Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Калонов 
Б.Х. 
Ўзбекистон 
Республикасида 
давлат 
экология 
назоратининг  ҳуқуқий  муаммолари.  ю.ф.н.дисс...  автореферати.  –  Т.,  2004.  – 
Б.21.  


 
36
4) amaldagi ekologik qonunlarga rioya qilinishini nazorat etish. 
Ekologik nazoratning quyidagi shakllari mavjud: 
– axborotlash;  
– ogohlantirish;  
– jazolash. 
Amaldagi  qonunchilikka  asosan  ekologik  nazoratning  quyidagi 
turlari mavjud: 
1) atrof tabiiy muhit monitoringi; 
2) davlat ekologik nazorati; 
3) idoraviy ekologik nazorati; 
4) ishlab chiqarish nazorati; 
5) jamoat ekologik nazorati. 
«Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  qonunning  28-moddasida 
atrof  tabiiy  muhit  monitoringi  berilgan  va  unga  asosan,  O‘zbekiston 
Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini 
kuzatish,  hisobga  olish,  ularga  baho  berish  va  ularning  istiqbolini 
belgilashni  ta’minlash  maqsadida  atrof  tabiiy  muhitning  davlat  monito-
ringi tizimi tashkil etiladi. 
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan 
kuzatuv  maxsus  vakolat  berilgan  idoralar,  shuningdek  faoliyati  atrof 
tabiiy  muhitning  holatini  yomonlashtiradigan  yoki  yomonlashtirishi 
mumkin  bo‘lgan  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalar  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Maxsus  vakolat  berilgan  idoralar,  shuningdek  aytib  o‘tilgan  korxo-
nalar,  tashkilotlar  va  muassasalar  o‘z  kuzatuvlariga  doir  materiallarni 
tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart. 
Monitoring tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi O‘zbe-
kiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 
ishlab  chiqiladi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi 
qonunning  31-moddasida  ko‘rsatilganidek,  tabiatni  muhofaza  qilish 
sohasidagi  davlat  nazoratini  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  idoralari, 
maxsus  vakolatli  davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  idoralari  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Quyidagilar  maxsus  vakolatli  davlat  tabiatni  muhofaza  qilish 
idoralari hisoblanadi: 
– O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; 


 
37
–  O‘zbekiston  Respublikasi  Sanoatda,  konchilikda  va  kommunal-
maishiy  sektorda  ishlarning  bexatar  olib  borilishini  nazorat  qilish  davlat 
inspeksiyasi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi; 
–  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya 
va davlat kadastri davlat qo‘mitasi. 
Maxsus  vakolatli  davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  idoralari  tabiatni 
muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  nazoratini  amalga  oshirishda 
qatnashishga  idoraviy  ekologiya  xizmat  bo‘linmalarini  belgilangan 
tartibda jalb etishlari mumkin.  
«Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  qonunning  32-moddasida 
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat 
nazorati  qayd  etilgan  bo‘lib,  unga  binoan  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari 
va  idoralarning  ekologiya  xizmati  shu  vazirlik,  davlat  qo‘mitasi  yoki 
idora  tasarrufidagi  korxonalar  va  tashkilotlar  faoliyati  ustidan  tabiatni 
muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazoratni amalga oshiradi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  ishlab  chiqarish  nazoratini 
korxonalar,  birlashmalar,  tashkilotlarning  ekologiya  xizmati  amalga 
oshiradi  va  tabiatni  muhofaza qilish, tabiiy  resurslardan  oqilona  foydal-
anish  va  ularni  tiklash,  atrof  tabiiy  muhitni  sog‘lomlashtirish,  tabiatni 
muhofaza  qilishga  doir  qonunlarning  talablari  bajarilishi  yuzasidan 
dasturlar hamda ayrim tadbirlar ijrosini tekshirish maqsadini ko‘zlaydi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  jamoat  nazoratini  jamoat 
birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar amalga oshiradilar.  
Idoraviy, ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi ekologiya xiz-
matlarini  va  ekologiya  sohasidagi  jamoat  nazoratini  tashkil  etish  hamda 
ularning  faoliyat  ko‘rsatishi  tartibi  ushbu  qonun  va  mazkur  xizmatlar 
hamda jamoat nazorati to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solib boriladi. 
Amaldagi  ekologik  qonunlar  talablaridan  ma’lumki,  ekologik 
nazoratni olib borishda bir qancha usullardan foydalaniladi: 
1) kuzatib borish, ma’lumotlar olish va berish; 
2) tekshirish; 
3) ekologik halokat va xavfning oldini olish; 
4) ekologik qonunlar buzilishining oldini olish; 
5)  tegishli  ruxsatnomalar  berish,  faoliyatni  cheklash,  to‘xtatish  va 
bekor qilish; 
6) tegishli jarimalar solish; 
7) sodir etilgan huquqbuzarlik qurollarini musodara qilish. 


 
38
Xullas, ekologiya sohasida davlat nazoratini olib borish barcha tabiat 
obyektlaridan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni ta’min-
laydi  hamda  ekologik  qonun  va  talablarning  to‘g‘ri  amalga  oshirilishini 
ta’minlaydi. 
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvining  yana  bir  funksiyasi 
ekologik ekspertiza hisoblanadi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish