmish. Yosh xotini bilan Anatoliya 
qishloqlarida tentirab yursa, ayb bo'larmish. Katta idoralarda bir-ikkita oshna-og'aynisi bor ekan, 
shularning yordami bilan o'g'lini Istanbulda olib qolibdi. Maktabda o'qituvchilik qilayotgan ekan. 
Ammo bu maktab o'g'liga uzoqlik qilayotganmish. Mashinada bir soat yurish kerak ekan. O'g'li shu 
vajdan qiynalib qolibdi. Uyga yaqinroq joyda uch-to'rtta maktab ham bor ekan. O'g'lini shulardan 
biriga joylashtirib qo'yish maqsadida Anqaraga kelgan ekan. Buvamning yaqin oshnasi shu sohada 
ishlarkan. Buvam o'shanga bir og'iz gap aytsa, boyoqishning ishi to'g'ri bo'lib ketarkan. 
Gapini eshitib, qonim qaynab ketdi. Odobsizlik bo'lsa ham shartta betiga aytdim. 
— Afandim, bu ahvolda jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini kim olib boradi? 
U gapimga tushunmadi yoki o'zini tushunmaganlikka oldi. 

Nima dedingiz, qizim? Buvam o'shqirib berdi. 

Bor, ishingni qil! Qahva olib kel! Qahva keltirib, xonadan chiqib ketdim. Vannaxonaga kirsam, 
kir yuvishayotgan ekan. 
Sekingina ikki bo'lak sovun oldim. Tog'orada qaynoq suv turgan ekan, sovunni shunga tashladim. 
Birpasda sovun erib ketdi. Tog'orani ko'tarib koridorga chiqdim. Lattani tog'oraga tiqib, hamma 
zinalarni birma-bir artib chiqdim. O'zimga qulay bo'lishligi uchun ishni birinchi qavatdan boshladim. 
Bundoq qarasam, Metin yuqorida turgan ekan. 

Ha, nima qilyapsan? — dedi u hayron bo'lib. 

Damingni chiqarma, keyin ko'rasan. 
Boshqa odam toyib ketmasin, degan maqsadda tepaga chiqib qarab turdik. 
Mehmon o'rnidan turdi. Metin ikkovimiz ichkari kirdik. Buvam bilan dadam uni eshikkacha kuzatib 
qo'yishdi. Qo’l berib xayrlashishdi. 

Xo'p, xayr, afandim. 

Yaxshi boring, beyafandim. 
— Biror xizmatlari bo'lsa, hamisha tayyormiz, afandim... 
Gapi bo'g'zida qoldi. Chap qoii yuqoriga ko'tarilib, qattiq chayqalib ketdi. Buvam bilan dadam 
ichkari kirib ketishdi. 
— Uydan chiqib, nega o'ynoqlab ketdi u? — dedi buvam dadamga qarab. 
Darhol javob berdim: 
— Ishi o'ngidan kelgani uchun xursand bo'lib ketgandir-da, buva. 
Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bundoq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish