Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

yaqinlashib kelaverdi. 



Ana shunda men: 

— Po‘sht! — deb qichqirdim-da, mashinani shiddat bilan konteyner ostidan olib qochdim. 

Xayriyatki, motor o‘chirilmagan edi. Orqadan qichqiriq, hushtak va so‘kish ovozlari eshitildi. Biroq 

men e’tibor bermasdan mashinani omborlar, taxlab qo‘yilgan yog‘ochlar va ko‘mir uyumlari yonidan 

g‘izillatib borardim. Pastqam yo‘llar bilan shahardan chiqib oldim va tog‘ etagiga, kimsasiz yo‘lga 

yetib kelgach, rulga mahkam yopishib oddim. Mashina yelib borardi, «ZIL» goh u tomon, goh bu 

tomon chayqalib ketardi. Ammo biz bunga ko‘nikib qolgan edik. 

Ko‘p o‘tmay Jontoyni quvib yetdim. Oddinga o‘tib ketmoqchi bo‘lib signal berdim. U kabinadan 

boshini chiqarib xo‘mrayib qaradi. Dovdirab qolib, ko‘zlari qinidan chiqib ketayozdi: meni tanidi. 

Ablahni qarang! Birovning shoshilayotganini ko‘rib turgandan keyin unga yo‘l berish kerak-da. Ammo 

u-chi, yo‘l bergisi kelmaydi, boshimni aylantirmoqchi. Shunda men mashinani chetga burdim-da, uni 

to‘g‘ri paykal bilan quvib boraverdim. Jontoy ham mashinasini qistay boshladi. Endi u yo‘lga chiqib 

olishga imkon bermasdi. 

Biladiki, atrofda harakat qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortadigan biron kimsa yo‘q. 

Buning ustiga, hozir uni hech nima qila olmasligimni biladi. Shu zaylda uchib borardik: u yo‘lda, men 

paykal ichi bilan. Ikkalamiz ham rulga yopishib olganmiz, yirtqichlardek bir-birimizga ko‘z 

olaytiramiz, so‘kinamiz. 

— Sen qayoqqa? Nega? — deb baqirdi u menga. Men unga musht o‘qtalib do‘q qilardim. Harholda 

mening mashinam yuksiz edi. Uni quvib o‘tdim, orqamga qayrilib qarasam, u endi shoshmay, 

tinchgina kelardi. Ha, iblis, menga desa battar bo‘l. 

Asalni hech qaerda uchratolmadim. Ovulga kelib, mashinani ularning hovlisi oldida to‘xtatdim. 

Xuddi piyoda chopib kelgandek nafasim bo‘g‘zimga tiqila boshladi. Hovlida ham, ko‘chada ham hech 

kim ko‘rinmasdi. Faqat egarlangan otgina qoziqqa bog‘lokdik turardi, xolos. Nima qilsam ekan? 

Kutishga ahd qildim. Mashinani ko‘rib ko‘chaga chiqar, deb o‘yladim o‘zimcha. Go‘yo bir narsani 

tuzatayotgandek motorni ochib, u yoq-bu yog‘ini qaray boshladim, ammo o‘zim eshikdan ko‘zimni 

uzmasdim. Unchalik uzoq kutmadim: eshik ochilib, ichkaridan Asalning onasi va to‘ladan kelgan, qora 

soqolli, ikki qavat to‘n kiygan chol chiqdi. Qo‘lida ajoyib qamchi. Aftidan, u hozirgina choy ichgan 

bo‘lsa kerak, terlab-pishib, bo‘rsib ketgandi. Ular ot bog‘langan qoziqqa yaqinlashdilar. Asalning onasi 

izzatu ikrom bilan uzangini ushlab turib, cholning egarga chiqib olishiga yordamlashdi. Bilsam u 

sovchini kuzatayotgan ekan. 

— Biz sizdan xursandmiz, quda! — dedi u. — Ammo bizdan ham ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. O‘z 

qizimiz uchun hech narsani ayamaymiz. Xudoga shukur, qo‘limiz quruq emas. 

— E,-e, boyvuchcha, xafa bo‘lmaymiz, — dedi u egarga tuzukroq o‘rnasha turib. — Ollo taolo 

yoshlarga umr bersin. Yaxshilik qilsak begonaga emas, o‘z farzandlarimizga qilamiz. Xudoga shukur, 

birinchi marta qudalashayotganimiz yo‘q. Xo‘p, omon bo‘l, boyvuchcha. Shunday qilib, juma kuniga 

kelishdik-a! 

— Ha, juma kuni kutamiz. Juma — ulug‘ kun. Oq yo‘l sizga. Qudamga salom ayting! 

«Nega ular juma kuni haqida gapirib qolish-di?» — deb o‘yladim men. «Bugun qanaqa kun? 

Chorshanba... Nahotki juma kuni olib ketishsa? Eh, qachongacha eski urf-odatlar biz yoshlarning 

hayotimizni poymol etadi?» 

Chol otini tog‘ tomon yo‘rttirib ketdi. Asalning onasi otliq uzoqlashib ketguncha kutib turdi, 

so‘ngra menga tomon o‘girilib, xo‘mrayib qaradi. 

— Nega bu yerda pashshaxo‘rda bo‘lib qolding, ho takasaltang? — dedi u. — Bu yer senga 

karvonsaroy emas! Tuyog‘ingni shiqillatib qol! Qani jo‘na, eshityapsanmi? Senga aytyapman. 

Demak, allaqachon sezib qolibdi. 

— Mashinam buzilib qoldi! — dedim o‘jarlik bilan po‘ng‘illab va belimgacha kapotning ostiga 

sho‘ng‘ib ketdim. Yo‘q, uni ko‘rmagunimcha hech qayoqqa ketmayman, derdim o‘zimcha. 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish