Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

40

Men ketdim, — dedim. 



— Qayoqqa? — deya seskanib ketdi Asal. — Bugun ham qolmaysizmi? Loaqal choy ichib 

olsangizchi. 

— Ilojim yo‘q. Ketishim kerak, — deb to‘ng‘illadim men. — O‘zing bilasan, hozir ish juda 

qistov... 

Yo‘q, meni uydan haydayotgan narsa aslo ish emas edi. Vaholanki, yo‘lga ertalab chiqishim kerak 

edi. 


Qorong‘ida mashina yoniga kelib, kabina o‘rindig‘iga o‘zimni gurs etib tashladim va alamimdan 

ingrab yubordim, motorni yurgizish uchun kalitni o‘z o‘rniga tushira olmay, ancha vaqtgacha 

timirskilab o‘tirdim. So‘ngra yo‘lga chiqdim, derazalarda miltillab turgan chiroqlar orqada qolib, to 

ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha haydab bordim. Darada, ko‘prikdan o‘tishim bilanoq mashinani yo‘ldan 

chetga burib, butazorda to‘xtatib, chiroqlarini o‘chirdim. Shu yerda tunashga ahd qildim. 

Cho‘ntagimdan papiros oldim. Guturt qutisida bittagina gugurt cho‘pi qolgan ekan. U lov etib yondiyu, 

o‘chib qoldi. Papirosni ham qutichaga qo‘shib kabina oynasidan uloqtirib yubordim, boshimga kalta 

po‘stinni tortib, oyoqlarimni yig‘ishtirganimcha o‘rindiqda bukchayib yotib qoldim. 

Qop-qorong‘i va bahaybat tog‘lar ustida oy xiragina nur sochib turardi. Darada shamol hazin 

guvillar, ochilib turgan kabina eshigini u yokdan-bu yoqqa tebratar edi. U shamolda ohistagina 

g‘ijirlardi. Kabinada yotar ekanman, o‘zimning butunlay yakkayu yolg‘izligimni, odamlardan, 

oilamdan va avtobazadagi o‘rtoqlarimdan ajralib qolganligimni hali hech qachon hozirgidek chuqurroq 

sezmagan edim. Bundan buyon bu taxlitda hayot kechirish mumkin emas edi. O‘zimga-o‘zim so‘z 

berdim: safardan avtobazaga qaytib kelishim bilanoq, Xadicha bilan gaplashaman, undan meni 

kechirishini, ikkovimiz o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan hamma narsalarni unutishini iltimos qilaman. 

Shunday qilsam, vijdonan haqqoniy va to‘g‘ri ish tutgan bo‘laman. 

Biroq hayot bu fikrimni boshqachasiga hal etdi. Men shunday bo‘lishini hech qachon o‘ylamagan 

va kutmagan edim. Oradan bir kun o‘tgach, ertalab dovondagi bazaga yetib kelganimda, uyda hech 

kim yo‘q edi. Eshik lang‘illab ochilib yotardi. Dastlab Asal biron yoqqa: suvgami, o‘tingami chiqqan 

bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. U yoq-bu yoqqa qaradim. Xonada hamma narsa ivirsib yotardi. Olov 

yoqilmagan, qora pechkadan qandaydir yoqimsiz sovuq urib turar, uy huvillab yotardi. Samadning 

karavoti yoniga bordim — bo‘m-bo‘sh. 

— Asal! — deb shivirladim dahshat aralash. «Asal!» — deb shivirlab aks sado berdi devorlar. Men 

eshikka o‘kdek otilib chiqdim. 

— Asal! — deb qichqirdim hovlida turib. Hech kim javob qilmadi. Qo‘ni-qo‘shnilarimiznikiga 

yugurdim, benzinkolonkaga chopib bordim, hech kimdan aniqroq javob ololmadim. Odamlarning 

aytishicha, kecha bolasini tanishlarinikida qoldirib, o‘zi kun bo‘yi qayoqqadir ketibdi va tunda qaytib 

kelibdi. «U voqeadan xabar topib ketib qolgan!» — degan dahshatli xayoldan cho‘chib ketdim. 

Umrimda hali hech qachon Tyan-Shan tog‘laridan mashinani o‘sha, men uchun baxtsiz bo‘lgan 

kundagidek tez haydamagan bo‘lsam kerak. Men nuqul qaerdadir anovi muyulishdan keyin yoki anovi 

darada, yoki yana qaerdadir yo‘lda unga yetib oladigandek bo‘laverdim. Go‘yo burgutdek parvoz qilib, 

ketib borayotgan mashinalarni quvib yetardim va ularga yonma-yon kelib mashinaga tormoz berardim-

da, kabina va kuzovlarga ko‘z yugurtirib chiqib, shofyorlarning so‘kish-koyishlari ostida mashinani 

yana ilgarilab yeldirib borardim. Men shu vaziyatda radiatordagi suv qaynab ketmaguncha uch soatlar 

chamasi mashinani beto‘xtov yeldek uchirib haydadim. Kabinadan sakrab tushdim-da, radiator ustiga 

qor socha boshladim, so‘ngra yo‘l yoqasidagi pastlikdan suv olib chiqqani yugurdim. Suvni darhol 

quydim. Radiatordan bug‘ ko‘tarilar, mashina esa poygadan chiqqan otdek ufurardi. Rulga endi 

o‘tirmoqchi ham edimki, Alibekning qarshidan kelayotgan avtopritsepiga ko‘zim tushib qoldi. 

Quvonib ketdim. Garchand biz gaplashmay, salomlashmay yurgan bo‘lsak ham mabodo Asal 

ularnikida bo‘lsa, baribir u buni menga aytishi kerak-ku. Men yo‘lga yugurib chiqib, qo‘limni 

ko‘tardim-da: 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish