G’aroyib bolalar (roman).
Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
29
O'mrov suyagi
Istanbul, 2-dekabr, 1963-yil.
Zaynab, do'stim!
Sendan har ikki-uch kunda bir marta xat olishga o'rganib qolganman. Kuniga pochtalonni
kutaman. Maktabdan kela solib, menga xat-xabar bormi, deb oyimdan ham so'rayman.
Agar sendan
xat kelmagan bo'lsa. o'zimni qo'yarga joy topolmay yuraman. Odatda, senga xat yozib
yuborganimning to'rtinchi yoki beshinchi kuniga borib javob olguvchi edim. Ammo mana to'qqiz kun
ham bo'ldiki, sendan hamon darak yo'q. Yuragimga g'ulg'ula tushdi. Javobini ham kutmay darrov xat
yozgani o'tirdim.
Senga oldingi xatni yozib yuborganimning ertasi kuni sinfimizda qiziq bir hangoma bo'ldi. Mana,
eshit.
Anatomiya darsida o'tirgan edik, direktor bir odamni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, inspektor
ekan. Inspektor o'qituvchimiz bilan
allanimalarni gaplashib olgach, O'g'iz degan bolani o'rnidan
turg'azdi. O'g'izni sen tanimaysan. Sendan keyin kelgan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili
Istanbulga ko'chib kelishbdi. Maktabga birinchi kelgan kuniyoq bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga qoyil
qoldik, bilasanmi? Oigudek chaqqon bola ekan. Xuddi may-munning o'zi-ya...
Bechoraning zaif tomoni
ham bor ekan. Nuqul duduqlanib gapirarkan. Oldiniga bolalar dudug'ini yuziga solib, kalaka qilib
yurishdi. O'g'iz zarracha parvo qilmadi. Bunaqa gaplarni eshitaverib, ko'nikib ketganga o'xshaydi.
Bolalar qarashsaki, uning jig'iga tegib bo'lmaydi, foydasi yo'q. Shuning uchun
masxara qilmay
qo'yishdi. Keyin bilsak, O'g'iz o'ziga ishonib yurarkan, shu vajdan mayda-chuyda gaplarga e'tibor
bermas ekan.
Qaysi kuni tanaffusda hovlida o'ynab yurgan edik. O'g'iz dabdurustdan: «Daraxtga kim oldin
chiqishdan o'ynaymiz, zo'ri bormi?» deb chiranib qoldi. Shu gapniyam ming marta tutilib aytdi.
Hamma meni ko'rsatdi. Duduq bola bilan musobaqa qilishni o'zimga ep ko'rmay, rozi bo'lmadim.
Keyin ma'lum bo'lishicha, juda to'g'ri ish qilgan ekanman.
— Sen duduqlanib bir marta daraxtga chiqquncha men o'n marta qaytib tushaman, — dedi
Chingiz o'rtaga chiqib. Shu bema'ni hazilgayam kulganlar bo'ldi.
Hovlidagi kashtan daraxti esingda bo'lsa kerak. Shuning tagiga mix bilan uzun chiziq tortdik. O'g'iz
bilan Chingiz ikkovi yugurib borib kashtanga yopishdi. Chingiz oyog'ini ko'taraman
deb lapanglab
turgan edi. O'g'iz bir zumda ko'rinmay qoldi. Bir payt daraxtning tepasi shitirladi. Bundoq qarasak,
O'g'iz allaqachon kashtanning eng baland shoxiga chiqib olibdi. Duduqlanib allanimalar deyapti. Oldin
tushun-madik. Keyin bilsak, u:
— Ha, Chingiz, kashtan yoqib qoldimi deyman, quchoqlab qo'yib yuborging kelmayapti! — deb
mayna qilayotgan ekan.
Chingiz bir amallab yuqoriga chiqib oldi.
Chi-qishga chiqdi-yu, lekin yarmiga borganida yana
yuqoriga ko'tarilishga yuragi betlamadi. Buni ko'rib, O'g'iz tepa shoxdan pastga abjirlik bilan sirg'alib
tushdi. Chirgizning oldida bir zum to'xtalib, osongina yana yerga tushdi.
— Qani, yana zo'ri bormi? Kim garov o'ynaydi men bilan? — dedi u bizga bir-bir qarab. Hech kim
indamadi. Shu-shu oramizda O'g'izning obro'si oshib ketdi.
Mine O'g'izning shundoqqina orqasida o'tiradi. Bunday chaqqon va epchil bola bilan oldinma-keyin
o'tirganidan Minening og'zi qulog'ida.
O'g'iz ikki kun o'qishga kelmadi. Og'rib qolibdi. Darsga kelmagan kunining ertasiga Mine:
— O'g'iz nimaga
duduqlanib gapiradi, bilasizlarmi? — deb qoldi.
Biz qiziqib buning sababini so'radik.
— Menga o'zi gapirib berdi, — dedi Mine bu sirni faqat o'zi bilganidan kerilib. — Bolaligida otasi
uni
ko'p kaltaklarkan. Qo'rqqanidan duduq bo'lib qolibdi. O'zi shundoq dedi. Endi daraxtga chiqishga