82
etnos son jihatidan ko‘payib, ko‘pgina viloyatlarda o‘z ustunligiii ta’min-
laydi va ular alohida qang‘ar elati bo‘lib shakllanadi. Ana shu elat birligi
asosida tarkib topgan Qang‘ davlati o‘zbek xalqi tarixida rosa VII asr
yashadi. Qang‘ davlatining yemirilishi bilan (V asr o‘rtalarida) uning
tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi, uning o‘rniga yangi siyosiy
uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi.
Qang‘ davlati va uning xalqi qang‘arlar haqida ma’lumotlar Xitoy
manbalarida, "Avesto"da va ba’zi bir yunon mualliflari asarlarida uchraydi.
Ptolameyning ma’lumotlarida Sirdaryo yaqinida uning o‘rta
qismida
yashovchi qabila "kandar" deb atalgan. Xitoy manbalarida esa "kang‘uy"
(kansuy) deb atalgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan o‘z xotiralarida kanguy-
larning joylashishi, harbiy kuchi, urf-odati, ularga qo‘shni xalqlar haqida
qisqacha ma’lumot bergan.
Qadimgi manbalarda Qang‘ idora qilinganligi, davlat tuzilishi qanday
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetib kelmagan. Ammo faqat bir marta
Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 2-1 asrlarga oid) kanguy podsxosi o‘z
oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi eslatib o‘tiladi.
Osiyocha quldorlik
jamiyati sharoitida tashkil topgan Qang‘ davlatida oliy kengash muhim rol
o‘ynagan. Davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol
qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho
hokimiyati maslahat majlisi bilan hamnafaslikda ish yuritgan. Bu holat harbiy
demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tuzumi edi. Qang‘
davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘lingan. Ularni boshqargan
boshliqlar "jabg‘u" yoki "yobg‘u"lar deb atalgan. Qang‘ xoqonlari mamla-
katni ana shu jobg‘ularga tayanib boshqarar ekan,
ular odatda xoqonlarga
yaqin kishilardan, ularning qavm-qarindoshlaridan yirik urug‘-qabila boshliq-
laridan tayinlangan. Qang‘ davlatiga tobe viloyatlarni boshqarish ishi mahal-
liy hokimlar ko‘lida bo‘lib, ular markaziy hokimlarga boj to‘lab turgan. Ana
shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, So‘g‘d yerlari, Ural tog‘ oldi
rayonlari kirgan. Shunday qilib, Qang‘ davlatining ikkita markazi bo‘lgan.
Ulardan biri Kanka bo‘lib, u Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda
joylashgan. Bu shahar miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan bo‘lib, u
Qang‘ podsholarining qarorgohi bo‘lgan. Aris daryosining quyi oqimida
joylashgan O‘tror esa Qang‘ davlatining xonlarinipg yozgi qarorgohi bo‘lgan.
Qadimgi salnomalarda qang‘arlarga qarashli 5 ta viloyat tilga olingan.
Aslida
mahalliy xalq o‘z yurtlarini hech qachon bunday deb atamagan. Tarixiy joylar
va shaharlar nomlarini Xitoylashtirish xansularga xos ulug‘ Xitoy shovinizm-
ning asosiy maqsadi edi.
Qang‘ davlatining iqtisodiy hayoti haqida to‘xtaladigan bo‘lsak,
avvalo shuni aytish mumkinki, bu davrda iqtisod ancha yuksalgan. Manba-
95
shohligi") deb atalgan. Eron, uning g‘arb va sharqidagi hududlar (Ardasher I
va Shopur I davrida) birlashtirilgan. Sosoniylar davlatida shohlar qohinlarga
tayanib ish ko‘rishgan, yangi otashkada ("olov saroylari") bunyod etilgan.
Ardasher I davrida zardushtiylik davlat dini deb e’lon etilgan. Zardushtiy
ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iqtisodiy ta’sir kuchiga ega bo‘lishgan,
boshqa dinlar ta’qib kilingan. Eron davlati sosoniylar davrida juda yuksalgan.
Yazdigard III davrida (632-651) Sosoniylar davlatini arablar bosib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: