To'qima rostlagichining nosozliklari to'qimada nuqsonlar hosil qiladi. Bu nuqsonlar asosan tishli g'ildiraklarning vtulkasini moylanmaganligi sababli uning o'qini yaxshi aylanmasligi, tishli g'ildiraklarni yaxshi o'rnatilmaganligi hamda ularning orasiga ip va to'qima bo'laklari tushib qolishi natijasida sodir bo'lishi mumkin. Natijada to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi notekis bo'ladi, ya'ni valyan oson aylangan paytida zichlik kamayadi, sekin aylangan paytida esa zichlik ortadi. Bu nuqsonni oldini olish uchun valyan engil aylanishiga erishish lozim. To'qima o'rash valining notekis o'rnatilishi valyan va mato vali o'rtasidagi taranglikni buzilishi natijasida to'qimaning tuzilishi notekis bo'lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |