Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Intizomiy-huquqiy  javobgarlik.  Bu  javobgarlik  katta  ekologik- 
huquqiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  ko‘proq  mehnat  qonunlari  yoki 
intizomini buzish oqibatida ro‘y beradi. O‘simliklardan noto‘g‘ri, befarq 
foydalanganlik uchun intizomiy  javobgarlik  (yoki  ta’siriy  chora)  asosan 
korxona,  muassasa,  tashkilot  xodimiga  aynan  shu  ishxona  ma’muriyati 
tomonidan  qo‘llaniladi.  Shunisi  tashvishliki,  bizning  respublikamizda 
shifobaxsh  o‘simliklarni  o‘stirish,  ularni  ko‘paytirish,  saqlash  uchun 
shirkat  xo‘jaliklari,  dehqon,  fermer  va  ijara  xo‘jaliklari  yoki  biror 
e’tiborli  joylar  deyarli  yo‘q.  Shifobaxsh  o‘simliklar  faqatgina  parklar, 
qo‘riqxonalarda, ko‘plab tog‘larning ma’lum joylaridagina o‘sadi, xolos. 


 
169
Shuni  uchun  ham  intizomiy  huquqiy  javobgarlik  qo‘riqxona,  parklar, 
ayrim  kooperativ  (shirkat  xo‘jaliklari,  dehqon,  fermer  va  ijara 
xo‘jaliklari) rahbarlari tomonidan qo‘llaniladi. 
Intizomiy  javobgarlik  ba’zan  xodimlar  bajarishlari  lozim  bo‘lgan 
majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  bajarmasliklari  oqibatida  ham  qo‘llanishi 
mumkin.  Ta’kidlash kerakki,  shifobaxsh  o‘simliklarni huquqiy-ekologik 
muhofaza qilish maqsadida intizomiy javobgarlik kam qo‘llanilmoqda. 
Intizomiy 
javobgarlikka 
tortish 
choralari 
O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksi asosida amalga oshiriladi. 
Fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  –  asosan  shifobaxsh  o‘simliklardan 
foydalanishda,  ularning  tibbiy  ahamiyatini  hisobga  olib  terilayotganda, 
saqlashda, quritib olinayotganda yetkazilgan zarar asosida paydo bo‘ladi. 
Ekologiya sohasidagi fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asosiy mazmuni 
yetkazilgan  zararni  qoplash,  ya’ni  to‘lash  sharti  bilan  belgilanadi. 
Shuning uchun ham o‘simliklarning asosiy manbai bo‘lgan adir, sahro va 
o‘rmonlarni  yong‘in  xavfidan  saqlash,  ularni  asosiy  ekologik  muhofaza 
qilishga qaratiladi. 
Shifobaxsh o‘simliklarga  zararkunandalik munosabatda ham ta’sir qi-
lish mumkin. Ularni tomirlari bilan qo‘porish, hali yetilmaganda mol qo‘-
yib, yedirib yuborish, payhon qilish kabi hollarda tabiatga zarar yetadi. 
Shuningdek,  butun  o‘simliklarni  kasallanishga  olib  kelish  holati 
oqibatida  ham  zarar  yetkaziladi.  Bunda,  asosan  kasalliklarning  oldini 
olmaslik, tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘ymaslik, o‘simliklarni karantin 
qilish,  shuningdek,  fizik,  ximik  va  biologik  metodlardan  foydalanish 
qoidalarini buzish hollari tushuniladi. 
Bu qoidalarni buzuvchilar ko‘pincha dam olishga chiqqanlar, mevalar 
va  shifobaxsh  o‘simliklarni  yig‘uvchilar  bo‘lishi  mumkin.  Shunday 
«turistlar»  ham  uchraydiki,  ular  o‘simliklarni  sindirib,  gulxan  yoqadilar, 
daraxtlarni kesib, o‘t-o‘lanlarni payhon qiladilar, dam olgan yerlarini iflos 
qilib  ketadilar.  Bu  esa  o‘rmon  kompleksining  buzilishiga  olib  keladi. 
O‘simliklar  dunyosidagi  o‘zgarishlar  hayvonot  olamiga  ham  o‘z  ta’sirini 
ko‘rsatadi:  sayroqi  qushlar  yo‘qolishi,  zararkunandalar  paydo  bo‘lishi, 
kemiruvchilar ko‘payishi mumkin. Bu esa hududni epidemik va epizootik 
jihatdan dahshatli holatga olib kelishi mumkin. 
Tabiatga  mutlaqo  zarar  yetkazmay  uzoq  vaqt  dam  olish  uchun 
ekoturizmni rejalashtirish va to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. 
Alohida qayd etish o‘rinliki, respublikamiz va ko‘plab viloyatlarimiz-
da  o‘simliklar  noyob  turlarining  yo‘qolib  ketishiga  asosiy  sabab,  rejasiz 
ravishda chorva mollarini boqishdir. 


 
170
Chorva  mollari  o‘simliklarni,  ayniqsa  daraxtlarni  zararlaydi,  ular 
ko‘p  bo‘lgan  joylarda  o‘simliklarning  gullashi,  changlanish,  urug‘  hosil 
qilish jarayoniga zarar yetadi. 
Keltirilgan  har  qanday  zararni  moddiy  undirish  mumkin,  ammo 
shifobaxsh o‘simliklarni va ularning tabiat go‘zalligidagi o‘rnini qaytarib 
bo‘lmaydi. 
Mulkiy  zararni  qoplash,  shartnoma  va  bitimlarni  buzish  oqibatida 
o‘simliklar  dunyosiga  yetkazilgan  zarar  O‘zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi talabi asosida qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi 
kodeksini  81-moddasida  qizil  kitobga  kiritilgan  o‘simliklarni  yiqqanlik 
uchun  ma’muriy  jazo  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  asosan,  O‘zbekiston 
Respublikasining  «Qizil  kitobi»ga  kiritilgan  o‘simliklarni  yoxud 
shunday  o‘simliklarning  ildizlari,  poyalari,  shoxlari,  barglari,  gullari, 
mevalari va urug‘larini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, –  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  ikkidan  bir  qismidan  ikki 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  ikki  baravaridan  besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi 
shunday 
huquqbuzarlik 
ma’muriy 
jazo 
chorasi 
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  ikki  baravaridan  besh 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  uch  baravaridan  yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Shu  bilan  birga,  mazkur  kodeksning  89-moddasida  o‘simliklarni 
himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‘llanish 
qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ham jazo chorasi 
mavjudligi belgilangan. Unga asosan, o‘simliklarni himoya qilish vosita-
larini,  ularning  o‘sishini  tezlashtiruvchi  vositalarni,  mineral  o‘g‘itlar  va 
boshqa  dorilarni  tashish,  saqlash  va  qo‘llanish  qoidalarini  tuproq,  suv, 
atmosfera havosining ifloslanishiga yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosini 
yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzish, – 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi 
shunday 
huquqbuzarlik 
ma’muriy 
jazo 
chorasi 
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud 
tuproq,  suv,  atmosfera  havosining  ifloslanishiga,  o‘simlik  va  hayvonot 
dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, – 


 
171
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch barava-
rigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Qayd  qilish  o‘rinliki,  hozirgi  paytda  har  qadamda  o‘simliklar 
dunyosiga nisbatan vahshiyona munosabatda bo‘lish hollari uchraydiyu, 
ammo  tegishli  choralar  qo‘llanilmaydi.  Lekin  qonunlarni  chiqarishdan 
ko‘zlangan  maqsad  jarima  solish  emas,  balki  bebaho  o‘simliklarni 
ko‘paytirish hamda o‘zligicha saqlab qolishdir. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish