Microsoft Word Foydali qazilma end doc



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/106
Sana29.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#80184
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
foydali qazilmalar va ularning konlari

VISMUT 
35.  USTARASOY  koni. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani 
hududida, Yakkatut va Burchimullo qishloqlaridan 2 km shimolda, 
Ko‘ksuv daryosining o‘ng yon bag‘rida joylashgan. 1926-yilda birin-
chi marta arsenopirit ma’dani tabiatshunos G.X.Betger tomonidan to-
pilgan. 1931-yilda kon sifatida I.M.Yefimenko tomonidan ochilgan. 
1938–54-yillarda margimush va vismut koni sifatida qazib olingan. 
1968-yildan vismut koni sifatida ishga tushib, 80-yillar oxirida qazib 
olish ishlari to‘xtatilgan. 
SIMOB 
O‘zbekistonning simobga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji 2000 tonna-
ni tashkil etadi va u Qirg‘izistonning Qadamjoy simob kombinatidan 
keltiriladi. Qadamjoy koni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamla-
katlarida simob ajratib oluvchi hisoblanadi. 
O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlar 
topilmagan bo‘lsada, o‘rganishni talab etadigan istiqboli konlar mav-
jud. Bundan tashqari O‘zbekistondagi ko‘pgina simobli ma’dan ochil-
malari va oltin-kumush konlarida bu metallni qo‘shimcha sifatida ajra-
tib olish istiqbolli hisoblanadi. 
Simobga eng istiqbolli tariqasida G‘arbiy O‘zbekistonda Devo-
nasoy, Kaltasoy, Jizzax viloyatida Qorasuv konlari hisoblanadi. 
36.  QORASUV  koni. Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hudu-
dida, Molguzar tog‘larining janubiy yon bag‘rida joylashgan. Eng 
yaqin punktlari – Baxmal qishlog‘i (4,5 km) va Jizzax shahri (30 km) 
hisoblanadi. 
Kondagi qadimgi lahimlar izlari bu yerda qadimda simob qazib 
olinganidan darak beradi. Simobning minerali – kinovar birinchi mar-
ta 1950-yilda M.M. Posoxova tomonidan shlixlarda aniqlangan. 1960–
65-yillarda dastlabki razvedka ishlari olib borilgan. Simobning o‘rta-
cha miqdori 0,2–0,67 %ni tashkil qiladi. Konning boshlanishi qismini 
shtolnya yordamida, qolgan qismini shaxta usulida qazib olish ko‘zda 
tutilgan.  
STRONSIY 
Stronsiy birikmalarining qo‘llanishi sohalaridan eng yirigi – pi-


 
123
rotexnika (mushaklar, signal raketalari, o‘qlari va snaryadlari) sana-
ladi. Stronsiyning asosiy minerali bo‘lgan selestin o‘ta sof mahsulot-
lar, maxsus oyna va shishali tolalar olishda, stronsiy bo‘yoqlar, 
aluminiy, magniy, qo‘g‘oshin bilan qotishmalar, televizor trubkalari, 
atom texnikasi, avtomatika va energetika sohasida ishlatiladi. 
O‘zbekistonda stronsiyning bitta (Sherobod) koni va 40 ta 
ma’danli ochilmalari aniqlangan. 
37. SHEROBOD koni. Surxondaryo viloyati Boysun tumani hu-
dudida, Sherobod-Sariqamish ko‘tarmasining markaziy qismida joy-
lashgan; konga eng yaqin aholi punktlari – Sherobod shahri (25 km), 
Surxon temir yo‘l stansiyasi (25 km) hisoblanadi. 
Sherobod koni to‘g‘risidagi eng birinchi ma’lumotlar I.V.Mush-
ketov ishlarida (1886-y.) keltiriladi. 1887-yilda V.N.Veber selestin va 
oltingugurt minerallarining gipsli dolomitlar qatlamlarida topib o‘rga-
nadi. Konning zaxirasi 1957–58-yillarda 506 ming tonna hisobida ba-
holangan. 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish