%
Respublikamiz ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Mamlakatimiz har yili
xom ashyo sotib olish uchun o‘rtacha 1 mlrd. dollar valyuta sarflaydi. Bu
mablag ning 30 mln. dollar miqdori kimyoviy himoya vositalari uchun
sarflanadi. Bu etishmovchilikni qoplash uchun kimyoviy ishlab chiqarish
korxonalari mahsulotlarining eksportini oshirish kerak, hech bo‘lmaganda,
53
Respublikamiz valyuta sarf - xarajatini qoplash darajasiga etkazish lozim.
Buning uchun quyidagi asosiy ishlarni amalga oshirish kerak:
1.
Gaz kondensati va neftkimyo sanoatini rivojlantirishimiz kerak.
Bu bizga zarur bo‘lgan uch narsani ishlab chiqarish uchun imkoniyat yaratib
beradi: a) polietilen, b) polipropilen, v) butadien sintetik kauchugi.
2.
Ammiak ishlab chiqarish texnologik jarayonining bir qismini
metanol ishlab chiqarishga aylantirish.
3. Kimyo va boshka sanoat korxonalariimiz va ilmiy - izlanishlar uchun
zarur bo‘lgan kichik tonnajli organik va anorganik moddalar sintezini joriy
qilish.
4. Kaprolaktam sanoati chiqindilarini nitron tolasiga aylantirish.
5. Oltin ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur bo‘lgan benzoy kislota,
kroton aldegidi, sorbin kislota, sianamid va boshqa qaytaruvchilarni
o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Bu
ishlarni
amalga
oshirish
uchun
Respublikamizdagi
ilmiy
potentsiallarimizdan unumli foydalanishimiz lozim. Kimyo fani vazifalarini
tubdan
yangilash
va
s anoat
ehtiyojlarini
qondiradigan
tomonga
o ‘zgartirishimiz kerak. Ilmiy natijalarni laboratoriya sharoitidan texnologik
jarayonga olib chiqib, yangi yutuqlar tadbigini tezlashtirish lozim.
Kimyo sa noati ko rxo na la rida k o mpyut er te xno lo giyasini jo riy qilish,
zamonaviy kimyo uskunalarini avtomatik boshqarish tizimlarini joriy qilish biz
yuqorida qayd qilgan kamchiliklarimizni bartaraf etishning eng qisqa yo‘li
hisoblanadi. Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi texnik jihozlar shunchalar
takomillashdiki,endi kimyoni sanoatning barcha muammolari hal qilinmoqda.
Xalqaro ekspertlarning ta kidlashicha, texnik o ‘ lchov asboblarini ishlab
chiqarishga joriy qilish uchun asosan 99,9 % gacha yuqori aniqlikda m alum ot
beruvchi yangi texnik vositalar ksrak. O ‘z - o‘zidan tushunarliki, bunday
avtomatlashtirish EHM yordamida amalga oshadi va kompyuter texnologiyasi
barcha
jarayonlarni
avtomatlashtirishning
kalitidir.
Kimyoviy
sanoat
korxonasida EHMni qo‘llashning asosiy yutug'i shundaki,zamonaviy hisoblash
54
texnikasi asosiy jarayonni boshqarishdan tashqari juda ko‘p qo‘shimcha ishlarni
ha m bajaradi:
-
xo m ashyo va mahsulot miqdorini hisoblab borish,
-
buyurtma muddatlarini muvofiqlashtirish,
-
kimyoviy
birikmalar
ishlab
chiqarishni
modellashtirish
va
unnngoptimal variantlarini tanlash,
-
iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlarni rasmiylashtirish.
Albatta, mo‘ljallangan barcha ishlarni amalga oshirish uchun kimyo
sanoati har qancha zamonaviy asbob - uskunalar va jihozlar bilan
ta minlanmasin, Respublikamiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish iqtidorli,
bilimli, zukko yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Demak, bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassis -
kadrlarni yetkazish kun tartibining bosh masalasi hisoblanadi. Muhtaram
Prezidentimiz I. A. Karimo v iborasi bilan aytganda: “ O ‘ tayotgan har bir kun,
tinim bilmas vaqt bizni XXI asrga tobora yaqinlashtirmoqda. SHu munosabat
bilan biz o‘z hayotimizni qanday yo‘llar bilan yaxshilamoqchimiz?. Mustaqillik
yillarida hayotning o‘ zi ko‘ p narsalarga bizning ko‘ zimizni ochib berdi, ko‘p
narsaga o‘rgatdi. Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy Majlisning IX sessiyasida
qabul qilingan Kadrlarni tayyorlash bo‘ yicha milliy dasturning amalga
oshirilishi juda muhim ahamiyatta ega. Yana bir bor ta ’kidlab o‘tishga to ‘ g r i
keladiki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga,
ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas bog’ liqligini biz aniq va ravshan
anglab olishimiz lozim. O ‘zini shu mamlakatning haqiqiy vatanparvari deb
biladigan har bir kishi bu Dasturni amalga oshirishga o‘z mehnatini, o‘z
ulushini qo‘shadi deb ishona man” [ 5 ].
55
3.2.2. O ‘zbekistonda farm atsevtika sanoati rivojlanishida o‘zbek
kimyogarlarining tutgan o‘rni
O ‘ zR FA kimyo - farm atsevtika ilmiy tadqiqot instituti (KFITl) O‘zR
FA Kimyo institutining neft kimyosi va organik kataliz laboratoriyalari negizida
tashkil qilindi, dastlab O‘zR davlat qo‘mitasi qoshidagi kimyo va neft kimyosi
sanoatining “Yoqilg‘idan foydalanish instituti" deb atalgan, 1965 yildan
“PegA3HHnHHe^Tb” degan nom berildi va nihoyat, 1982 yilda O‘zbekiston
kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti sifatida qayta shakllantirildi. Institut
tarkibida 12 ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari hamda tajriba-sinov ishlab
chiqarish maydonchasi mavjud. Institutda 100 dan ortiq xodim mehnat qilmoqda,
bulardan 1 nafar akademik, 5 fan doktori va 20 fan nomzodlaridir. Institutda
yaratilgan ko‘plab dori vositalari va katalizatorlar hozirgi kunda respublika sanoat
korxonalarida ishlab chiqarilmoqda va amaliyotga qo‘llaniladi.
Institutning asosiy ilmiy - tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
tabiiy birikmalar va sintetik moddalar asosida yangi dori vositalarini
olish;
-
respublikada hozirgacha olinmagan ma’lum dori vositalarining ishlab
chiqarilishini yo‘lga qo‘yish;
-
dori vositalari ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan ilmiy-texnik
hujjatlarini (reglament, farmakopeya maqolalari) yaratish hamda ularning tajriba
va tajriba-sanoat namunalarini ishlab chiqarish.
Bundan tashqari institutda respublika neft - kimyo, gaz, oziq - ovqat va
boshqa sanoat korxonalari uchun kerakli bo‘lgan katalizatorlar va katalitik
jarayonlarni ishlab chiqish va sanoatga tadbiq qilish muammolari ustida izlanishlar
olib borilmoqda. 1994 yilda institutga jonkuyar tashkilotchi va 1964-1978 yiIlar
davomida uning birinchi direktori bo‘lgan, kimyo fanlari doktori, akad. A. S.
Sultonov nomi berilgan.
O‘zKFITIning yana bir zahmatkash xodimi akadem ik M uhabbat
Fozilovna Abidova (1931 yil 18 oktyabr, Toshkent sh.) 1954 yilda O‘rta Osiyo
56
politexnika instritutini tugatdi, 1958 yilda nomzodlik, 1974 yilda "Neft kimyosi va
neftekimyo sintezi" mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya
qildi. 1976 yilda professor unvoniga sazovor bo‘ldi, 1984 yilda O‘zR FAning
muxbir a'zosi, 2000 yil may oyida haqiqiy a'zosi etib saylandi. 1965 yildan shu
institutning “Gidrogenlash katalizatorlari va jarayonlari” laboratoriyasi mudiri
lavozimida ishlab kelmoqda. Olima tomonidan alyumo-temir-molibden, alyumo-
kobalt-xrom sistemasidagi katalizatorlar va ularning modifikatsiyalangan turlari
neft qoldiqlarini qayta ishlab yuqori sifatli benzin, dizel va reaktiv yoqilg‘isi
hamda kimyo sanoati uchun mahsulotlar olish imkoniyatini yaratdi. Olimaning neft
mahsulotlarini gidrokrekinglash uchun yaratgan samaradorligi yuqori va ekologik
toza katalizatorlar “Angarsknefteorgsintez” ishlab chiqarish birlashmasida
muvaffaqiyatli qo‘llangan. Uning tomonidan paxta yog‘idan salomas olishda
qo‘llaniladigan yuqori samarali, turg‘un ishlovchi katalizator yaratildi va sanoat
miqyosida sinab ko‘rildi. Olima 480 dan ortiq maqolalar, shu jumladan 136
mualliflik guvohnoma va Respublika patentlari sohibi. 20 fan nomzodining
dissertatsiya ishlariga rahbarlik qildi.
Bugunga kelib butun mehnat faoliyati O‘zKFlTI bilan bog‘langan,
professor X ursand M ansurovich M ahkamov (1943 yil 10sentyabr, Toshkent
sh.) yaxshi tashkilotchi va mohir rahbar sifatida jamoani boshqarib kelmoqda.
1966 yilda Moskva neft kimyo va gaz sanoati institutini tugatgan, 1973 yilda
nomzodlik, 1992 yilda karbonil birikmalar, spirtlar, laktamlar va aminlar asosida
dorivor preparatlar olish sohasidagi ilmiy ishlarini yakunlab doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. 1996-2002 yillar davomida uning tomonidan 200
dan
ortiq
texnologik
reglamentlari
rasmiylashtirildi,
ishlab
chiqarilishi
rejalashtirilgan preparatlar uchun 150 farmakopeya maqolalari tayyorlandi, 150
dan ortiq ilmiy ishlari e'lon qilingan, shulardan 40 tasi mualliflik guvohnomalari va
ixtiro patentlari hisoblanadi. Prof. X.M.Mahkamov rahbarligida 1 doktorlik va 4
nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.
Toshkent farmatsevtika instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
xalq komissariatining 155-son buyrug’i bilan 1937 yil 16 iyulda tashkil qilingan.
57
Bu voqea Farmatsevtika bo’yicha mutaxassislarni nafaqat O’zbekistonda, balki
ba’zi O’rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo’ldi. Oliy Farmatsevtik
ta’lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorash boyisha dastur tayyorlandi. 1937
yildan boshlab direktor vazifasini Ye.U.Shurpe, P.F.Arxangelskiy,A.S.Valinskiy
bajarishgan. 1938 yilda R.A.Nedrit direktor bo’lgan. So’ng 2001 yilgacha rektor
vazifasini K.X.Tagirov, professor D.S.Soxibayev, akademik U.X.To’raqulov,
professorlar
N.R.Raximov,
M.A.Azizov,
X.X.Xolmatov,
I.B.Zokirov,
Ye.R.Toshmuxamedov va akademik S.I.Iskandarov, A.N.Yunusxo’jayevlar bajarib
kelishmoqda. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo’lga kiritgani
Toshkent Farmatsevtika instituti uchun ham tarixiy voqea bo’ldi. Institut
respublikada bosqichma - bosqich o’tkazilayotgan islohotlar bilan hamqadam
bo’lib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq qilish ustida, moddiy -
texnik bazani yangilash hamda o’quv - uslubiy, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni olib
borishda o’quv rejalari, standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda ham tinmay
mehnat qilmoqda. Shu vaqt ichida institutda sanoat farmatsiyasi hamda
farmatsevtlarning malakasini oshirish fakultetlari, kasbiy ta’lim, biotexnologiya,
klinik farmatsiya va kosmetsevtika kabi yangi yo’nalishlar ochildi. O’z faoliyati
davri mobaynida institut farmatsevtik ta’limning yangi konsepsiyasini bosqichma -
bosqich amalga oshirish bilan bir qatorda farmatsiyaning dolzarb muammolari
bo’yicha ham maqsadga yo’naltirilgan tadqiqotlar olib boryapti. Zamonaviy noyob
uskunalar bilan jihozlardan dorivor vazifalarni standartlashtirish ilmiy markaz
tashkil qilingan bo’lib, bu markazning asosiy ish yo’nalishi dorivor vositalarning
sifat nazorati, ularni standartlashtirish, o’ziga xos famakologik xususiyatlarini
o’rganish, klinik davrgacha bo’lgan tadqiqotlarni o’tkazish O’zbekiston hududida
dorivor vositalarni qayd qilish uchun normativ - texnik hujjatlarni ishlab
chiqishdan iborat. Qisqa muddat ichida 10 ga yaqin preparat ishlab chiqarishga
tatbiq etildi. Institut ilmiy - pedagogik kadrlarni aspirantura va doktorantura orqali
muvaffaqiyatli tayyorlamoqda, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya
qilish boyicha ixtisoslashitirilgan kengash tashkil qilingan. 1992 yildan institutda
Respublikamizda farmatsevtika fani va amaliyotining ko’zgusiga aylangan “Kimyo
58
va farmatsiya” jurnali muntazam ravishda nashr qilina boshladi. Institut
Umumjahon sogliqni saqlash tashkilotining Yevrobo‘limi bilan Markaziy Osiyo
davlatlari uchun farmatsevtika ta’limini isloh qilish bo’yicha maxsus loyihada
Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Pokiston, Hindiston, Xitoy oily o‘quv yurtlari va
tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Toshkent farmatsevtika institutidagi ilmiy tadqiqotlar, asosan, mahalliy
tabiiy o’simlik va mineral xom ashyolardan dori olish, samarali texnologiyalar
yaratish, zamonaviy standartlash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, farmatsiya
ishini tashkil etish, doridarmonlar marketingini o’rganish muammosini aniklashga
qaratilgan. Institut tarkibidagi dori vositalarini standartlash ilmiy markazida dori
vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash, farmakotoksikologik izlanish
laboratoriya, shuningdek, tibbiy mahsulotlarni sertifikatsiyalash organi, zamonaviy
taxlil usullari bo’yicha o’quv trening markazi, “Axborotpatent va ilmiy uslubiy
bo’lim” mavjud. Institutda “Koamid”, “Feramid”, “Kobalt 30”, “Kupir”,
“Navbaxtit”, “Tozalangan mumiyo” va boshqa dorilar ixtiro qilinib, amaliyotga
tatbiq etilgan. Institut faoliyati M. A. Azizov, Yo. X. To’raqulov, X. X. Xolmatov,
A. I. Gengrinovich, L. T. Ikromov, M. N. Maxsumov, E. R. Toshmuhamedov, S. I.
Aminov, A. N. Yunusxo’jayev va boshqa olimlar nomi bilan bog’liq. Institutda
ilmiy to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar va “Farmatsevtika” jurnali chop etiladi [31].
3.2.3. O ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishida o‘zbek
kimyogarlarining tutgan o‘rni
Qishloq xo‘jalik sohasi uchun yaratilgan preparatlar:
— yuqori karbonatli Qizilqum fosforitlaridan oddiy superfosfat olishning
samarali texnologiyasi ishlab chiqildi;
— tarkibida fosfor, kalsiy, azot, oltingugurt ushlagan o‘g‘itlar, shuningdek,
maxalliy o‘g‘itni Qizilqum fosforitlarining mineral massasi bilan kompostlangan
organik mineral o‘g‘itlarning yangi murakkab turlari olindi;
59
— Markaziy Qizilqum fosforitlaridan yuqori samarali nitrokalsiyfosfat o‘g‘iti
olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqildi;
— “Xosil” nomli paxta va bug‘doy xosildorligini oshiradigan jadallashtiruvchi
preparat ishlab chiqarildi;
— Qator yangi samarador defoliantlar olishning fizik kimyoviy va texnologik
asoslari ishlab chiqildi;
— yangi, yuqori samarali “Sixat”, “Mezon” va universal kompleks ta’sir etuvchi
defoliantlar: “Najot”, “Sardor”, “Sadaf’, “Super-XMD-j” va “UzDEF” ishlab
chiqarildi.
Yuqori karbonatli Qizilqum fosforitlari asosida afzalligi katta energiya talab
qiluvchi va uzoq davom etadigan bosqichlarning qisqarishini ta’minlovchi oddiy
superfosfat olishning jadallashgan texnologiyasi ishlab chiqildi. Texnologiyaning
keskin soddalanishi, jarayonlarning jadallanishi, issiqlik va energiya sarfini
tejalishi hisobiga oddiy superfosfat tannarxi 25-30 % ga kamayadi. Ushbu
texnologiya 2004 yili Navoiy “Elektrkimyozavod” YOAJ-QK sida muvaffaqiyatli
amaliyotga joriy qilindi. 2004-2014 yillarda korxona 8.9 mlrd.so‘mlik 74.8 ming
tonna oddiy superfosfat ishlab chiqardi, shulardan 1,29 mln. AQSH dollarlik 18,7
ming tonna mahsulot eksport qilindi.
Jahon amaliyotida birinchi marta boyitilmagan Qizilqum fosforitlari asosida
nitrokalsiyfosfat o‘g‘iti (nitrofos) ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va bu
texnologiya “Samarqandkimyo” OAJda muvafaqqiyatli tadbiq etildi hamda 2006
2014 yillar mobaynida 146,7 mlrd. so‘m qiymatga ega bo‘lgan 496,2 ming tonna
nitrofos o‘g‘iti ishlab chiqarildi, 4,263 mln. AQSH dollar qiymatga ega bo‘lgan
29,15 ming tonna o‘g‘it eksport qilindi.
Olmaliq “Ammofos-Maksam” OAJ bilan birgalikda Markaziy Qizilqum
fosforitlari asosida yangi turdagi kompleks o‘g‘itlar: azot - fosfor - oltingugurt
kalsiy tutgan “Suprefos” deb nomlangan va ammoniy sulfatfosfat o‘g‘itlar ishlab
chiqarishning samarador texnologiyalari yaratildi va sanoatga tadbiq etildi. 2006
2014 yillar mobaynida Olmaliq “Ammofos-Maksam” OAJda 2626 ming tonna
Suprefos va 281 ming tonna ammoniysulfatfosfat o‘g‘iti ishlab chiqarildi.
60
Suprefosfot o‘g‘itini ishlab chiqarish natijasida fosfogips chiqindisini hosil bo‘lishi
1552 ming tonnaga kamaydi va 28 mlrd. so‘mdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan 32,1
ming tonna 100%-li R2O5ning chiqindi bilan isrof bo‘lishi bartaraf etildi. Chet elga
53 mln. AQSH dollar qiymatga ega bo‘lgan 405 ming tonna Suprefos va 88,8 ming
tonna ammoniysulfatfosfat eksport qilindi.
“Navoiyazot” OAJi bilan hamkorlikda amaliyotda muhim bo‘lgan termik
barqarorlashgan ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Bunday
turdagi ammiakli selitra ishlab chiqarishning negizi shundan iboratki, tayyor holida
o‘g‘it tarkibida 25,20-30,75% - N va 2-5% - R2O5 bo‘lgunga qadar ammiakli
selitra suyuqlanmasiga yuqori karbonatli Qizilqum fosforiti qo‘shiladi. Ishlab
chiqilgan bu texnologiya 2009 yilda “Navoiyazot” OAJda tadbiq etildi va 2014
yilning oxirigacha 165 mlrd. so‘mlik 300 ming tonna azotfosfor o‘g‘iti (AFO‘)
ishlab chiqarildi. 7,8 mln. AQSH dollari qiymatiga ega bo‘lgan 36 ming tonna
miqdori chet mamlakatlarga eksport qilindi.
“Farg‘onaazot” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda ammoniyli selitra
donalari yuzasini ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi ishtirokida Markaziy
Qizilqum fosforit uni bilan qayta ishlab “SAFU” nomli murakkab azot - fosforli
o‘g‘it ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. 2010-2014 yillarda 49,8
mlrd.so‘mlik 144 ming tonna “SAFU” o‘g‘iti ishlab chiqarildi va respublikaning
fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berildi.
2007 yili “Farg‘onaazot” AJda institutning yetakchi mutaxasislari tomonidan
tavsiya qilingan, mavjud xlorat magniy defoliantidan yumshoqroq ta’sir etuvchi,
samarali va raqobatdosh “Super XMD-s” defolianting
ishlab chiqarilishi
boshlandi. 2007-2014 yillarda 5 mln. gektardan ziyod maydonlarda paxta
defoliatsiyasida muvaffaqiyatli qo‘llangan “Super XMD-s” defolianti 128,8 mlrd.
so‘mlik 40,8 ming tonna ishlab chiqarildi. Har bir gektar paxta maydoniga “Super
XMD-s” defoliantidan 6,5-7,0 l miqdorida ishlatish natijasida hosildorlikni
gektaridan 1,5-2,5 sentnergacha oshishini ta’minlaydi.
61
Yumshoq ta’sir etuvchi samarali “O‘zDef” defolianti yaratildi va
“Farg‘onaazot” AJda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2009-2014 yillarda 27,75
mlrd.so‘mlik 8,5 ming tonna “0 ‘zDef” ’ defolianti ishlab chiqarildi.
Respublikaning qariyb 85% maydondagi paxta dalasi institutda yaratilgan
defoliantlar bilan ishlov berildi.
Institutda sistematik izlanishlar natijasida yuqori samarali o‘simliklarni
o‘stiruvchi va rivojlantiruvchi ko‘p qirrali ta’sirga ega “Xosil” stimulyatori sintez
qilindi. “Xosil” preparati 2007-2014 yillarda institutning tajriba-sanoat dastgohida
2,0 mlrd. so‘mlik 80 tonna miqdorda ishlab chiqarildi. “Xosil” stimulyatorini ko‘p
yillar davomida qo‘llanishi paxta va bug‘doyning hosildorligini eng kamida 3-6
sentnergacha oshganligini ko‘rsatdi.
Institut tomonidan Buxoro NQIZ bilan birgalikda, MDH mamlakatlari ichida
ilk bor, Boing, Aerobus va boshqa havo kemalari uchun mahalliy uglevodorodli
xom ashyolar neft va gaz kondensati asosida yuqori sifatli “Djet A-1” aviatsiya
yonilg‘isini olishning zamonaviy texnologiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy
etildi. Ushbu yonilg‘ining sifat ko‘rsatgichlari halqaro talablarga to‘la javob beradi.
2009-2013 yillar mobaynida zavodda umumiy qiymati 234.1 mlrd.so‘mga teng
bo‘lgan 469.1 ming tonna “Djet A-1” yonilg‘isi ishlab chiqildi, uning qiymati
189.3 mln.AQSH dollariga teng bo‘lgan 186.3 ming tonnasi “O‘zbekiston havo
yo‘llari” MAK tomonidan chet el havo kemalariga sotildi.
2012 yilda Institut texnologik korpusida neft maxsulotlarini sig‘imlarda
saqlashda yengil uglevorodlarni bug‘lanishdan yo‘qotilishini kamaytirish va
to‘satdan sodir bo‘ladigan yong‘inni o‘chirish uchun suzuvchi ponton ishlab
chiqarishi tashkil etildi. Suzuvchi ponton 2 ta vazifani bajaradi: 1) uglevorodlarni
bug‘lanishdan yo‘qotilishini kamaytirish va 2) sig‘im ichida uglevorodlarning
to‘satdan alangalanishidan sodir bo‘ladigan yong‘in o‘chog‘iga ko‘pik sochish
orqali uni o‘chirish. “O‘zbekne^egaz” MXK korxonalarining suzuvchi ponton
ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalari bajarildi. 2010-2014 yillarda Institut 570
mln. so‘mlik 67000 dona suzuvchi pontonlar ishlab chiqardi.
62
Shuningdek, respublikaning yirik kimyo va neft kimyosi korxonalarida
0 ‘zR FAning innovatsiya texnologiyalari asosida 2006-2014 yillarda yangi import
o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (o‘g‘itlar, defoliantlar, stimulyatorlar, yuqori sifatli
aviatsiya yonilg‘isi va boshqalar) 793,0 mlrd.so‘mlik ishlab chiqarishga va 300,5
mln.AQSH dollari miqdorida eksport qilishga sazovor bo‘ldi. [ 5, 15, 17 ]
63
XULOSA
1.
Ilm
-
fanning
rivojlanishida
millatning
ilg‘or
olimlari
hamda
tadqiqotchilarining , shuningdek, iqtidorli shaxslarning ilmiy salohiyati darajasi,
ularning ilm - fan sohasidagi fidoyiligi, jasorati va matonati muhim ahamiyatga ega
bo’lib, O‘zbekiston kimyogar olimlari ham kimyo fani va kimyo sanoati rivojlanishiga
so’zsiz katta hissa qo‘shishgan.
2.
Buning dalili sifatida, Buxoro yaqinidagi Poykent manzilgohidan topilgan
VIII asrga taalluqli kimyo laboratoriyasini misol keltirish mumkin. Taraqqiyotning
turli bosqichlarida yashab o’tgan allomalarimiz: Jobir ibn Hayyom, Abu Bakr ar -
Roziy, Abu Abdulloh al - Xorazmiy, Al - Xaziniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy va boshqalar o‘zlarining ilmiy ishlari va tajribalari bilan o‘sha davrda kimyo
fanining rivojlanishida juda katta hissa qo‘shganlar. Bunga Buxoro yaqinidagi Poykent
manzilgohidan topilgan VIII asrga taalluqli kimyo laboratoriyasini misol keltirish
mumkin.
3.
Buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlari va vorislari sifatida butun jahon
e’tirof etgan o’zbek kimyogar olimlarimizdan akademik H.Usmonov (polimerlar
kimyosi), M.Nabiyev (o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi), Yu.Toshpo‘lotov (tabiiy
polimerlar kimyosi), Sh.Tolipov (noorganik kimyo), S.Yunusov (alkoloidlar kimyosi),
O.Sodiqov (bioorganik kimyo) kimyo sohalariga doir o‘zining ilmiy izlanishlari bilan
O‘zbekistonda kimyo fanining yanada taraqqiy etishida muhim o‘rin tutadi.
4.
O‘zbek kimyogar olimlari nafaqat fanni rivojlantirish, balki sanoatni yangi
va ilg’or texnologiyalar bilan boyitish yuqori malakali muhandislar tayyorlash hamda
oliy malakali ilmiy kadrlar yetishtirib berayotganliklarini ham alohida ta’kidlab o’tish
lozim.
5.
Biz yosh kimyogarlar mana shunday buyuk kimyogar olimlarimiz borligi
bilan nafaqat faxrlanishimiz, balki ularga munosib izdoshlar bo’lib, mustaqil
O’zbekistonimizning yanada rivojlanishida kimyo sohasi bo’yicha o’zimizning bor
bilim va kuch - g’ayratimizni ayamasligimiz lozim.
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O ‘YXATI
1. Kagp^ap Taôëp^am
mh
^
hh
gaerypH TÿFpncnga Ÿ36eKHCToH Pecnyô^HKacn
KoHyHH. TomKeHT, 1997
hhïï
, 29 aBrycT.
2. H.A.KapHMoB “EapKaMo.^ aB^og Ÿ36eKHCToH TapaKKHëTHHHHr nofigeBopn”
TomKeHT, 1998, 636.
3. 2004-2009
HHÆrapga
“MaKTa6
Tat^HMHHH
pHBoKnaHTHpnm
^aB^aT
yMyMMH^^HH
gacTypn
TÿFpHCHga”rH
Ÿ36eKHCToH
Pecny6^HKacn
npe3HgeHTHHHHr ^apMoHH. TomKeHT, 21 MaH, 2004
hhïï
. nO-3431.
4. H.A.KapHMoB “Ÿ36eKHCToH Pecny6^HKacn Ba3Hp^ap Max,KaMacHHHHr 2009
HHÏÏHHHr aCoCHH ^KyH^apH Ba 2010 HH^ga Y36eKHCToHHH HKTHMoHH-HKTHCogHH
pHBo>K^a.HTHp HmHHHr ^H^ Myx,HM ycTyBop HÿHanHmnapnra 6aFHm^aHraH
Ma^^Hcgarn Matpy3acn”. 29 AHBap, 2010
hhïï
. “Xan^ cÿ3H” ra3eTacn, 30 AHBap,
TomKeHT, 2010.
5.
B.Umarov, T.N.Niyazxonov “Kimyo tarixi” Toshkent, “Nazro‘z” 2015.
6.
C.M.Typo6KoHoB, K,.AxMepoB, n.HcMaTymaeB “KHMërap aKageMHKrap”,
TomKeHT, “H^THcog - Mo^na”2006.
7.
Ibrohim Asqarov, Kamoliddin G‘opirov, Shahobiddin Qirg‘izov, “Kimyoviy
bilimlar sarchashmasi” Toshkent, “O‘zbekiston”, 2013.
8.
X.M. fflaxHgoaTOB, X.y. XogKaHH^3oB “OyH^noHantHo - 3aMern,eHHBie
nnpHMHgHHM”, TamKeHT 2010, 314 bet
9.
A.Q.O‘rinovning tahriri ostida “Farg‘ona Davlat Universiteti olimlari”
bibliografik ma’lumotlar. Farg‘ona, 2003 y, 142-b.
10. N.Parpiyev, X.Rahimov, A.Muftaxov “Anorganik kimyo nazariy asoslari”,
“O‘zbekiston”, Toshkent, 2000 yil, 478-b.
11. O‘zbekiston kimyosi tarixidan. Maktabda kimyo jurnali, N° 4. 2009,
Toshkent, 32-b. Milliy ensiklopediya.
12. C.Tema6oeB,
C.Ÿ
pmohob
,
M.Pax,MaToBa,
ffl.A6gy.maeB
“OapFoHa
BogHHCHHHHr KHMë TapHXHra 6np Ha3ap” (AxageMHK O.Cogn^oBra 6aFHm^aHraH
65
HHH-Pecny6^HKa EnoopraHHK KHMë MyaMMo^apnra 6aFHm.raHra K0H$epeH^Hfl
MarepHa^napn). H
hmhh
ax6oporaap N° 2, 2001, HaMaHraH, 2-6.
13. K. Pacy^oB, O. ËÿromeB, E. Kapa6anaeB “YMyMHH Ba ÂHopraHHK KHMë”
TomKeHT, “ŸKHTyBHH”, 1996, 215-6.
14. I. Ismoilov, M. Nishonov “Ustozlar xotirasi abadiydur” (“Kimyo ta’limi
samaradorligini oshirish omillari” mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy
anjumanning materiallari) Farg‘ona, 2011, 281-b.
15.
X. Tolipov, X. Rajapov “Kimyoviy bilimlar genezisida tarix va kelajakning
mushtarakligi”, Uzluksiz ta’lim jurnali, Toshkent, 112b, 45-48-betlar.
16.
Sh. Abdullayev, Q. Karimov, N. Qo‘qonova, “O‘zbekiston kimyogarlari”,
Namangan, 2007, 48 b.
17.
S. Hoshimova “Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy”. Maktabda
kimyo jurnali N° 6, 2009, Toshkent, 32 b.
18.
“O‘zbekistonda kimyo sanoati istiqbollari” “XXI asr texnologiyalari” ilmiy-
texnikaviy jurnal. N° 4(5), 2011 yil, Toshkent, 32-b.
19. M.Yo‘ldasheva “O‘zbekiston oily va o‘rta maxsus ta’lim
tizimining
shakllanishi XX asr, 20 yillar” , “Xalq ta’limi” jurnali, Toshkent N° , 2002, 128-b.
20. K. Pacy^oB, O. ËÿromeB, E. Kapa6anaeB “YMyMHH Ba ÂHopraHHK KHMë”
TomKeHT, “ŸKHTyBHH”, 1996, 215-6.
21. M. Asqarov “O‘zbekiston kimyosining istiqbollari” , Toshkent, “Fan”, 1985,
40-b.
22.
Q. Axmerov “O‘zbekiston kimyogarlari”, Toshkent, “Fan”, 1973, 88-b.
23. Z. Tilyabayev “O‘zbek fanini dunyoga tanitgan olim”,
“XXI asr
texnologiyalari” ilmiy-texnikaviy jurnal, N° 4(5), 2011, 32-b.
24. K. Ahmerov “O‘zbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyati”,
Toshkent,
“Fan”, 1987.
25. I. Asqarov, N. To‘xtaboyev, K. G‘opirov, “7-sinf kimyo darsligi” , Toshkent,
2009, 158-b.
26. X. Omonov “Kimyoviy eksperimentning ta’lim tizimidagi o‘rni”, uzluksiz
ta’lim jurnali, N° 5, 2004, 42-45- betlar.
66
27. ro. ÂMHp^OHOBa “Tat^HM TH3HMHga AHra negarorHK TexHO.rorHÆrapHHHr
caMapagop^nrHHH TatMHH.ram OMHÆrapH”, y3^yKCH3 TatnHM ^ypHann, N° 2,
2002, 112-6.
28.
M. H
utttohqb
, ffl. MaMa^OHOB, B. Xÿ^aeB “KnMë ÿKUTum MeTogHKacH”,
TomKeHT, “ŸKHTyBHH”, 2002, 112-6.
29. E. Qulmatov “Oltiariq olimlari”, Toshkent, 2010 yil, 208-b.
Internet saytlar:
30. http://ziyonet.uz/uz
31. https://ru.wikipedia.org
32. http://tkti.uz/
33. http://uz.ionx.uz/
34. http://uzreport.uz/
35. http://uza.uz/uz/
36. https://daryo.uz/
37. http://kun.uz/uz
67
Do'stlaringiz bilan baham: |