Shunday qilib, atmosfera faqat sof gazlardangina iborat bo‘lmay, balki, murakkab aralashmadir; undagi asosiy gazlar tarkibi deyarli doimiy bir xil, aralashmalar miqdori esa o‘zgaruvchandir. Binobarin, atmosfera havosi qanchalik toza bo‘lmasin, uning tarkibida ma’lum miqdorda qattiq, suyuq va gazsimon aralashmalar uchraydi. Aralashmalarning tarkibi Yer sharining turli joylarida va turli vaqtda har xildir. Demak, aralashmalar atmosfera havosining o‘zgaruvchan tarkibiy qismidir. Havodagi aralashmalarning miqdori uning sifatini belgilovchi muhim omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |