1-mashq.Savatchada birdan sakkizgacha tartib raqamlari yozilgan 8 ta
kubcha bor. Shu savatdan bitta kubcha olinganligi haqidagi xabar o’zida qancha
axborot saqlaydi?
Yechish: Ma’lumki, agar xabar mavjud aniqmaslikni ikki marta kamaytirsa,
u holda bu xabar o’zida 1 bit axborot saqlaydi. Demak, savatchadan bitta kubcha
olinganligi haqidagi xabar o’z tarkibida 3 bit axborot saqlaydi. Javob: 3 bit.
2-mashq.Maktabda joylashgan kompyuter tarmoq orqali 1 Mbayt axborotni
32 minutda qabul qilib olgan. Ushbu axborotning olinish tezligini aniqlang?
Yechish: Ma’lum bir vaqt birligi orasida jo’natilgan axborot miqdori
ma’lumotlarni uzatish tezligini ifodalaydi. 1 Mbayt = 1024x1024 bayt, bu qiymat
32 ga bo’linsa, 32768 bayt/min ga teng qiymat hosil bo’ladi, bu esa biz izlayotgan
57
axborot tezligidir. Javob: 32768 bayt/min.
Do'stlaringiz bilan baham: |