ILOVALAR
1-ilova. O‘zbekistonning ma’danli konlari haqida qisqa ma’lumot
Hozir O‘zbekistonda 100ga yaqin sanoat tipidagi metall foydali
qazilmalar konlari ochilgan va ular razvedka qilingan. Shundan 51 tasi
asl metallar, 41 tasi rangli, kamyob va radioaktiv metallar va 4 tasi
qora metallar konlari hisoblanadi.
O‘zbekiston oltin va uranning aniqlangan zaxiralari bo‘yicha
dunyoning birinchi beshta davlatlari qatorida, oltin, uran va mis qazib
olish bo‘yicha birinchi o‘nlikda, oltinning umumiy zaxirasi bo‘yicha
dunyoda ikkinchi o‘rinda, mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari
orasida oltin zaxirasi va qazib olish bo‘yicha ikkinchi, kumush va mis
bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
Quyida O‘zbekistonning sanoat talablariga javob beradigan va
kelajakda istiqboli bo‘lgan metall foydali qazilma konlarining eng
muhimlari to‘g‘risida qisqacha umumiy ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |