www.ziyouz.com kutubxonasi
145
o'zi erkakka o'xshagan ayolni, Alloh uni erkak qilib yaratgan holda o'zi ayolga o'xshagan
erni va ko'r kishini yo'ldan adashtirgan kishini", dedilar.
154-bob
Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) vahiyning boshlanishi haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) yoshlari yigirma
beshga etganida, amakilari Abu Tolib: "Ey birodarimning o'g'li, seni o'z molimdan
uylantiray desam, Allohga qasamki, molim ko'p emas. Otangdan ham senga biror narsa
qolgani yo'q, o'zingda Xadicha binti Xuvaylidga beradigan biror narsa bormi? U
(Xadicha) ish haqiga ikki tuya beradi, yana bitta so'rasang shoyad qo'shib bersa", dedi
va Nabiy bilan Hadichaning oldiga keldi. Shunda Xadicha: "Ha, bosh ustiga, ikki tuya
ustiga yana bir tuya qo'shaman", dedilar. Nabiyning (sollalohu alayhi vasallam
Hadichaning Maysara degan g'ulomi bilan Shom tomonga Busro bozoriga bordilar va
ko'p foyda ko'rdilar. Alloh taolo Maysaraning qalbiga Nabiyning (sollallohu alayhi
vasallam) muhabbatini soldi. Ikkalasi Marroz-zahron degan joyga etganlarida, Maysara:
"Ey Muhammad, oldinga o'ting va Xadichaga foydamizni ayting, shoyad u sizga yana bir
tuya qo'shsa", dedi. Rasululloh shunday qildilar, shunda Xadicha onamiz yana bitta
tuyani ko'shdilar. So'ng Maysara Xadichaga Muhammaddan (sollallohu alayhi vasallam)
yo'lda ko'rgan, hisoblab bo'lmaydigan ajoyibotlar, alomatlar va barakalarning xabarini
berdi. Bu Xadichaning qalbida Rasulullohga nisbatan sevgi paydo qildi. Taom tayyorlab,
Quraysh raislarini chaqirdilar va otasidan o'zini Muhammadga (sollallohu alayhi
vasallam) berishini talab qildilar. Otasi g'azablandi, bosh tortdi, shunda Xadicha unga
aroq quydilar, hatto otasi mast bo'lib qoldi. So'ng undan yana talab qildilar, shunda otasi
uni Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) uylantirdi. Chol o'ziga kelganida, kiyimlarida atir
hidini sezdi va Xadicha onamizdan: "Nima bu?" deb so'radi. "Meni Muhammadga
(sollallohu alayhi vasallam) uzatdingiz", dedilar. Otasi: "Qavmning kazo-kazolari senga
sovchi qo'ydi, men bosh tortdim, sen moli bo'lmagan kishiga nikohlandingmi?", dedi.
Hadicha: "U hasabli va nasabli, uning moliga menda hojat yo'q", dedilar. Shunday qilib,
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) unga uylandilar. So'ng qirq yoshga etganlarida havoda
bir narsani ko'rdilar, xuddi u o'zlariga tushib kelayotgandek edi. Qo'rqdilar. So'ng:
"Qo'rqmang, men Jabroilman", degan ovozni eshitdilar. Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam) Xadicha onamiz yonlariga mahzun holda keldilar va: "Bir narsani ko'rib juda
qo'rqdim. U, qo'rqma, men Jabroilman, dedi. Men jinnilikdan qo'rqyapman", dedidar.
Xadicha Varaqa ibn Navfal oldiga keldilar. U amakisini o'g'li, kitob o'qir, ko'p o'qiganidan
ko'r bo'lib qolgan edi. Xadicha: "Ey amakimning o'g'li, erim bir narsani ko'rdi va undan
qo'rqdi, u, men Jabroilman, debdi", deb aytdilar. Shunda Varaqa ibn Navfal:
"Subhonallohil-quddus, Jabroil ulug' Allohning nomusi va payg'ambarlarga Allohning
safiri", dedi. (Nomus – yaxshi xabarning sohibi, josus – yomon xabarning sohibi, safir –
ikki kishining orasini isloh qiladigan elchi). Varaqa: "Agar ering haqiqatda buni ko'rgan
bo'lsa, u nabiydir", dedi. Xadicha Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yonlariga
qaytdilar va uning gapini aytib berdilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni Xadicha onamiz bilan o'tirgan vaqtlarida,
osmon bilan erning orasida bir zotni ko'rdilar va: "Ey Xadicha, men osmon bilan erning
o'rtasida bir zotni ko'ryapman", dedilar. Xadicha: "Menga yaqin keling", dedilar. Nabiy
yaqin kelganlarida boshlarini u zotning qorinlariga qo'ydilar va: "Endi ko'rmayapsizmi?",
deb so'radilar. Rasululloh: "Yo'q, ketdi", dedilar. Shunda: "Xursand bo'ling, u farishta.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |