Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
15
mumkin. Kun botishiga ikkn soat qoldi, u shu payt ichida suzib chiqsa, ajab emas. Agar chiqmasa, 
oydinda yuqoriga ko‘tarilar. Bu ham bo‘lmasa, balkim, tong bilan chiqar. Qo‘lim ham ayilib ketayotgani 
yo‘q, bardam-baquvvatman. Qarmoqni men emas, u yutgan-ku. Ammo tortishi shunchalik bo‘lsa, o‘zi 
qanday baliq bo‘ldiykin! Aftidan, chilvirni ham mahkam qisib olganga o‘xshaydi. Unga shunday bir 
qarab ololsam edi, o‘shanda u bilan qanday muomala qilishni o‘zim bilardim».
Cholning yulduzlarga qarab qilgan taxminiga ko‘ra, baliq o‘z yo‘lini o‘zgartirmasdan tun bo‘yi suzib 
chiqdi. Quyosh botgandan so‘ng sovuq turdi, butun orqasi, yelkalari, keksalik asar qilgan oyoqlarida ter 
qotib qoldi, u sovqotdi. Kunduzi chol xo‘rakli yashik ustiga tashlab qo‘yilgan qopni olib, quritish uchun 
oftobga yoyib qo‘ygan edi. Kun botgach, u qopni bo‘yni atrofiga o‘radi-da, o‘ram ipi ostidan ohista 
o‘tkazib, orqasiga tushirdi. Endi o‘ram zalvoridan yelkasi avvalgidek qiyilibqirchilmas, qayiq burniga 
yonboshlagancha, qulaygina o‘rnashib olganidan, anchayin yengillik tug‘ilgan edi. To‘g‘risini aytganda, 
bu yengillik nomigagina adi. Ammo u o‘zini bularning bari go‘yo shohona bir qulaylik deb ishontirardi.
«Men uni bir yoqli qilolmayman,— lekin u ham meni bir yoqli qilolmaydi,— dedi chol o‘ziga.— U 
boshqacha biron lo‘ttibozlik o‘ylab chiqarmaguncha, shunday bo‘ladi».
U bir marta o‘rnidan turdi, bortosha yozildi, yulduzlarga qarab, qayiqning qayoqqa yo‘l 
tutayotganligini belgiladi. Chilvir uning yelkasidan to‘ppa-to‘g‘ri suvga tushib turgan nozikkina nur 
bo‘lib ko‘rinardi. Qayiqning harakati endi sekinlashgan, Gavana chiroqlari ham pilpillab xira ko‘rinar 
edi, oqim ularni sharq tomonga surib ketayotganga o‘xshardi. «Gavana chiroqlari ko‘rinmay ketyaptimi, 
bas, demak biz borgan sari sharqqa qarab boryapmiz,— deb o‘yladi chol.— Agar baliq yo‘lini 
o‘zgartirmagan bo‘lganda, men ularni hali yana bir necha soat ko‘rib turgan bo‘lardim. Qiziq, bugungi 
o‘yinlarning natijasi qanday bo‘ldiykin? Qani endi qayig‘ingda radio bo‘lsa!» Ammo o‘z o‘yini o‘zi 
bo‘ldi: «Hadeb alahsiyverma! Qilayotgan ishingni o‘yla. Qovun tushirib qo‘ymaslik uchun, o‘yla».
Keyin ovoz chiqarib dedi:
— Bolaning yonimda yo‘qligi yomon bo‘ldi. Harna madad edi. Ham bularning barini o‘z ko‘zi bilan 
ko‘rgan bo‘lardi.
«Keksayganda, kishi yolg‘iz o‘zi kimsasiz qolmasin ekan,—deb o‘ylardi u.— Ammo bu ko‘rgilikdan 
qochib qutulib bo‘larmidi. Tunets hidlanib qolmasdan burun yeb olishni unutmasam bo‘lgani, axir, men 
kuchdan qolmasligim kerak. Unchalik ochiqmagan taqdirimda ham, uni erta bilan yeb olish xotiramdan 
ko‘tarilmasa bas. Ishqilib, nima bo‘lganda ham unutmay-da, unutmay»,— deb takrorlardi u.
Tunda qayiq yoniga ikki dengiz cho‘chqasi suzib keldi. Chol nar cho‘chqaning pishqirganini, 
modasining go‘yo homuza tortganday, eshitilar-eshitilmas, pishillayotganini eshitdi.
— Qurg‘urlar-e,— dedi chol.— O’ynashadi, sho‘xlik qilishadi va bir-birlarini yaxshi ko‘rishadi. Ular 
bizga xuddi uchar baliqlar singari yaqin.
Keyin u qarmog‘iga tushgan katta baliqqa juda ham achinib ketdi. «Turgan-bitgani mo‘‘jiza-ku bu 
baliqning. Uning dunyoda necha yil umr surganini xudoyim-ning o‘zi biladi. Mening qo‘limga hech 
qachon bunaqangi kuchli baliq tushmagan. O’zini tutishini qarang, aql bovar qilmaydiya bunga. Ehtimol, 
uning sakrab chiq-mayotgani ham benihoya aqlli bo‘lganidandir. Agarda u bor kuchi bilan oldinga intilsa 
yoki sapchiy qolsa bormi, tirik qo‘ymasdi meni, axir. Ammo, balki bu uning qarmoqqa birinchi marta 
tushishi emasdir va u jonini saqlash uchun mana shu alpozda kurashmoqni a’lo bilar.
O’z muxolifi yolg‘iz bir kishi, u ham bo‘lsa, chol ekanini qaerdan bilsin. Lekin bu baloyi azim baliq 
ekan, agar uning go‘shti mazali bo‘lsa, qanchadan-qancha pul keltiradi! U xo‘rakka ham norday 
tashlandi, nor-day sudrayapti, buning ustiga men bilan qo‘rquv nima bilmasdan olishyapti. Qiziq, u 
o‘zining nima qilishi kerakligini bilarmikin yoki xuddi menga o‘xshab, bosh-ketiga qaramay 
suzyaptimi?»


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish