www.ziyouz.com kutubxonasi
18
qo’yiladi va ularning zakotini olishga harakat qilinmaydi. Nafrat, adovat va hasad
ko’tarilib ketadi. Odamlar molidan sadaqa berish uchun boshqalarni chaqiradilar. Lekin
bironta odam sadaqa olmaydi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
Abu Hurayradan rivoyat qilingan yana bir hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning: "Iso ibn Maryam orangizga tushganda, imomingiz o’zingizdan bo’lsa, nima
qilasizlar?" (Boshqa hadisda: "O’zingizdan bo’lgan kishini imom qilsa...") deganlaridagi
«o’zingizdan» lafzi xususida Ibn Abu Zi’b: "Buning ma’nosini bilasizlarmi?" deb so’radi.
"O’zingiz ayta qoling", deyishdi. U javob berdi: "Rabbingizning Kitobi va Nabiyingizning
sunnatiga binoan imomlik qilsa", degan ma’nodadir».
Bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Nafsim qo’lida bo’lgan
zotga qasamki, Iso ibn Maryam Ravhodagi tepalikda haj yoki umra yoki ikkisini ado
qilish uchun "labbayka"ni aytadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |