Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
35
bo‘ladi. Ko‘rfazning qoramtir suvi — dunyoda tengi yo‘q davo. Faqat xayolim chalg‘ib ketmasa 
bo‘lgani! Qo‘llar o‘z vazifasini ado etib bo‘ldi, qayiq ham joyida ketyapti. Baliqning og‘zi bekik, 
quyrug‘i bo‘lsa tig‘dek tik, o‘zimiz ham yonma-yon xuddi birodarlardek suzib boryapmiz». Uning boshi 
yana bir oz gangib ketdi. «Kim kimni uyga eltayapti o‘zi — men unimi yo u menimi? Agar men uni 
shatakka olib borayotgan bo‘lganimda, boshqa gap edi. Yoinki, u o‘zining turgan-bitgan savlatini boy 
berib, qayiq ichida yotganda edi, bunda ham hamma narsa boshqacha, ochiq-oydin bo‘la qolardi. Ammo 
biz yonma-yon, bir-birimizga zanjirband bo‘lib suzib ketyapmiz. Bor-e, menga nima, meni yetaklab 
ketayotgan bo‘lsa ketavermaydimi. Unga shu ma’qul bo‘lsa, biz rozi. Nafsilamrga, men ustomonlik 
ishlatibgina undan ustun chiqdim; baharhol, u menga hech qanday yomonlik ko‘zlagani yo‘q».
Ular suzgandan suzib borishar, chol o‘qtin-o‘qtin qo‘lini dengiz suviga chayqab olar, kalovlanib 
qolmaslikka harakat qilib borardi. To‘p-to‘p bulutlar balandda imillar, ulardan ham yuksakda ukpar 
bulutlar suzishar edi; chol, shamol tuni bilan esib chiqishini bilardi. U haqiqatan ham, baliqni tushida 
emas, o‘ngida ko‘rib turganiga amin bo‘lish uchun, damba-dam unga qarab qo‘yardi. Birinchi akula uni 
quvib yetguncha, bir soat chamasi vaqt o‘tdi.
Akula uni tasodifan quvib yetgani yo‘q. Baliq qonining qoramtir bulutlari avval quyuqlashib, keyin 
suv bo‘ylab butun bir chaqirim chuqurlikka yoyilib ke-tishi bilanoq, u dengiz qa’ridan bosh ko‘tarib, 
hech bir hadik bilmasdan, oynaday moviy dengiz sirtini shitob bilan tilib, yorug‘ dunyoga suzib chiqqan 
edi. Keyin yana ortiga qaytdi, yana qon hidini tuydi va nihoyat baliq ham qayiq qoldirgan izdan ketma-
ket ta’qib eta boshladi.
Gohida u izni yo‘qotib qo‘yardi. Biroq, yoxud yana izga tushib olar, yoinki bilinar-bilinmas anqib 
turgan is dimog‘iga urilardi-da, yangidan tinimsiz ta’-qib eta boshlardi. Bu — dengizning eng uchqur 
balig‘i qanchalik tez suza bilsa, shunchalik tez suza olish uchun dunyoga kelgan, mako jinsidan bo‘lgan 
juda ham yirik akula edi. Uning komi deyilmasa, butun sumbati bilan mana men deb turar edi. Usti xuddi 
qilich baliqniki kabi moviy, qorni kumush rang sirti silliq va chiroyli, hozir mahkam qisib olingan 
jahannam darvozasiday jag‘larini hisobga olmaganda, turgan-bitgani qilich baliqqa o‘xshardi. U 
cho‘qqayib chiqqan tepa qanoti bilan suvni yengil yorib, dengiz yuzidan tez suzib kelardi. Og‘zining 
mahkam yumib olingan qo‘sh tabaqa lablari ortida sakkiz qator bo‘lib o‘roq tishlari tizilib ketar edi. Ular 
ko‘pchilik akulalarning aksar qirrador tishlariga o‘xshamas, balki yirtqich chovuti singari qayrilgan 
odam barmoqlarini eslatardi. Uzunligi ham cholning barmoqlaridan qolishmas, ziylari bo‘lsa ustaraday 
o‘tkir edi. Akula jamiki dengiz baliqlarini jig‘ildoniga urish uchun yaratilgan, bundan hatto boshqa hech 
qanday dushmandan tap tortmaydigan, benihoya epchil, kuchli hamda yaxshi muhofaza qilingan baliqlar 
ham holi emas edi. Shu tobda u o‘ljaning yaqinligini sezib, shoshilar, shu sababdan ham moviy tepa 
qanoti suvni shiddat bilan tilik-lab borardi.
Chol akulani ko‘rishi bilan uning hech narsadan qaytmasligini, xohlagan noma’qulchiligini qilishini 
tushundi. U akulaning yaqinroq kelishini kutarkan, garpunni shaylab, arqonning oxirini mahkamlab 
qo‘ydi. Baliqni bog‘lab olayotganida, uning bir bo‘lagini kesib ishlatganidan, arqon kalta bo‘lib qolgan 
edi.
Cholning boshi hozir batamom tiniqqan, o‘zini hech narsadan umidvor tutmasa-da, harqalay, qat’iyat 
bilan belni mahkam bog‘lagan edi.
«Hamma ish xamirdan qil sugurganday borayotgan ediki, oxirigacha shunday davom etishi mumkin 
emasdi ham»,— deb o‘ylardi u.
Akulaning yaqinlab kelishidan ko‘zini uzmay, chol azim baliqqa nazar tashladi. «Bularning bari, 
nafsilamrga, tush bo‘lib qolsa ham yomon bo‘lmasdi. Men uning o‘zimga hujum qilishining oldini 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish