avtomobillar ham iqtisodiy, ham ekologik tozalik jihatdan ustivorlikka ega. Dizel
dvigatel bilan harakatlanuvchi avto-transportda tashqariga chiqarilayotgan
chiqindilarning jami zaharli darajasi benzin bilan yuruvchi avtomobillarga
61
qaraganda 3 marta kam. Lekin, ba’zida dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi
avtobus yoki yuk avtomashinalaridan quyuq qora tutun chiqayotgani kuzatiladi. U
chala
yong‘in
uglerod
bo‘lib,
kuyadan
iborat.
Tutun
avtomobilning
nosog‘lomligidan xabar beradi. Lekin dizel yoqilg‘isi qo‘rg‘oshin yo‘q,uglerod
oksidi va uglevodorodlar miqdori 50-90 % kam. Gap avtotransportdan har doim
sog‘lom holatda foydalanishga bog‘liq.
Atmosfera
havosining
ifloslanishini
avtomobillar
hisobiga
keskin
kamaytirishning yo‘li ularni gazli yoqilg‘idan foydalanishga o‘tkazishdan iborat.
Bu bilan zaharli gazlarni havoga deyarli 100 marta kam chiqishiga erishiladi.
Shuningdek, neft mahsulotlaridan foydalanish ham ancha kamayadi. Bu hol ham
iqtisodiy, ham texnik jihatdan asoslangan. Hozirda O‘zbekistonda 13 mingdan
ziyod avtomobil tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan harakat qilmoqda. Lekin, bu sohada
avtomobillarni tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi, gaz moslamalarining texnik
jihatdan yuqori samaraga etganligi tufayli avtomobillarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga
o‘tkazish sekin amalga oshirilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda elektromobillarning eng samarali turini yaratish
bo‘yicha talay ishlar qilinmoqda. Elektromobil shovqinsiz harakatlanganligi,
tashqariga zararli chiqindilarni chiqarmasligi tufayli eng ekologik toza transport
turi bo‘lib qoladi. Endilikda quyosh nurini elektr tokiga aylantirish asosida
harakatga keladigan avtomobil turini yaratish sohasida ham konstruktorlik ishlari
olib borilmoqda.
Atmosferaga chiqarilayotgan sanoat chiqindilarini tozalash katta amaliy
ahamiyatga ega. Gazlarni tozalash deganda ulardan foydali moddalarni ajratib
odish yoki ularni xavfsiz holatga keltirish tushuniladi. Shu maqsadda korxona dud-
bo‘ronlariga gaz va changlarni tutib qoluvchi maxsus moslamalarni o‘rnatish
hamda ularning barqaror samarali ishlashini nazorat ostida bo‘lishligiga erishish
amaliy ahamiyat kasb etadi. Oltingugurt angidrididan tozalash maqsadida
ammiakli usulni qo‘llash bilan sulfit va bisulfat ammoniy olinadi, oltingugurt
angidridini neytrallash usulini qo‘llash bilan sulfit va sulfat, kattalik usulini
qo‘llash bilan kuchsizroq oltingugurt ishqorini olish mumkin.
62
Ishlab chiqarish jarayonida har qanday moslamalarning o‘rnatilishiga
qaramay havoning ifloslanishi sodir bo‘lishi davom etadi. Bu borada chiqindisiz va
kam chiqindili ishlab chiqarish texnologiyasining qo‘llanishi yuqori samara beradi.
Xomashyoni majmuali ishlash va mavjud texnologiyani takomillashtirish yo‘li
bilan chiqindisiz ishlab chiqarishga erishiladi. Buning natijasida atrof muhitga
zararli moddalar butunlay chiqmaydi.
Chiqindisiz texnologiyada ishlab chiqarishni shunday tashkil qilish zarurki,
unda,”tabiiy resurslar-ishlab chiqarish-iste’mol-ikkilamchi resurslar” zanjirining
har bir tugunida xom ashyo majmuali foydalaniladi, energiya isrof qilinmaydi,
mahsulotlar tegishli sohalar bo‘yicha foydalanishga yo‘naltiriladi. Binobarin, bu
jarayonlar negizida atmosfera havosi butunlay zarar ko‘rmaydi. Nihoyatda
samarali chiqindisiz va kam chiqindili texnologiya Muborak gazni qayta ishlash
korxonasida, Buxoro neftni qayta ishlash majmuasida to‘lig‘i bilan qo‘llanilmoqda,
yangitdan qurilayotgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida, Talimarjon IESida bu
texnologiya hisobga olingan.
Sanoati rivojlangan va transport qatnovi kuchli bo‘lgan shaharlarda
sanitariya-muhofaza mintaqalari vujudga keltirish ayni muddao. Sababi-sanoat
korxonalari odatda 500-1000 metr, ba’zan 5-7 km masofaga qadar atrof- muhit
havosiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni e’tiborga olib, mazkur mintaqa yashil
daraxtzor, butazor va gulzordan yoki o‘tloqdan iborat bo‘lgani ma’qul. Daraxt
avvalo shovqinni yutadi, chang va turli kimyoviy gazli chiqindilarni tozalaydi. 1
ga. maydondagi o‘rmon yiliga 32 kg dan 63 kg gacha changni yutadi, uglerod ikki
oksidini yutib kislorod ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: