Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

9

Mashina oldida qiladigan ishim ham qolmadi. Yotoqxonaga borsam bo‘lardi. U yerda shovqin-



suronli, gavjum joy — qizil burchak ham bor. Mening u yoqqa borgim yo‘q. Ko‘nglim yolg‘iz 

bo‘lishni istardi. Qo‘llarimni boshim ostiga qo‘yib, mashina qanotiga chalqanchasiga yotdim. 

Yonginamda, mashina ostida Jontoy degan shofyor ivirsib yurgan edi. U chuqurdan boshini chiqardi-

da: 


— Senga nima bo‘ldi, chiroyli yigit? Xayol suryapsanmi? — dedi masxaraomuz to‘ng‘illab. 

— Ha, pul haqida! — deb shartta kesdim gapini. Men uni yoqtirmasdim, u uchchiga chiqqan xasis, 

ayyor va hasadgo‘y yigit edi. U boshqalarga o‘xshab yotoqxonada turmasdi. Allaqanday bir ayolnikida 

ijaraga turardi. Aytishlaricha, unga uylanishga va’da berganmish, nima bo‘lsa ham uy-joyli bo‘lib 

oladi-da. 

Men teskari o‘girilib oldim. Hovlida, mashinalar yuviladigan joyda yigitlarimiz qiy-chuv ko‘tarib, 

hazil-huzul qilishyapti. Kimdir kabinaga chiqib olib, navbat kutib turgan shofyorlar to‘dasiga qarata 

brandspoytdan vishillatib suv sepmoqda. Ular butun avtobazani boshlariga ko‘tarib qahqahlashardi. 

Otilib chiqayotgan suv shunchalik kuchli ediki, borib urilgan odamini bemalol gandiraklatib yuborardi. 

Boyagi yigitni kabina ustidan tushirishmoqchi bo‘lishar edi-yu, ammo u turgan joyida irg‘ishlab, go‘yo 

avtomatdan o‘q yog‘dirayotgandek, kishilarning orqasiga suv bilan savalab, bosh kiyimlarini uchirib 

yuborar edi. Birdan otilib chiqayotgan suv osmonga ko‘tarildi-yu, quyosh nurlari ostida kamalakka 

o‘xshab egilib tusha boshladi. Qarasam, dispetcherimiz Xadicha turibdi. Suv esa uning ustidan uchib 

o‘tmoqda. Biroq u qimir etmasdi. Xadicha o‘z qadr-qimmatini bilardi, hammaning o‘ziga suqlanib 

qarashini ham sezardi. U o‘zini qanday tutishni yaxshi bilar, uncha-muncha odamni o‘ziga osonlikcha 

yaqin yo‘latmasdi. Hozir ham u ishonch bilan hech narsadan cho‘chimay, qani sepib ko‘rchi, ojizlik 

qilasan, degandek, parvoyi falak turardi. Etikli oyoqlarini kerib, shpilkalarni og‘zida tishlab, 

kulimsiragancha uni sochlariga qadardi. Mayda, kumushsimon suv zarrachalari uning boshi uzra 

tushayotgan edi. Yigitlar qahqahlashib, kabina ustidagi yigitni gij-gijlashardi. 

— Xadichani cho‘miltirib qo‘y! 

— Bir bopla! 

— Qo‘lidan kelmaydi! 

— Qochib qol, Xadicha! 

Yigit jur’at eta olmay, otilib chiqayotgan suv oqimini yuqorilatib-pastlatib o‘ynardi. Uning o‘rnida 

men bo‘lganimdami, boshidan oyog‘igacha suvga cho‘miltirardim, shunda ham u menga hech narsa 

demagan bo‘lardi, kulardi-qo‘yardi, xolos. Men buni maqtanchoqlik qilib aytayotganim yo‘q. 

Xadichaning boshqalarga qaraganda menga qandaydir boshqacha munosabatda ekanini doim sezib 

yurardim. U men bilan gaplashganda boshqacharoq: muloyim, sal tantiqroq bo‘lib qolardi. Hazillashib 

tegajoqlik qilsam ham, boshini silasam ham unga yoqib ketardi. Uning doim men bilan bahslashib, 

janjallashib qolib, yana darhol, hatto nohaq bo‘lsamda, taslim bo‘lishini yaxshi ko‘rardim. Ba’zan uni 

kinoga olib tushardim, uyi yotoqxona yo‘lida bo‘lgani uchun kuzatib ham qo‘yardim. Uning oldiga, 

dispetcher xonasiga to‘ppa-to‘g‘ri kirib boraverardim, boshqalar esa faqat tuynukcha orqali murojaat 

qilishardi. 

Ammo hozir Xadicha ham ko‘nglimga sig‘masdi. Mayli, u erkaligini qilaversin. 

Xadicha so‘nggi shpilkasini qadab bo‘ldi: 

— Bas, yetar endi shuncha o‘ynashganing! — dedi u amirona. 

— Xo‘p bo‘ladi, o‘rtoq dispetcher! — deb kabina ustidagi yigit qo‘lini chakkasiga qo‘yib chest 

berdi-yu, hukmni osonlik bilan bajo keltirdi. Atrofdagilar xaxolashganicha yigitni kabina ustidan 

sudrab tushirdilar. 

Xadicha esa biz turgan garajga qarab kelaverdi. U Jontoyning mashinasi yonida to‘xtab, kimnidir 

izlay boshladi. U xiyla paytgacha meni payqamadi. Oramizda garajni xona-xona qilib ajratib turuvchi 

sim to‘rlar bor edi. Jontoy chuqurdan boshini chiqarib: 

— Salom, suluv qiz! — deb salomlashdi. 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish