Oʻzbek nomshunosligi va falsafa fani. Falsafa, tabiat, jamiyat va inson
oʻrtasidagi munosabatlarga inson manfaatlari, ular asosida yuzaga kelgan bir
qancha nomlarga dialektik qonuniyatlar bilan aniqlik kiritadi. Mazkur fan
nomlardagi mantiqiylikni ma’lum ma’noda ta’minlab turishi tabiiy hol. Nomlar har
bir xalqning an’ana va qadriyatlar shaklidagi bilimlar majmuining bir qirrasi.
Shuning uchun nomlarda xalqning qadimiy va zamonaviy falsafasi oʻz ifodasini
topgan boʻladi. Xullas, falsafa fani ham nom hamda nomlanish jarayoniga ham
oʻziga xos boʻlgan dialektik munosabatda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |