Microsoft Word Фалсафа охиргиси лотин doc


-§. «Hozirgi zamon umumbashariy muammolari» tushunchasi va ularning asosiy turlari



Download 318,87 Kb.
bet81/90
Sana14.01.2022
Hajmi318,87 Kb.
#360757
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Bog'liq
12-converted

3-§. «Hozirgi zamon umumbashariy muammolari» tushunchasi va ularning asosiy turlari


XX asr oxirlarida insoniyat o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:

  1. Yer yuzidagi davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi;

  2. dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan yaqinda mustaqillikka erishgan davlatlarning eng katta xalqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo‘lib kirib kuch-g‘ayratlari va imkoniyatlarini umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirayotganliklari (bunga O‘zbekiston misol);

v) fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini sanoat va qishloq xo‘jaligining barcha sohalariga joriy etilishi.

Jamiyat o‘z taraqqiyotida ko‘pgina dolzarb muammolarga ham duch kelmoqda va ular tez fursatlarda o‘z yechimini topilishini taqozo qilmoqda. Dolzarb muammolar o‘z xarakteriga ko‘ra, ya’ni makonda tarqalishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: lokal, mintaqaviy, umumbashariy.



  • lokal – faqat ayrim davlatlar, millatlar, xalqlarga tegishli bo‘lgan muammolar;

  • mintaqaviy – ayrim mintaqalar, u yerdagi xalqlar, millatlarga tegishli bo‘lgan muammolar;

  • umumbashariy – barcha davlatlar, xalqlar va millatlarga tegishli bo‘lgan muammolar.

Umumbashariy muammolar deb butun insoniyatga daxldor bo‘lib, ularni tashvishlantirayotgan, makonda cheklanmagan va zamonda tez yechimini kutayotgan muammolarga aytiladi.

Hozirgi zamon umumbashariy muammolari – insoniyat sivilizat- siyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va asosiy muam- molar.

XX asrning 60 yillaridan umumbashariy muammolar termini ishlatila boshlandi. Ijtimoiy taraqqiyotning bundan buyongi istiqboli ko‘p jihatdan umumbashariy muammolarning hal etilishiga bog‘liq. U muammolarni hal etilishi o‘z navbatida ilmiy texnika taraqqiyoti bilan bog‘langandir.

Bu muammolarning kelib chiqish sababi jamiyat, odamlarning tabiatga ko‘rsatayotgan ulkan ta’siri, uning beqiyos xo‘jalik faoliyatining o‘sishi.

Bu muammolarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ham e’tibordan chiqarib bo‘lmaydi. Guruhiy, sinfiy, milliy, hududiy manfaatlar ko‘pincha jahon hamjamiyati va umumbashariy manfaatlardan ustun qo‘yilmoqda.

Umumbashariy muammolar vujudga kelishining asosiy sababi tarixiy rivojlanish jarayonidagi qarama-qarshiliklardir.

Umumbashariy muammolarga quyidagilar kiradi:


  1. termoyadro urushi oldini olish;

  2. qurollanish poygasini to‘xtatish;

  3. ekologik inqirozni oldini olish;

  4. aholi o‘sishini tartibga solish;

  5. rivojlangan davlatlar bilan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasida tafovut o‘sib borishi oldini olish;

  6. sog‘liqni saqlash muammolari;

  7. tabiiy zaxiralar(oziq-ovqat, xom-ashyo, energiya)ning yangi turlarini izlab topish;

  8. ilmiy texnika inqilobining turli salbiy oqibatlarini darhol payqash va uning oldini olish.

Umumbashariy muammolar bir-biri bilan bog‘langandir. Qurollanishni o‘sib ketishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilishi mumkin, iqtisodiyotni stixiyali rivojlanishi atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, atrof-muhitni ifloslanishi sog‘liqni saqlashga salbiy ta’sir qiladi va hokazo. Ulardan birining hal qilinishi ikkinchisiga va uchinchisining hal qilinishiga yo‘l ochadi.

Umumbashariy muammolarni mazmuni va xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga ajratish mumkin:



  • birinchi guruhga jahon termoyadro urushining oldini olish, Yer yuzida tinchlikni saqlash kiradi;

  • ikkinchi guruhga ekologik inqirozni oldini olish, insoniyatni yoqilg‘i, xom-ashyo, oziq-ovqat bilan ta’minlash kiradi;

  • uchinchi guruhga ilmiy-texnika inqilobining salbiy oqibatlarini oldini olish, sog‘liqni saqlash kiradi.

    1. Termoyadro urushi oldini olish.

Umumbashariy muammolar ichida termoyadro urushini oldini olish, Yer yuzida tinchlikni saqlash ustuvor ahamiyatga ega. Biz shuni anglab olishimiz zarurki, agar yadroviy urush boshlanib ketsa, Yer yuzidagi barcha jonli narsalar yo‘q qilib tashlanadi. Yadroviy qurollarda juda katta mintaqani vayron qilishga qodir bo‘lgan zaradlar (energiya) jamlangan. Masalan, bitta strategik suv osti kemasining olib yurgan qurolining kuchi bir necha ikkinchi jahon urushi kuch-qudratiga teng. Dunyo okeanida esa o‘nlab ana shunday suv osti kemalari suzib yuribdi. Ba’zi davlatlarda yadro quroli va ularni tashish moslamalari ancha ko‘p. AQSH bilan Rossiya Federatsiyasi hududidagi yadro qurollarining talafot kuchi 60ming megatonnani tashkil qiladi. Olimlarning taxminicha urush boshlanib, yadro quroli qo‘llaniladigan bo‘lsa, uning 12 ming megatonnagacha quvvatidan foydalaniladi. Buni tasavvur qilish uchun ikkinchi jahon urushi bilan solishtirib ko‘ramiz. Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llanilgan barcha portlovchi qurollarning quvvati 6 megatonnani tashkil etgan. Demak yangi urush bo‘ladigan bo‘lsa, uning qo‘llanadigan portlash qurollari kuchi ikkinchi jahon urushidagidan 2000 marta ko‘p. Ikkinchi jahon urushi 5 yil davom etgan bo‘lsa, hozirgisi bir yoki ikki kunda yuz berishi mumkin.

Termoyadro qurolining uchta texnik xususiyati insoniyatni, sivilizatsiyani xavf ostiga qo‘yadi:



      1. termoyadro quroli katta talafot kuchiga ega;

      2. termoyadro quroli ishlab chiqarish harbiy samolyotlar ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon;

      3. yadro-raketa hujumidan himoyalanishga intilish amaliy samara bermasligi.

Hozirgi vaqtda termoyadro urushi, qurollanish poygasi oldini olish maqsadida RF va AQSH o‘rtasida muzokaralar olib borilyapti. Yadro quroli – atom bombasiga ega bo‘lgan davlatlar – RF, AQSH, Angliya, Fransiya va Xitoy o‘rtasida atom bombasi sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olingan. Ammo ba’zi davlatlar hozirgacha sinovlarni davom ettirishyapti. Yadro urushida g‘olib bo‘lmagani kabi, qurollanish poygasida ham yutib chiqish mumkin emas. Bunday poygani davom ettirish, ayniqsa uni kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillash- tirish sur’atini yanada tezlashtiradi.

Yadroviy urushni oldini olish, tinchlikni saqlash umuminsoniyatning oldida turgan asosiy vazifa ekan, unga erishish uchun jahondagi barcha kuchlarni birlashtirish lozim.

Ushbu muammoga O‘zbekiston Respublikasining munosabati qanday?

Prezident I.Karimov e’tirof etganidek, biz davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik tamoyilini tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O‘zbekiston muddati 1995 yilda uzaytirilishi lozim bo‘lgan yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani, yadro qurolini yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi shartnomaga aylantirish tarafdori.




Download 318,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish