Mitti mokili to'quv dastgohlarida tanda ipini uzatish va taranglash
Mitti mokili to'quv dastgohlarida (STB, Sulzer) mexanik yoki elektron tanda ipini uzatish va taranglash mexanizmlari o'rnatiladi. Tanda ipi tarangligi to'quv g'altagi diametrini maksimal darajasidan to minimal bo'lguncha bir me'yor- da taminlab beriladi. 6.9-rasmda Sulzer firmasining P7200 rusumli dastgohining tanda rostlagichini chizmasi keltirilgan. Skalo 1 tanda tarngligini avtomatik nazorat qilib turadi.
6.9-rasm. Sulzer P7200 dastgohining elektron tanda rostlagichi 1-skalo; 2-taranglik sensor (sezgir); 3- rostlagich motori;
4-differetsial uzatish qutisi.
Dastgohni ishchi paytida skalo holati taranglik sensori 2 tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi. Skaloni holatini mexanik o'zgarishi datchiklar orqali el- ektron nazorat qilishga o'tkaziladi va nazorat qutisiga uzatiladi. Agar to'qima to'qish jarayonida skalo holati boshlang'ich holatga nisbatan o'zgarsa, elektron nazorat qilish datchiklari orqali tanda rostlagich motorini 3 harakati mos ravishda o'zgartiriladi va kerakli taranglik taxtlanadi. Tanda ipini ishchi tsikldagi uzatish miqdori doimiy bo'ladi. Dastgoh biror sabab bilan ( ip uzilishi, nosozlik va x.k.z) to'xtab, so'ngra yurgizgan paytda to'kimada yurgizish yo'lakchasi (puskovaya po- loska) nuqsoni paydo bo'ladi. Elektron tanda rostlagichlarida bunday nuqsonni oldi olingan bo'lib, avvaldan bunday holatlar boshqarish dasturiga kiritilgan bo'ladi va bunday nuqson bo'lmaydi. Rostlagichda to'quv g'altagiga xarakaat rostlagich mo- torida chervyakli va tishli g'ildirakli uzatmalar orqali uzatiladi. Agar dastgoh ikkita to'quv g'altagi bilan ta'minlangan bo'lsa, u holda differentsial 4 mexanizmi yordamida ikkala to'quv g'altagidagi tanda iplari tarangligi ham bir me'yorda uza- tilib turiladi.
Skalo 1 tanda ipinida yo'naltirish bilan birga tanda ipi tarangligini nazorat qilib turadi. Tanda ipini taxtlash tarangligi prujina 5 yordamida o'rnatilib, u
dastgohning ikki tomonida ham joylashgan bo'ladi.
Og'ir to'qimalar ishlab chiqarishda skalo sistemasiga qo'shimcha yo'naltirgich (truba) 3 o'rnatiladi (6.10-rasm).
6.10-rasm. Qo'shimcha yo'naltirgichli skalo sistemasi 1-skalo; 2-prujina; 3-qo'shimcha yo'naltirgich.
Bunday sistema ayniqsa enli dastgohlarda ko'proq qo'llaniladi. Qo'shimcha yo'naltirgich 3 o'rnatilganda skaloga tushadigan umumiy kuch kamayadi. Bu sistema bilan to'qimada arqoq bo'yicha to'qima zichligi 10 % gacha yuqori bo'lgan to'qima olish imkoniyatini beradi.
Mokisiz STB, Zultser P7100 to'quv dastgohlarida mexanik friktsion tanda rostlagichlari o'rnatilib, bu rostlagichlarda tanda ipi uzunligi ip tarangligiga bog'liq holda uzatiladi. Tanda rostlagichiga harakat dastgohning ko'ndalang vali- dan uzatiladi (6.11-rasm). Taxtlash tarangligi prujina 5 yordamida rostlanadi. Harakat rolik 6 ta'sirida friktsion disk 4 va chervyakli uzatma orqali to'kuv g'alt- agiga uzatiladi. To'quv g'altagini diametri kamaygani sari tanda tarangligi ortib, skalo pastga burilib, richag, tortqi 2 orqali rolikka 6 ta'sir etib, tanda ipi to'kuv g'altagidan bo'shatiladi va taranglik yana me'yorlashadi. Sistema boshlang'ich ho- latga prujina orqali keltiriladi. Agar to'quv dastgohiga ikkita to'quv g'altagi o'r- natilgan bo'lsa, u holda mexanizm qo'shimcha differentsial 3 uzatma bilan ji- hozlanib, ikki g'altakdagi iplar tarangligini farqi rostlanib, me'yorlashtirilib turiladi.
6.11-rasm. STB, Zultser P7100 to'quv dastgohlarini mexanik friktsion tanda rostlagichi
1-skalo; 2-tortqi; 3-differentsial; 4-disk; 5-prujina; 6-rolik.
Zultser P7150 to'quv dastgohini tanda rostlagichi 6.12-rasmda keltirilgan. Skalo 1 avvaldan o'rnatilgan tanda ipi tarangligiga mos ravishda tebranma harakat qiladi va uning harakatini sensor 2 nazorat qilib turadi. Agar skalo harakatda nor- madan og'ish ro'y bersa, ya'ni tanda tarangligi o'zgarsa, sensor 2 servomotorga 3 signal beradi. Servomotor 3 tanda tarangligini o'zgarishiga qarab, to'quv g'altagi aylantiriladi. To'kuv g'altagini har bir ishchi tsikldagi aylanishini dastgohni kompyuterli boshqaruv tizimi xotirasida saqlab, dastgoh to'xtashlaridan keyin ish- ga tushirilganda avvalgi holatda tanda uzatila boshlaydi va buning natijasida "yurgizish yo'lakchasi" nuqsoni paydo bo'lishini oldi olinadi.
6.12-rasm. Zultser P7150 to'quv dastgohini elektron tanda rostlagichi 1-skalo; 2-sensor; 3-servomotor.
Zultser P7150 va P7250 to'quv dastgohlarida og'ir to'qimalar ishlab chiqarishda standart skalo sistemasiga alternativ maxsus skalo sistemasidan foyda- laniladi (6.13-rasm). Taranglik trubasi (skalo) 2 ichiga tortsion val 3 o'rnatilgan bo'lib, uning buralish kuchi tanda tarangligi kuchiga qarshilik ko'rsatishga teng qi- lib rostlanadi. Tanda ipini taxtlash tarangligini o'zgartirish uchun tortsion valni 3 buralish kuchi o'zgartiriladi. Bunday skalo sistemasi ham to'quv g'altagi bilan bog'langan bo'lib, tanda ipi tarangligini me'yorlashtirib turadi.
6.13-rasm. Tortsion valli skalo sistemasi
1-skalo; 2-taranglik trubasi (skalo); 3- tortsion val.
Xozirgi kunda zamonaviy to'quv dastgohlar elektron tanda rostlagichlari bi- lan jihozlanmoqda. 6.14- rasmda elektron tanda rostlagichi chizmasi keltirilgan. To'quv g'altagidan 1 tanda iplari 2 chuvalib chiqib, qo'zg'almas 3va qo'zg'aluvchan skalolardan 4 o'tadi. Ikki elkali richagning 5 bir elkasi qo'zg'aluvchan skalo 4 bi- lan, ikkinchi elkasida esa prujina 6 bilan bog'langan. Richagning 5 gorizontal elkasiga tenzodatchik 7 joylashtirilgan bo'lib, taranglikni o'zgarishi mikroprotses- sorga 8 uzatiladi. Mikroprotsessordagi 8 belgilangan ip tarangligi va tenzo- datchikdan tushgan tarangliklar solishtirilib, keyinchalik o'zgartiruvchi moslamaga 9 yuboriladi. Bu moslama elektr yuritgichning 10 aylanish tezligini ma'lumotlarga mos ravishda o'zgartiradi. To'quv g'altagiga 1 harakat D1 D2 shkivlar, tasma 11 ,Z1 chervyak, Z2 chervyak g'ildiragi va Z3 Z 4 tishli g'ildiraklar orqali uzatiladi. El- ektron tanda rostlagichi yordamida uzatilayotgan tanda ipi uzunligi aniq uzatilib, boshlang'ich taranglik bir me'erda rostlanib turiladi.
6.14 –rasm Elektron tanda rostlagichi
1 - to'quv g'altagi; 2- tanda iplari; 3 - qo'zg'almas skalo; 4- qo'zg'aluvchan
skalo; 5 - ikki elkali richag; 6- prujina; 7- tenzodatchik; 8-mikroprotsessor; 9- o'zgartiuvchi moslama; 10 - elektr yuritgich; 11- tasma.
Do'stlaringiz bilan baham: |