Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Iqtisodiy  fanlar  va  ekologiya  huquqi.  Iqtisodiy  fanlar  ishlab 
chiqarish  munosabatlari  tizimi,  xo‘jalik  hayotini  tashkil  etish,  xo‘jalik 
sohalari  mehnat,  moliya  va  shunga  o‘xshash  bazis  hisoblanuvchi 


 
26
hodisalarni o‘rganadi. Ekologiya huquqi fani esa tabiat, jamiyat va inson 
o‘rtasidagi  iqtisodiy  holat  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hodisalarni  ekologik 
nuqtai nazardan o‘rganadi. 
Ekologiya  huquqining  yana bir  xususiyati  shundaki,  u  bozor  iqtiso-
diyoti  sharoitida  iqtisodiy  munosabatlarni  amalga  oshirishda  har  bir 
tabiat  obyektidan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  talab 
qiladi. 
Siyosatshunoslik  va  ekologiya  huquqi.  Siyosatshunoslik  siyosatni, 
uning  shakllarini,  siyosiy  jarayonlar,  davlat  hokimiyatiga  erishish 
vositalari,  partiyalar  va  ularning  faoliyatini,  davlat  va  shaxsning  o‘zaro 
munosabatlarini  hamda  fuqarolik  jamiyati  va  shunga  o‘xshash  ko‘plab 
siyosiy muammolarni o‘rganadi. 
Ekologiya  huquqi  esa  aynan  shu  jamiyatda  inson  va  tabiat 
o‘rtasidagi  uzviy  bog‘lanish,  davlatning  ekologik  siyosati  va  uning 
xalqaro miqyosdagi o‘rni bilan bog‘lanadi. 
Falsafa  va  ekologiya  huquqi.  Falsafa  tabiat  va  jamiyat  rivojla-
nishining  umumiy  qonuniyatlarini  o‘rganadi.  U  tabiat,  jamiyat  va  inson 
o‘rtasidagi ekologik-huquqiy masalalarni umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa 
sifatida o‘rganishi mumkin. 
Ammo  ekologiya  huquqi  fani  falsafiy  xulosalarga  tayangan  holda 
tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi turli muammolarni huquqiy-ekologik 
jihatdan  o‘rganishni  aniqlashtiradi  hamda  bir  qator  nazariy  va  amaliy 
masalalarni o‘rganadi. 
Sotsiologiya va ekologiya huquqi. Sotsiologiya jamiyatning yaxlit va 
alohida  tuzilishi,  ijtimoiy  guruhlar  sotsial  jarayonlar,  alohida  shaxslar  va 
guruhlar  xulq-atvori qonuniyatlari  haqidagi  fan hisoblanadi.  Sotsiologiya 
o‘zining  xulosalarida  ijtimoiy  tajriba  va  so‘rov  ma’lumotlariga  asoslanib 
ish olib boradi. 
Ekologiya huquqi fani esa o‘z rivojlanishida tabiat, jamiyat va inson 
o‘rtasidagi muammolarni yechishda, oldini olishda sotsiologik tadqiqotlar, 
so‘rovlar,  ijtimoiy  tajriba  xulosalari,  ekologik  huquqiy  fikr  va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan g‘oyalardan foydalanadi. 
Huquqiy  fanlar  va  ekologiya  huquqi.  Ekologiya  huquqi  o‘quv  fani 
yuridik  fanlar bilan uzviy  aloqadordir.  Ekologiya huquqi  fanining asosiy 
poydevori  bo‘lib  davlat  va  huquq  nazariyasi  hisoblanadi  hamda  umum 
metodologik nazariy fan sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ekologiya huquqi fanining ham hayotiyligi, ham xususiyati shundaki, 
u ko‘plab huquq tizimida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar, ya’ni: 
1) siyosiy ta’limotlar va huquqiy qarashlar tarixi; 


 
27
2) davlat huquqi, davlat qurilishi va boshqaruvi, ma’muriy huquq va 
moliya huquqi, inson huquqi, konstitutsiyaviy huquq; 
3)  fuqarolik  huquqi,  oila  huquqi,  fuqarolik  protsessual  huquqi, 
xalqaro huquq, xo‘jalik huquqi, mehnat huquqi; 
4) qishloq xo‘jalik huquqi, yer, suv, o‘rmon va tog‘-kon huquqi; 
5)  jinoyat  va  jinoyat-protsessual  huquqlari, kriminologiya,  prokuror 
nazorati huquqi; 
6) musulmon huquqi, soliq, bojxona va boshqa huquq tizimi sohalari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Xullas, ekologiya huquqi juda dolzarb fan bo‘lib, u global ekologik 
muammoni o‘rganishda, uni hal qilishda yuqoridagi ijtimoiy va huquqiy 
fanlarning nazariy qoida va xulosalariga bevosita tayanib ish olib boradi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish