105-bob
Foydalar haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Vake' Savrdan, u Mahfuzdan, u esa, Alqamadan rivoyat
qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishini quyoshda turganini ko'rib: "Soyaga
o't, chunki bu foydali", dedilar". Abu Hurayra: "Soyaning cheti shayton o'tiradigan joy",
deganlar.
Abu Zubayr Jobirdan, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Agar
maktub yozsanglar, uni tuproq-loy bilan berkitinglar, chunki bu hojatga tezroq chiqaradi,
talabni tezroq qondiradi. Baraka tuproqdadir", dedilar. Nofe' Ibn Umardan rivoyat qiladi:
"Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) hojatlari esdan chiqmasligi uchun qo'llariga ip bog'lar
edilar. Bu ip "xaytur ratima" (eslash uchun barmoqqa bog'lanadigan ip) deyilardi.
Abu Najihdan, u Mujohiddan rivoyat qiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishini
eslab, u haqda so'radilar. Shunda bir kishi: "Men yuzini ko'rsam, taniyman", dedi. Nabiy
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |