2-jadval
Ekzogen konlar tarkibi
Toifa
Nurash konlari
Cho‘kma konlar
Sinf Mexanik
Kimyoviy
Tur
Qoldiq Sizma Bo‘lakli
jins
konlari
Sochma
konlar
Chin
eritma
konlari
Kolloid
eritma
konlari
Biokimyo-
viy konlar
Vul-
kan
Asosiy
foydali
qazil-
malar
Nb, Cr,
Fe,
Mn, Al,
kaolin,
magnezit,
talk,
barit,
apatit va
b.lar
U, Cu,
Fe,
Nl, S,
gips,
fosforitlar
magnezit,
boratlar
Shag‘al,
qum, gil
va b.lar
Au, Pt,
Ag,
Sn, W,
Zr,
Ta, Nb,
Nl,
Olmos,
yoqut,
zumrad,
va b.lar
Na,K,
Mg, Ca,
B, Ba,
tuzlari
va ho-
kazo
Fe, Mn,
Al, U,
V,
Cu, Mo
Chig‘anoqt
osh, diato-
mit, trepel,
opoka, fos-
forit,
oltingugurt,
guano, tosh-
ko‘mir,
neft, gaz
Fe,
Mn,
Pb,
Zn
Kontakt oldi konlari bir tomondan foydali qazilma mahsulotlari-
ning nurashi natijasida o‘zidan ajratuvchi va ikkinchi tomondan, shu
33
mahsulotlarni qayta cho‘ktiruvchi tog‘ jinslarining yonida joylashadi.
Bu hol ko‘pincha karbonat jinslarga xosdir. Foydali minerallar odatda
ana shu karbonat jinslarning erishidan hosil bo‘lib, kontakt fronti
bo‘ylab hosil bo‘lgan karstlarda ushlanib qoladi. Ba’zida karstlar o‘pi-
rilish mahsulotlari va foydali minerallar aralashmasi bilan to‘lib
qolgan bo‘ladi.
Qoldiq konlarning tarkibiy qismi ivish, nurash, ishqorsizlanish
va qayta taqsimlanish natijasida hosil bo‘lgan maxsus tekstura va
strukturaga ega.
Teksturalar ichida bo‘lakli, brekchiya, to‘rsimon, tomchisimon,
yo‘l-yo‘l, kukunsimon, g‘ovakli, uyasimon, sekretsion, konkresion va
no‘xatsimon teksturalar ko‘p uchraydi.
Strukturasi esa ko‘pincha relikt, sement, kataklastik, ritmik
zonal, tolasimon, tangasimon, gilsimon shakllarda bo‘ladi.
Qoldiq konlarga misol tariqasida quyidagi elementlarning konla-
rini keltirish mumkin.
Nikel konlari o‘ta asosli jinslar (serpentinit)larning nurash
qobig‘ida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishida nikel manbai
vazifasini tub jinslardagi olivin va piroksen (№1-0,3–0,4 %) mineral-
lari o‘taydi. Nurash natijasida nikelning miqdori 5–15 marta ortishi
mumkin. Tarkibida temir 60 %gacha, xrom 1%, nikel 0,3–0,6 % atro-
fida bo‘ladi.
Boksit konlari ikki shaklda – yoyiq laterit va karst shaklida uch-
raydi. Ular tarkibida aluminiy oksidi bo‘lgan turli jinslardan hosil
bo‘lishi mumkin. Yoyiq turdagi konlar issiq va nam iqlimli tropik va
subtropik zona mamlakatlarida ko‘p uchraydi. Karst turidagi boksit
konlarini olimlar «avval ko‘tarilib, keyin chuqur eroziyaga uchragan
karbonat jinslarning muayyan bo‘shliqlarida erimaydigan temirli gil
qoldiqlaridan hosil bo‘ladi» deb hisoblaydilar. Ularning shakli juda
murakkab bo‘ladi (ayniqsa ostki qismida). Bunday konlar O‘rta yer
dengizi atrofida, Afrikada, Hindiston va boshqa joylarda ko‘p
tarqalgan.
Boksit konlarining tarkibida byomit, diaspor, gibbsit, gidrargillit
va boshqa glinozyom minerallaridan tashqari juda ko‘p boshqa
minerallar ham uchraydi. Ularning rangi oq, pushti va qizil bo‘lishi
mumkin. Boksit konlarida glinozyomning miqdori birlamchi jinslar-
dagidan 4–6 baravar ko‘payadi va ba’zan 50 %dan oshadi.
Kaolin konlari ko‘proq granit va gneyslar, ba’zida asosli jinslar
va slanetslarning nurashidan hosil bo‘ladi. Bunday konlar yoyiq turda
34
bo‘lib, boksitlardan, birinchidan, tub jinslarning erkin glinozem yig‘il-
guncha yetib bormagan chala nurashi bilan, ikkinchidan, temirning
butunlay chiqib ketishi natijasida juda oqarib ketganligi bilan farq
qiladi. Bunday sharoit gumus kislotalariga boy bo‘lgan juda nordon
muhitdagina mavjuddir. Kaolin konlarida kaolinit va tub jinslarning
qoldiq minerallaridan tashqari galluazit, montmorillonit, xalsedon va
boshqa gipergen minerallar ko‘p bo‘ladi. Bunday konlar O‘rta
Osiyoda, Ukrainada, Uralda bor. Qoldiq kaolin konlari G‘arbiy O‘zbe-
kistonda ham keng tarqalgan (Qarnob, Ovminzatog‘, Oltintog‘,
Quljuqtog‘).
Magnezit konlari serpentinitlarning karbonat kislotasi ta’sirida
parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bunda magniy serpentindan eritmaga
o‘tadi va chuqurroq zonalarga borib, karbonat holida eritmadan
ajraladi.
H
4
Mg
3
Si
2
O
9
q H
2
O q 3CO
2
q 3MgCO
3
q 2SiO
2
q 3H
2
O
serpentinmagnezit
Magnezit 10–15 m qalinlikda yoyiq konlar hosil qilib, Ural,
Qozog‘iston, Kuba, Hindiston va boshqa joylarda tarqalgan.
Talk konlari kremniyli nordon suvlarning serpentin bilan reaksiyasi
natijasida hosil bo‘lishi mumkin.
H
4
Mg
3
Si
2
O
9
q 2SiO
2
q H
2
Mg
3
Si
4
O
12
q H
2
O
serpentintalk
Apatit konlari karbonat jinslarning karst bo‘shliqlarida gil qol-
diqlari ichida to‘plangan holda uchraydi. R2O5 miqdori nurash natija-
sida tub jinsdagi 3–12 % o‘rniga 26–33 %gacha ko‘tariladi. Bunday
konlar gumus kislotalarining ta’sirida R2O5 ning avval erib chiqishi,
keyin chuqurroq sathdagi karst bo‘shliqlariga cho‘ktirilishidan kelib
chiqadi. Konlari AQSHda, Belgiyada, Rossiyada mavjud.
Barit konlari ham taxminan shunday hosil bo‘ladi. Ana shunday
sharoitlarda juda kam bo‘lsada, oltin, qo‘rg‘oshin, qalay va boshqa
metall konlari ham hosil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |