Rejani qayta tekshirish uchun ko`rsatmalar
Bir marta tuzilgan reja quyidagicha qayta tekshirilishi lozim:
1.O`quv maqsadlarini o`rganish
Ushbu darsning o`quv maqsadi kerakli maxsus sohaga mos kelishi tekshiriladi, ya'ni
o`quvchilar qanday amaliy ko`nikmaga ega bo`ldilar yoki qanday ko`nikma va tushunchalarga
ega bo`lishlari kerak. Darsning yakuniy natijasi qanday bo`lishi kerakligi o`rganiladi.
2.Guruhlar holatini o`ylab ko`rish
O`quvchilar maxsus soha to`g`risida nimani bilishlari, ularning maxsus soha bo`yicha
qanday tushunchalarga ega ekanliklari, guruhning darsni o`zlashtirishi borasida e'tiborga olinishi
lozim bo`lgan qiyinchiliklar. o`quv guruhi kichikroq guruhlarga bo`linishi kerakmi yoki yo`qmi
kabi masalalarni o`rganish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |