63
XULOSALAR
Atmosferaning tarkibi, ahamiyati va uni muhofaza qilish yo‘llarini o‘rganish
natijasida quyidagicha xulosaga kelish mumkin:
1.Birinchi yer ustidagi atmosferaning qobig‘i – troposfera bo‘lib, u kimyoviy
bog‘lanishlardan tashkil topgan gazdir.Unda doimo uzliksiz kimyoviy jarayonlar
bo‘ladi. Ular natijada atmosferaga ta’sir etadi. Bu jarayonlarning mexanizmini va
tezlikni bilish atmosferaga chiqadigan antropogen, tabbiy yoki atmosferaning
transformasiyasi natijasida uning monitoringini bemalol qilsa bo‘ladi.
2. Ko‘pincha atmosferaga chiqadigan chiqindilar qayta tiklanadigan yoki
oksidlanishi natijasida chiqadi ( vodorod sulfid, metan, azot oksidi). Atmosferadagi
gazlarning tahlili shuni ko‘rsatdi-ki ayniqsa yer yuzasiga yaqin qismida asosan
kuchli oksidlovchi moddalar ko‘p hosil bo‘ladi. Bular sulfat kislota, azot oksidlari,
nitrat kislotalari, uglerod oksidlaridir.Shunday qilib troposferada asosiy rolni
oksidlovchi moddalar o‘ynaydi.
3. Atmosfera havosining monitoring – atmosferadagi zararli gazlar haqida
ma’limotlarni beradi, ularning qanchalik darajada zaharliligini, o‘simliklarga,
hayvonlarga va insonlarga ta’sirini ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlarda
monitoringni ta’minlash uchun ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizimlar
nazoratini (IHATN) taklif qildi.
Hozirda ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorat yildan – yilga
o‘sib bormoqda. Sababi uni har xil stansiyalari hamma joylarga qo‘yilmoqda. Bu esa
barcha joylarni kuzatishga yordam bermoqda. Keyinchalik esa bu sistemani
takomillashishi natijasida global monitoringni ham yanada rivojantiradi. Bu esa
barcha shaharlar, davlatlar qo‘shilishib atmosferani ifloslanishiga kurashishiga
yordamlashadi.
4.Insoniyat turmush tarziga fan-texnika taraqiyoti katta ta’sir o‘tkazib,
jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabatini ancha faollashtirmoqda. Bu ijtimoiy
rivojlanishning eng asosiy omillaridan biridir. Insonning biosferaga ta’sir utkazishi
ham miqyosi buyicha, ham jadalligi buyicha keskin usganligi butun dunyoda
ekologiyaga, uning uslubiy va amaliy kurinishlariga qiziqishni kuchaytirmoqda.
64
Ekolog I.T.Frolovning ta’kidlashicha, insoniyat qudrati g‘oyatda oshib borayotgan
texnika vositalari yordamida tabiat boyliklarini jadal iste’mol eta borib, o‘z
silivilizatsiyasi rivojlanishi va biologiya turi sifatida o‘zining o‘sishi sharoitlari
behad yaxshilanganligi bugungi kunda rad etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Biroq
tabiatni bo‘ysindira borib, inson o‘z hayot faoliyatining tabiiy negizlariga ancha
putur yetkazib, jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni buzganligi ham
ravshandir. Bu ijtimoiy va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan ekologiya
muammosining mohiyatini tashkil etadi.
5.Tabiatni muhofaza kilish eng oliy maqsad - har tomonlama rivojlangan
inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir.
Tabiatgina ekotizimning barcha elementlari uchun faqat hayotiy zarur moddiy
shart-sharoitlar va biogeotsenozning boshqa elementlari bilan bog‘liq ravishda
hayot kechirish mumkin bo‘lgan tabiiy muhitdir. Insoniyat uchun fan-texnika
taraqiyoti yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, ijtimoiy tizim xarakteridan qat’i
nazar, bu imkoniyatlardan foydalanishda ziddiyatlar tug‘diradi. Bunday ziddiyatlar
odamlarning ob’ektiv jihatidan tobora oshib boradigan ehtiyojlari uchun ko‘pincha
tabiat boyliklaridan foydalanish jarayonining kelajakdagi ekologik oqibatlarini
inobatga olishini taqazo etadi