Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/91
Sana05.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#637648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari. 
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar, asosan, maktab ta’limiga maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida va oilada tayyorlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash 3 bosqichda amalga 
oshiriladi. 
1.
Bolalarni nutqini rivojlantirish. 
2.
Jismonan rivojlantirish. 
3.
Ma’nan rivojlantirish. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari 
sog‘lom va yetuk, maktabga, o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan 
iboratdir. 
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining boshqa 
fanlar bilan aloqasi. 
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ijtimoiy 
hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, 
chunki falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini 
belgilaydi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda bilish nazariyasiga, axloqiy 
tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, 
tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. 


11 
Bolalarni maktabga tayyorlash fani ana shu ma’lumotlar negizida ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaqiyatliroq hal 
eta oladi, psixik voqealar va jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini chuqurroq 
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim 
pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning 
qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu 
singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va 
harakat qilish qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini o‘rganuvchi yosh fiziologiyasi 
ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga 
ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq 
tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni yoki tarbiyaviy 
tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. 
Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv tizimining tipologik xususiyatlari 
to‘g‘risidagi xulosalari pedagogika o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab 
chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratishda yordam 
beradi. Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi 
psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy 
psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro 
munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, 
tasavvur, his-tuygu, iroda va hokazo) tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi “Bolalarni 
maktabga tayyorlash metodikasi” fanining turli yoshdagi bolalarning bilish 
imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini 
aniqlashida yordam beradi. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh 
va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim 
berishning ratsionalroq mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish 
jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil 
etishning samaralirok shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash 
metodlarini ishlab chiqishda ijtimoiy psixologiya bilan qurollanadi. 
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani jismoniy rivojlanish 
masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini 
me’yorllashtirish masalalarini o‘rganishda umumiy va ijtimoiy gigiyena, mehnat 
gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya va boshqa fanlarning erishgan 
yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi. 
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani umumiy pedagogika bilan 
ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy qobiliyatlari, 
jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash hamda ta’limning mohiyati va 
qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shunday qilib, “Bolalarni maktabga 
tayyorlash” fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib 
boradi. Yechilmay qolgan muammolar pedagogik nuqtayi nazardan ilmiy 


12 
asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi. 
Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim 
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalar 
mustaqil ta’lim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb 
qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil 
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta 
shug‘ullanadilar. Ota-onalarga maktab ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 
yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlashda maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanadi. 
Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi 
hamda faoliyati uchun ko‘prik, vazifasini o’tashni oila yoki bog‘chadagi ta’lim-
tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini 
hisobga olishlari lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar qatori 
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ham o‘z fani doirasida bir qator 
fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi. 
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash fani falsafa fani bilan bog‘liq ekan 
ushbu fanning metodologik jihatdan asoslaydi. Yosh psixologiyasi har bir yoshda 
bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruhiyati 
markaziy o‘rin tutib, bu albatta, psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liqdir. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani barcha 
fanlar bilan chambarchas bog‘langandir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish