Microsoft Word Batirova Gulnoza 14 betlik titul doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#293887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbek kimyogar olimlari va ularning kimyo sohasida erishgan yutuqlari haqida

Asarlari:

 

“Bno^orHHecKHH  aKTHBHHe  no^HMepHHe  K0M^03H^HH  b



ceMeHOBHgeHHH”  (hamkorlikda),  T.;  1987.  “BogopacTBopHHe  ÔHO^orHnecKH

aKTHBHHe  nO^HMepHHe  CHCTeMH  H  HX  npHMeHeHHe  B  Ce^CKOM  X03flHCTBe”  ,

T.2003.

2.3.  O ‘zbekistonda nano kimyo yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar

Keyingi  o‘n yillikda jahon jamoatchiligi  lug‘at boyligiga  «nano»  so‘zi kirib 

keldi.  Xo‘sh,  «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir.

Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud

mikrotexnologiya  asosida  bu  o‘lchamlarni  nanometrdagi  texnologiya  deb 

yuritish  mumkin.  Shuning  uchun  mikrodan  nanoga  o‘tish  bu  moddani 

boshqarishdan  atomni  boshqarishga  o‘tish  demakdir.  Sohaning  rivoji  deganda  esa 

asosan uchta yo‘nalish tushuniladi:

-  o‘lchami  atom  va  molekulalar  o‘lchamlari  bilan  solishtirarli  elektron 

sxemalarni tayyorlash;

-  nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish;

-  alohida  atom  va  molekulalarni  boshqarish  va  ulardan  alohida 

mikroob'ektlarni yig‘ish.

Bu  yo‘nalishdagi  izlanishlar  ancha  vaqtdan  buyon  olib  borilmoqda.  1981 

yilda  tunnelli  mikroskop  yaratilib,  alohida  at.om1a.rni  ko‘rish  mumkin  bo‘ldi. 

Shundan  buyon  texnologiya  sezilarli  takomillashtirildi.  Bugun  bu  yutuqlarni 

kundalik  hayotda  ishlatamiz:  lazerli  disklarni  ishlab  chiqarish,  jumladan,  DVD 

disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas.

Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik.



20


1959  yilda  Nobel  mukofoti  sohibi  Richard  Feynman  kelajakda  alohida 

atomlarni  boshqarib,  odam  har  qanday  moddani  sintez  qilishi  mumkinligini 

bashorat qildi.

1981 


yilda Binig  va Rorer tomonidan  moddalardan  atomlar  darajasida  ta'sir 

qila oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi.

1982-1985 yillarda sistemalarda atomar aniqlikka erishildi.

1986  yilda atom quvvatli mikroskop yaratilib,  u tunnel mikroskopidan farqli 

ravishda  har  qanday,  masalan,  tok  o‘tkazmaydigan  material  bilan  ham  ta'sirlasha 

oladi.


1990 yilda alohida atomlarni boshqarishga erishildi.

1994 yilda sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi.

Nanorobotlar 

davri 


boshlanyaptimi? 

Ko‘pgina 

mutaxassislar 

mikrotexnologiya  tarixi  Richard  Feynmanning  1959  yili  Amerika  fiziklar 

jamiyatida  o‘qigan  mashhur  ma'ruzasidan  so‘ng  boshlangan  degan  fikrda.  U 

mikrotexnologiya  potentsialini  boy  bo‘yoqlarda  tasavvur  etadi.  Ma'ruzalarida 

kompyuterlar,  axborotni  saqlash  qurilmalari,  elektron  qismlar  va  robotlar  mitti 

holatda  tasvirlangan  edi.  Feynmanning  mikroelektronika  borasidagi  bashoratlari 

tez  (aniqrog‘i,  1960-1970  yillarga  keliboq)  amalga  oshdi.  1980  yilda  esa  etakchi 

universitetlar  va  davlat  laboratoriyalarida  nisbatan  arzon  usullarda  mitti  mexanik 

detallar  yaratila  boshlandi.  Buning  uchun  mikroelektromexanik  sistemalar 

(MEMS) texnologiyasi ishlab chiqildi.

Amalda MEMSning  ilk  tijorat  mahsuloti  paydo  bo‘lishi  uchun  30  yil  kerak 

bo‘ldi.  Keng tarqalgan dastlabki MEMS texnologiyalari tezlanish sensorlari xorijda 

har  bir  avtomobilga  o‘rnatilib,  to‘qnashuvni  payqash  va  havo  yostiqchasini  ishga 

tushirish  uchun  ishlatilardi.  Hozir  yiliga  50  millionta  bu  kabi  sensorlar  ishlab 

chiqariladi.  Shuningdek,  “Sandiya”  firmasi  ham  samarali  mikroskopik  sensorlar 

yarata boshladi.  1990  yili  yaratilgan  avtonom robot MARV  1  kub  dyuym  hajmda 

bo‘lgan,  2000 yilga kelib esa uning o‘lchamlarini 4 marta kichiklashtirishga imkon 

tug‘ildi.  Bu kabi robotlar kompyuter orqali boshqariladi, bajaradigan vazifalari  esa 

turli-tuman.  Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ularning asosiy vazifalari bomba va

21



minalarni, xavfli biologik, kimyoviy va radioaktiv moddalarni qidirib topish hamda 

zararsizlantirishdan  iborat.  Shu  bilan  birga,  robotlardan  inson  faoliyatini  nazorat 

qilish, razvedkada va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.  [ 30 ]

Bugungi  nanotexnologiya  istiqbollarining  quyidagi  ustuvor  rivojlanish 

yo‘nalishlari mavjud:

1.  Tibbiyot.  Odamning  tanasida  paydo  bo‘ladigan  barcha  kasalliklarning 

oldini  oluvchi yoki  davolovchi  molekulyar nanorobotlarni yaratish.  Amalga oshish 

muddati - XXI asrning birinchi yarmi.

2.  Gerontologiya.  Insonlarning  jismoniy  boqiyligiga,  odam  tanasidagi 

hujayralar  qirilishining  oldini  oluvchi,  odam  organizmi  to‘qimalarining  ishlashini 

yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga erishish.  Amalga 

oshish muddati - XXI asrning to‘rtinchi choragi.

3.  Sanoat.  Iste'mol  mollarini  ishlab  chiqarishda  an'anaviy  usullardan 

foydalanishdan  bevosita  atom  va  molekulalardan  yig‘ishga  o‘tish.  Amalga  oshish 

muddati - XXI asrning boshi.

4.  Qishloq  xo‘jaligi.  Oziq -  ovqatni tabiiy ishlab  chiqaruvchilarni  (masalan, 

o‘simliklar 

va 


hayvonlar) 

molekulyar 

robotlardan 

tuzilgan 

funktsional 

o‘xshashlariga  almashtirish.  Ular  tirik  organizmda  sodir  bo‘ladigan  kimyoviy 

jarayonlarni  qisqaroq  va  samaraliroq  yo‘l  bilan  amalga  oshirishadi.  Masalan, 

“tuproq - is gazi -  fotosintez - o‘t - sigir -  sut” zanjiridan barcha ortiqcha bo‘limlar 

olib  tashlanadi.  Faqat  “tuproq  -  is  gazi  -  sut  (qatiq,  yog‘,  go‘sht)”  qoladi.  Bunday 

“qishloq  xo‘jaligi”  samaradorligi  ob-havo  va  og‘ir  mehnat  sharoitiga  bog‘liq 

bo‘lmaydi.  Uning  ishlab  chiqarish  hajmi  oziq-ovqat  muammosini  birato‘la  hal 

qiladi. Amalga oshish muddati - XXI asrning ikkinchi - to‘rtinchi choraklari.

5.  Biologiya.  Tirik  organizmga  atomlar  darajasidagi  nanoelementlarni 

kiritish mumkin bo‘ladi.  Buning oqibatlari turlicha bo‘lib,  yo‘qolib ketgan turlarni 

tiklashdan  tortib,  yangi  turdagi  jonzotlar  biorobotlarini  yaratishga  olib  kelishi 

mumkin.  Amalga oshish muddati - XXI asr.

6.  Ekologiya.  Inson  faoliyatining  atrof  -  muhitga  ta'sirini  to‘liq  bartaraf 

qilish.  Bunga,  birinchidan,  ekosferani  inson  faoliyati  chiqindilarini  boshlang‘ich



22


xom  -  ashyoga  aylantiruvchi  molekulyar  robot  -  sanitarlar  bilan  to‘ldirish, 

ikkinchidan  esa  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligini  chiqindisiz  nanotexnologik  usulga 

o‘tkazish bilan amalga oshirish mumkin.  Amalga oshish muddati - XXI asr.

7.  Koinotni  o‘zlashtirish.  Koinot  “odatiy”  yo‘l  bilan  emas,  balki 

nanorobotlar  orqali  o‘zlashtiriladi.  Robot  -  molekulalarning  ulkan  armiyasi  Yer 

atrofidagi  fazoga  chiqariladi va uni  inson yashashi  uchun yaroqli  holatga keltiradi. 

Oy,  asteroidlar  va  yaqin  planetalarda  inson  yashashi  uchun  kosmik  stantsiyalar 

qurish. Bu hozirda mavjud bo‘lgan usullardan arzon va xavfsiz bo‘ladi.

8.  Kibernetika.  Hozirda  mavjud bo‘lgan  planar  strukturalardan  o‘lchamlari 

molekular  o‘lchamiga  teng  bo‘lgan  hajmiy  mikrosxemalariga  o‘tish  sodir  bo‘ladi. 

Kompyuterlarning  ishchi  chastotasi  teragerts  qiymatga  etadi.  Neyronga  o‘xshash 

elementlardan  tuzilgan  sxemalar  paydo  bo‘ladi.  Oqsil  molekulalaridan  tuzilgan 

xotira  hajmi  terabaytlarda  o‘lchanadigan,  saqlash  davri  uzoq  bo‘lgan  xotira 

elementlari  paydo  bo‘ladi.  Inson  aqlini  kompyuterga  “ko‘chirish”  mumkin  bo‘lib 

qoladi. Amalga oshish muddati - XXI asrning ikkinchi choragi.

9.  Aqlli  yashash  muhiti.  Barcha  tashkiliy  qismlarga  mantiq  elementlarini 

kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit “aqlli” va inson yashashi  uchun to‘la 

qulay bo‘lib qoladi.  Amalga oshish muddati - XXI asrdan keyin.

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  olimlarimiz  tomonidan  bir  qancha  amaliy 

takliflar  kiritilmoqda.  Masalan,  M.  Toirovning  davlatimizda  “Nanotexnologiya” 

jurnalini  tashkil  etish  taklifini  qo‘llab  -  quvvatlash  lozim.  Mamlakatimizning 

barcha  tabiiy  -  ilmiy  va  oliy  texnika  o‘quv  yurtlarida  kvant  mexanikasi  o‘quv 

predmetini  davlat ta'lim  standartiga kiritish ham  foydadan xoli  emas.  Shuningdek, 

oliy 


o‘quv  yurtlarining  fizika, 

fizika  -  texnika, 

kimyo 

fakultetlarida 



“nanotexnologiya”  va  “nanomateriallar”  ta'limining  keng  yo‘lga  qo‘yilishi,  bu 

yo‘nalishlar  bo‘yicha  bakalavr  va  magistratura  ta'lim  bosqichlarining  hamda 

nanotexnologiya  kafedralarining  tashkil  etilishi  yurtimizda  mazkur  sohaning 

istiqbolini belgilab beruvchi omillardan bo‘lishi,  shubhasiz.  [ 30, 35 ]

Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  nano  kimyo  sohasining  rivojlanib  borishi 

natijasida ushbu sohada  bir qancha yutuqlarga erishilmoqda.



23


Quyosh  batareyasi  —  yarimo‘tkazgichli  fotoelementlarga  asoslangan  tok 

manbai;  quyosh  radiatsiyasi  energiyasini  bevosita  elektr  energiyasiga  aylantiradi. 

Quyosh batareyasi  elementlarining  ishlashi  ichki  fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 

Dastlabki quyosh elementini  1953-1954 yillarda AQSH olimlari G.Pirson, K.Fuller 

va D.Chapinlar ishlab chiqishgan.

Quyosh  batareyasining  quvvati  yarimo‘tkazgich  materialiga,  quyosh 

elementining  konstruktiv  xususiyatiga  va  batareyadagi  elementlar  soniga  bog‘liq. 

Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy  Si,  galliy  Ga,  mishyak As,  kadmiy  Cd, 

oltingugurt  S,  surma  Sb,  tellur  Te  asosidagi  materiallardan  foydalaniladi.  Quyosh 

batareyasi  odatda  usti  yaltiroq  qoplamali  yassi  panel  ko‘rinishidagi  quyosh 

elementlaridan tayyorlanadi.  Batareyadagi  quyosh elementlari  soni bir necha ming 

donagacha,  panelining  sathi  o‘nlab  m  ,  tok  kuchi  yuzlab  a,  kuchlanishi  o’nlab  V, 

generator quvvati bir necha o‘n kVt gacha boradi.

Quyosh  batareyalari,  asosan,  kosmonavtika,  Yer  sun’iy  yo’ldoshlari 

apparatlarini  elektr energiyasi bilan ta‘minlashda foydalaniladi.  Yerda esa Quyosh 

batareyasi  ko’chma  avtomat  radiostansiyalari  va  radiopriyomniklarda  tok  manbai 

sifatida  ishlatiladi.  O’zbekistonda  quyosh  energiyasidan  foydalanish  masalalari 

bilan O’zbekiston FA Fizika - texnika institutipya.  shug’ullaniladi.

Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi 

jamoasi 


o‘tgan  yili 

O‘zbekiston 

“Adolat” 

SDP 


siyosiy  kengashi 

va 


“O‘zbekenergo”  davlat  -  aksionerlik  kompaniyasi  birgalikda  o‘tkazgan  “Muqobil 

energiyaning  eng  faol  targ‘ibotchisi”  respublika  ko‘rik  tanlovida  muvaffaqiyatli 

qatnashdilar  hamda  faxrli  ikkinchi  o‘rinni  egallab,  quyosh  batareyasi  uskunalari 

bilan taqdirlandilar.

Yaqinda  esa ushbu  quyosh batareyalarining taqdimot  marosimi  bo‘lib  o‘tdi. 

U  Navro‘z  ayyomi  tantanalariga  ulanib  ketdi.  Jamoa  a’zolari  va  mehmonlarga 

bahoriy ne’matlar,  shu jumladan,  sumalak tortiq etildi.  San’atkorlar ijrosidagi kuy - 

qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi.

Quyosh batareyalari tantanali vaziyatda ishga tushirildi.  Bu uskuna “Dashan

- Nurjahon” Xitoy -  O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab  chiqarilgan.



24


Uskuna ming vatt quvvatga ega bo‘lib, yoritish chiroqlari bilan birga qator tibbiyot 

jihozlarini ham elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi.

— 

Quyosh  panellari  elektr  quvvati  ta’minotidagi  uzilishlarni  bartaraf etish 



bilan  birga  anchagina  mablag‘ni  tejab  qolish  imkonini  ham  beradi,  —  deydi 

“Dashan  -  Nurjahon”  QK  vakili  Ayubxon  Isoqov.  —  Uskunalar  havo  ellik 

darajagacha  isib,  yigirma  darajagacha  sovuganda  ham  ishlayveradi.  Chunki 

panellar  o‘ta  chidamli  materiallardan  tayyorlangan  va  o‘n  besh  yil  benuqson 

ishlashiga  kafolat  bor.  Faqat  akkumulyator  batareyalari  har  ikki  yilda  almashtirib 

turilsa kifoya  [ 31  ].

O ‘zbekistonda  mobil  uskunalar  uchun  ixcham  quyosh  batareyalari 

yaratilm oqda.  O‘zbekistonda  mobil  telefonlar,  noutbuk  va  planshetlarni 

quvvatlantirishga  mo‘ljallangan  kam  quvvatli  ixcham  quyosh  fotoelektrik 

qurilmalari borasida ishlanmalar olib borilmoqda.  “ Pravda Vastoka ” gazetasining 

yozishicha, 

qurilmalarning 

birinchi 

partiyalari 

tayyor 

bo‘lib, 


sinovdan 

o‘tkazilmoqda.

Ekspertlarning 

baholashicha, 

O‘zbekistonda 

quyosh 


energiyasining 

salohiyati  neft  ekvivalentida  51  mlrd  tonnaga  tengdir.  Buning  hisobidan  elektr 

quvvatini  uning  yillik  iste'molidan  40  barobar  ko‘proq  miqdorda  ishlab  chiqarish 

mumkin  bo‘ladi.  Bu  boradagi  ishlanmalar  bilan  Fanlar  Akademiyasi  qoshidagi 

“Fizika - Quyosh” notijorat tashkiloti shug‘ullanib kelmoqda.  [ 36, 37 ]

O ‘zbekistonda 

yiliga 

megavattlik 



quyosh 

panellari 

ishlab 

chiqarilmoqda.  Toshkentda  joylashgan  Solar  Energy  Products  mas’uliyati 

cheklangan  jamiyatiga  bir  yilda  4  megavattlik  quyosh  panellari  ishlab  chiqarish 

quvvatiga ega zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgan.

U  yerda  ayni  paytda  quyosh  energiyasi  yordamida  ishlaydigan  o‘n  turdan 

ziyod mahsulot ishlab chiqarilmoqda.  Ko‘cha va obyektlarni yoritadigan fotoelektr 

tizimlar,  100  metrgacha  chuqurlikdagi  quduqlardan  suv  tortish,  elektr  va  issiqlik 

energiyasi  ishlab  chiqaruvchi  qurilmalar,  favqulodda  holatlarda  elektr  energiyasi 

bilan  ta’minlovchi  ko‘pfunksiyali  mobil  tizimlar,  quvvati  2-50  vattli  texnik 

vositalarni zaryadlash moslamalari shular jumlasidandir.



25


Solar  Energy  Products  direktori  Ibrohim  G‘ulomov  so‘zlariga  ko‘ra, 

korxona mahsulotlari  esa  20  darajagacha  sovuq  va  80  darajagacha  issiqda  ham 

muntazam  ishlashi  mumkin.  Mahsulotlarga  20  yilgacha  kafolat  beriladi.  Bu  davr 

ichida ularga bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.

Korxona  bosh  muhandisi  Elmurod  Abdullayev  joriy  yilda  ilk  davlat 

buyurtmasini  bajarganini,  ular ishlab  chiqargan  quyosh  panellari  Namangan 

tumanida  namunaviy  loyihalar  asosida  barpo  etilgan  uy  -  joylarga  o‘rnatilganini 

ma’lum qildi.  Qurilma kuniga  1,7 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Solar  Energy  Products  mahsulotlari  ham  markaziy  energiya  ta’minotidan 

uzoqda joylashgan  qishloq  vrachlik  punktlari,  fermer  xo‘jaliklari,  maishiy  xizmat 

sub’ektlari  va  xonadonlarda  keng  foydalanilmoqda,  deyiladi  xabarda.  2013  yilda 

Farg‘ona  vodiysi  va  Qashqadaryo  viloyatidagi  qator  fermer  xo‘jaliklariga 

yetkazilgan mujassamlashgan fotoelektrik  qurilma  soatiga bir yo‘la  170  vatt  elektr 

energiyasi va 60  darajagacha issiqlikdagi 20 litr suv olish imkonini beradi  [ 36 ].

2.4. 

O ‘zbekistonda eng rivojlangan kimyo yo‘nalishlari haqida



O‘zbekistonda  eng  rivojlangan  kimyo  yo‘nalishlariga  misol  qilib,  organik 

kimyo,  tabiiy  va  sintetik  polimerlar  kimyosi,  bioorganik  kimyo  va  boshqa 

sohalarni keltirish mumkin.

Organik  kimyo  sohadasigi  dastlabki  ishlar  O‘zMU  va  kimyo  fakulteti 

tashkilotchilaridan  biri  professor  S.N.  Naumov  (1874-1933  yy.)  rahbarligida 

boshlangan.  Olim  shogirdlari  bilan  (O‘zbekiston  mineral  boyliklarini,  toshko‘mir, 

oltingugurt,  neft  na’munalari  tarkibini  tadqiq  etgan.  S.N.  Naumovning  asosiy 

tadqiqotlari:  1903  yilda olti a’zoli halqali orfo - diketonlar sintezining yangi usulini 

kashf  qilgan;  1921-1933  yillarda  O‘rta  Osiyoda  kimyo  talimini  rivojlantirish 

bo‘yicha faoliyat ko4rsatgan tashkilotchi - olimlardir.

Akademik  Isaak  Platonovich  Sukervanik  (1901-1968  yy.)  Respublikada 

organik  kimyo  fani  va  ta’limi  asoschilaridan  biri,  1933-1968  yillar  davomida 

O‘zMU  organik kimyo  kafedrasi  mudiri,  ko‘plab  taniqli  kimyogarlar ustozi,  1943

26



yilda O‘zR FA muxbir a’zosi,  1966 yildan akademik.  Ilmiy yo‘nalishlari;  aromatik 

uglevodorodlarni katalitik alkillash va atsillash reaksiyalari,  organik birikmalaming 

karboniilanish  reaksiyalari  asosida  turli  gerbitsidlar,  defoliantlar  va  o‘simliklarni 

himoya  qilish vositalarini  olish,  paxta zararkunandalariga  qarshi  preparatlar  sintez 

qilish.

Akademik O.S.  Sodiqov O‘zbekistonda kimyo  fanining rivojlanishiga katta 

hissa qo‘shgan olimlardan biri bo‘lib,  u bioorganik kimyo  va fiziologik tabiiy faol 

birikmalar sohasida keng qamrovli faoliyat olib borgan.

O.S.  Sodiqov  o‘zbek  organik  kimyogari,  akademik  (1947)  va  O‘zR  FA 

prezidenti  (1966-1984).  O‘rta  Osiyoning yovvoyi  o‘simliklari  va texnik  o‘simlik  - 

g‘o‘za  tarkibidagi  birikmalar  sohasida  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan.  Uning 

rahbarligida  tabiiy  birikmalar  va  bioorganik  kimyo  sohasida  spektroskopiya  va 

radiospektroskopiya  usullari,  kvant  kimyosi,  konformatsion  analiz,  nozik  organik 

sintez,  kimyoviy  struktura  va  xossalarni  matematik  modellashtirish  keng  Obid 

rivojlandi. Natijada g‘o‘zaning generativ va vegetativ Sodiqovich organlaridan  100 

dan  ortiq  individual  birikmalar  Sodiqov  ajratildi.  G‘o‘zaning  maxsus  pigmenti 

gossipol va (1913-1987)  uning 200  dan ortiq hosilalari  konformatsiyasi,  kimyoviy 

o‘zgarishlari  o‘rganilib,  virusga  qarshi  (3%li  gossipol  linimenti,  3%li  megosin 

mazi),  immunosupressor  (batriden  tabletkalari)  dori  vositalari  yaratildl  Fungitsid 

va o‘sishni boshqaruvchi preparatlar qishloq xo‘jaligiga tadbiq etildi  [ 8 ].

O ‘zR  FA  akademigi  Hamdam  Usmonovich  Usmonov  (1916-1994  yy.)ning 

ilmiy  ishlari  Respublikada  tabiiy  polim erlar  kimyosi  yo‘nalishining  shakllanishi 

va rivojiga asos bo‘ldi.  1937  yilda O‘rta Osiyo  davlat universitetini tugatib,  kimyo 

kafedrasi  assistenti  bo‘lib  ish  boshladi  va  1941  yilda  nomzodlik  dissertatsiyasini 

himoya  qildi.  1941-1946  yillarda  II jahon urushi  qatnashchisi.  1948-1950  yillarda 

L.Y.  Karpov nomidagi  fizik-kimyo  institutida  akademik  V.A.  Kargin rahbarligida 

tabiiy  selluloza  va  uning  birikmalari  xossalarini  o‘rganish  bo‘yicha  ilmiy  ishlari 

1954  yilda  doktorlik  dissertatsiyasi  himoyasi  bilan yakunlandi.  Yosh  olim  -  paxta 

va  yog‘och  sellyulozasi  strukturasi  nazariyasining  asoschilaridan  biri,  uning 

bevosita  ishtirokida  paxta  sellyulozasini  modifikatsiyalashning  yangi  usullari



27


ishlab  chiqildi  hamda  xossalari  yaxshilangan  polimerlar  yaratildi.  Olim 

rahbarligida  1950  yilda  tabiiy  polimerlar  laboratoriyasi  tashkil  etildi,  1952-1956 

yillarda  olim  O‘zR  FA  Kimyo  instituti  direktori  lavozimida  ishladi.  Uning 

rahbarligida  1956  yilda  O‘simlik  moddalar  va  paxta  kimyosi  institutini  tashkil 

etildi  va  1959  yildan  O‘zR  FA  Polimerlar  kimyosi  instituti,  1963  yildan  Paxta 

sellyulozasining  kimyosi  va  texnologiyasi  instituti  deb  atalgan  ilm  markazlariga

1982  yilgacha  rahbarlik  qildi.  Bu  ilm  maskanlarida  paxta  lintidan  turli  sellyuloza 

birikmalari olish texnologiyalari yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.  Ustoz 

rahbarligida  11  doktorlik  va  150  dan  ortiq  nomzodlik  dissertatsiyalari 

muvaffaqiyatli himoya qilingan va o‘nlab  kashfiyotlarga mualliflik  guvohnomalari 

olingan  [ 5 ].

Sintetik polimerlar kimyosi  rivoji.  Respublikada  sintetik  polimerlar  kimyosi 

yo‘nalishining rivojida akademik Mirhoji Asqarovich Asqarov (1931  yil, Toshkent

sh.)ning  1954-1957  yillarda  D.I.  Mendeleyev  nomidagi  MKTI  (hozirgi  RKTU) 

polimerlar  kafedrasida  poliamidlar  sintezi  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlari  va  “Akril, 

metakril  va  itakon  kislotalari  efirlari  sopolimerlarning  sintezi  va  ular  xossalarini 

tekshirish”  mavzusidagi  doktorlik  dissertatsiyasi  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 

M.A.  Asqarov  o‘z  shogirdlari  (90  dan  ortiq  fan  nomzodlari  va  20  fan  doktorlari) 

bilan  50  dan  ortiq  yangi  monomerlarning  polimerlanish  reaksiyasi  kinetikasi  va 

mexanizmini o‘rgangan,  500 dan ortiq ilmiy maqolalar,  12 ta ilmiy monografiya va

2  darslik chop  etgan,  115  ta ixtirolarga mualliflik guvohnomalari  olgan.  Ustozning 

“Sintetik  polimerlar  kimyosi”  va  “Polimerlar  fizikasi  va  kimyosi”  kitoblari 

polimerlar kimyosi bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorlashga xizmat qilmoqda 

[ 5 ].


Bioorganik  kimyo  instituti  1977  yilda  ToshDU  “Tabiiy  birikmalari 

kimyosi”  ilmiy  -  tadqiqotlar  laboratoriyasida  va  Paxta  sellulozasi  kimyosi  va 

texnologiyasi  ilmiy  -  tadqiqot  institutining  paxta  -  g‘o‘za  kimyosi  laboratoriyasi 

negizida  akademik  O.S.Sodiqov  rahbarligida  tashkil  etildi  va  bugungi  kunda 

Markaziy  Osiyoda  bioorganik  kimyo  sohasida  tadqiqotlar  olib  boruvchi  yagona 

ilmiy  markazdir.  Hozirda institutning 20  ta laboratoriyasida 75  nafar ilmiy xodim,



28


3  nafar  O‘zR  FA  akademigi,  19  fan  doktori  va  35  nafar  fan  nomzodlari  ilmiy 

izlanishlar olib bormoqda.  Institutning asosiy ilmiy - tadqiqot yo‘nalishlari:

Qoraqurt,  chayon  va  ilonlar  zahari  asosida  vaksinatsiya  uchun  zardoblar  va 



farmasevtik preparatlar yaratish:

Hayvonlar organizmidan muhim gormon va fermentlar ajratib olish:



G‘o‘zapoya  tarkibini  kimyoviy  jihatdan  atroflicha  o‘rganish  gossypol 

asosida vilt kasalligiga qarshi dorivor preparatlar yaratish:

Markaziy  Osiyo  o‘simliklarini  kimyoviy  tarkibini  va  oziq-ovqat  sanoatida 



qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish:

O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligi  o‘simliklariga  zarar  keltiruvchi  hashorotlarni 



o‘rganish va ulardan himoyalash usullarini ishlab chiqish.

Institut  olimlari  birinchi  bo‘lib,  o‘simliklar  va  bioregulyator  xossasiga  ega 

bo‘lgan  moddalarning  o‘zaro  ta’sir  mexanizmini  aniqladi.  Paxta,  geran,  sumax, 

anor  va  boshqa  o‘simliklar  tarkibidan  120  ziyod  biologik  faol  moddalarni  ajratib 

olish va ularning farmokologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida turli viruslarga, 

o‘simta  kasalliklariga,  immunitetni  va  qon  xususiyatlarini  o‘zgartiruvchi  tibbiy 

preparatlar olish imkoniyatlarni yaratildi.  Ushbu tadqiqotlar natijasida 30  dan ortiq 

preparatlar  sanoat  miqyosida  chiqarishga  joriy  etilmoqda:  “Megosin”  malhami  - 

antigerpetik vosita.

Jahon talablari darajasida ekologik toza va xavfli paxta yog‘i va ozuqa - yem 

olish  imkonini  beruvchi  texnologiya  Respublikamizdagi  barcha  yog‘-moy 

ekstraksiya  zavodlariga joriy  qilindi.  Institut  olimlari  15  ta  monografiya  va  3300 

dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan,  o‘z ixtirolariga  100  dan ortiq patent olishgan va 

hozirda  Angliya,  Rossiya,  AQSH,  Germaniyaning  yetakchi  ilmiy  muassasalari 

xalqaro  USD,  ARS,  INTAS,  SPDF,  SCOPES,  STCU  ilmiy  dasturlar  doirasida 

hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda  [ 5 ].



29


III 

BOB.  BUYUK O ‘ZBEK KIMYOGAR OLIM LARI VA ULARNING 

KIMYO SANOAT VA BOSHQA SOHALARDA ERISHGAN YUTUQLARI

3.1.  Butun jahon e’tirof etgan o‘zbek kimyogar olimlari va ularning 

kimyo sohasida erishgan yutuqlari.

O‘zbekistonda  kimyo  fani,  o‘zbek  kimyogar  olimlari  va  ularning  kimyo 

sohasida  erishgan  yutuqlari  to‘g’risida  gap  borar  ekan,  O‘rta  Osiyoda  ilmning  ilk 

markazi  bo‘lgan  Toshkent  Davlat  Universitetining  kimyo  faku1tet.ini  tilga  olish 

kerak.  Universitet  tashkil  etilgan  kundan  boshlab  jasorat  ko‘rsatib  ishlagan 

olimlardan  S.N.Naumov,  M.I.Pozin,  Ye.V.Rakovskiy,  M.S.Elgort,  M.I.Usanovich, 

N.A.Kolosovskiy,  B.G.Zaprometev,  I.  Sukervanik  an’analarini  O.S.Sodiqov, 

H.U.Usmonov, K.S.Ahmedov kabi O‘z FA akademiklari, hozirda esa R.S.Tillayev, 

X.A.Aslonov, 

A.A,Yo‘lchiboyev 

kabi 

professorlar 



zo‘r 

mahorat 


bilan 

rivojlantirmoqdalar.  ToshDU  olimlari  o‘zlarining  salmoqli  ilmiy tadqiqotlari bilan 

Vatanimizning eng ilg’or ilmiy jamoalari qatorida turadi.  Ularning polimerlar fizik 

kimyosi, tabiiy birikma moddalar,  anorganik,  analitik,  organik kimyo  sohasida olib 

borayotgan izlanishlari nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham katta 

ahamiyatga ega.

Ma'lumki, har bir davlatda ilm-fan, texnika va texnologiyalar rivojlanish sur'ati va 

yo‘nalishlari  xalq  xo‘jaligining  istiqboldagi  ehtiyojlari  bilan  belgilanadi.  Jumladan, 

O‘zbekiston Respublikasi rivoji uchun quyidagi kimyo yo‘nalishlari tarixi  e’tiborga molik. 

[ 17, 20 ]

3.1.1. Noorganik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar

Noorganik  kimyo  sohasidagi  dastlabki  ishlar  Y.I.  Pozner  (1865-1949  yy.) 

rahbarligida  1920  yillar  boshida  noorganik  moddalar  laboratoriyasida  tuzlar 

eruvchanligini tekshirish bilan boshlandi.



30


XX  asrda  noorganik  kimyo  va  koordinatsion  birikmalar  kimyosining  yangi 

davri  -  sanoat  miqyosida  nodir  va  siyrak  -  yer  metallarini  tog‘  jinslaridan  ajratib 

olish,  qo‘shimchalardan  tozalash  va  amaliy  qo‘llash  sohalarini  kengaytirish  davri 

boshlandi.  Masalan,  reniy  metalli  va  qotishmalari  avia-  va  raketasozlik,  yuqori 

haroratda  ishlaydigan  termoparalar  va  o‘tga  chidamli  materiallar  olishda  ishla- 

tiladi.  Ammo  uni  ajratib  olish  juda  qiyin,  chunki  o‘z  birikmalarida  reniy  8  xil 

valent  holatlarida  bo‘lishi  mumkin.  Akademik  N.A.  Parpiyev  va  shogirdlari 

Olmaliq qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinatida yuqori sifatli reniy 

va  volframni  ajratib  olish texnologiyasini  nazorat  qilish borasidagi  ilmiy  -  amaliy 

ishlari joriy etdilar.

Hozirgi  kunda  Toshkent  shahrida  faoliyat  yuritib  kelayotgan  Umumiy  va 

noorganik kimyo  instituti  1933  yilda tashkil  etilgan bo‘lib,  uning  direktori:  kimyo 

fanlari doktori Zakirov Baxtiyor Sabirdjanovich

Asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

—  0 ‘zbekistonning  yoqilg‘i  -  mineral  xom  -  ashyosini  kompleks  qayta 

ishlashning innovatsion texnologiyalarini ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish;

—  yangi  birikmalarni  sintez  qilish  sohasida  va  ularning  tarkibi,  tuzilishi, 

xususiyatlari qonuniyatlarini aniqlash;

—  0 ‘zbekiston  yangi  neft  konlari  neftlarini  chuqur  qayta  ishlashning 

samarali texnologiyalarni yaratish; metallurgiya chiqindilarini qayta ishlash,  noyob 

va  rangli  metallar  ishlab  chiqarishda  dolzarb  import  o‘rnini  bosadigan 

texnologiyalarni  ishlab  chiqishga  va  yangi  reagentlar  va  olovga  chidamli 

materiallarni yaratish;

—  yangi  samarali  mineral  va  organik  mineral  o‘g‘itlar,  defoliantlar, 

o‘simliklar  o‘sishi  va  rivojlanishini  jadallashtiruvchi  moddalarning  sintezi  va 

texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish  [ 5 ].

Institutda shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy m aktablar

Akademik  M.N.Nabiyev  rahbarligi  ostida  institutda  noorganik  kimyo, 

defoliantlar,  o‘g‘itlar  kimyoviy  texnologiyasi  va  kimyoviy  asoslari  yo‘nalishi 

bo‘yicha  taniqli  ilmiy  maktab  shakllandi,  mazkur  maktabning  vakillaridan



31


akademik  Beglov  B.M.  va  Tuxtayev  S.T.,  professorlar  —  Osichkina  R.G., 

Usmanov  S.U.,  Namazov  SH.S.,  fan  doktorlari  —  Amirova  A.M.,  Kucharov  X., 

Zakirov  B.S.  va  boshqalar.  Akademik  Axmedov  K.S.  rahbarligida  Institutda 

kolloid kimyo  va  kolloid kimyosi jarayonlari  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ilmiy  maktab 

yaratildi  va  u  rivojlanib  bormoqda.  Ularning  vakillaridan  fan  doktorlari, 

professorlar  Xamrayev  S.S.,  Agzamxodjayev  A.A.,  Axmedov U.K.  va  boshqalar. 

Akademik  Salimov  Z.S.  rahbarligi  ostida  kimyoviy  texnologiya  jarayonlari  va 

qurilmalari, jumladan gazlarni tozalash, neft maxsulotlarni qayta ishlash yo‘nalishi 

bo‘yicha ilmiy maktab yaratildi va rivojlanib bormoqda.

Fundam ental tadqiqotlarning muhim natijalari:

Tabiiy  gazni  quritish va tozalash paytida amalga oshadigan katalitik jarayon 

uchun  noyob  yuqori  vakuum  qurilmasida  fundamental  ilmiy  natijalar  olindi  va 

yangi ilmiy yo‘nalish -  adsorbsion - energetik stexiometriya yaratildi.

Dispers  sistemalarning  ilmiy  asoslarini  o‘rganish  orqali  yangi  materiallarni 

olish,  kolloid  -  kimyo  jarayonlarini  boshqarish,  polielektrolitlar  va  sirt  -  faol 

moddalar, flokulyantlar sohasida tarkib tuzilish qonuniyatlari aniqlanildi.

Noorganik  birikmalar  d  -  o‘tish  metallar  kristall  kimyosi  sohasidagi 

fundamental  tadqiqotlar  asosida  biologik  faol  moddalarning  sintezi  va  tarkib  - 

struktura qonuniyatlari aniqlab berildi.

Samarali  mineral  o‘g‘itlar,  defoliantlar,  stimulyatorlar  ishlab  chiqarishning 

ilmiy asoslari yaratildi.

Seolit ustida olib borilgan tadqiqotlarni sorbsion jarayonlarda, tabiiy gazlarni 

tozalashda,  adsorbsiya  jarayonida  yangi  konsepsiyalarni  ochish  va  qonunlarini 

aniklashda,  adsorbsiya  izotermasini  nazariy  tenglamalarini  yaratish,  adsorbsiya 

mexanizmi  uchun  energetik,  kinetik  va  molekulyar  -  struktura  mezonlarini 

o‘rganish  va  yangi,  yuqori  samarali  adsorbent  olish  va  neft,  neft  maxsulotlari  va 

yog‘larning sifatini oshirishga hizmat qiladi.

Birinchi  marotaba  turli  navlardagi  Markaziy  Qizilqum  fosfor  kislotali 

bo‘tqalarini  parchalash  bo‘yicha  bo‘tqa  -  fosforit  nisbatlarini jarayonning  vaqtiga 

bog‘likligini o‘rganish maqsadida izlanishlar o‘tkazildi.



32


Mahalliy  xom  ashyo  (“Nitron”  tolasini  ishlab  chiqish  chiqindisi, 

karboksimetilsellyuloza)  va  turli  angren  ko‘mirining  dispers  kompozitsiyalari 

asosida yangi flokulyant va adsorbentlar olindi.

Amaliy  ishlanm alar.  Yangi  sanoat texnologiyalarini  ishlab  chiqarish va 

rivojlantirish sohasida:

—  quyuq neftlar va neft mahsulotlarini  optimal  suyuqlashtiruvchi  moddalar 

olish  texnologiyasi  ishlab  chiqildi,  zichlovchi  moylash  materiallari  uchun  asosiy 

moy va qo‘ndirmalar olindi;

—  gaz  kondensatdan  lok  -  bo‘yoq  materiallari  olishda  qo‘llanadigan 

erituvchilar,  shuningdek,  kunjaradan  o‘simlik  yog‘ini  ekstraksiya  qilish  uchun 

erituvchilar olish texnologiyasi yaratildi;

—  sirt  -  faol  moddalar,  emulgatorlar,  emulsiyali  va  quyuq  bitumlar, 

emulsiyali  surqov  va  yelim  materiallarni  mahalliy  xom  ashyodan  va  sanoat 

chiqindilar asosida  olish texnologiyalari yaratildi;

— havoni tarkibida yog‘i bor toladan namli tozalashning  samarali  qurilmasi 

ishlab  chiqildi  va  chigitni  mineral  va  organik  qo‘shimchalardan  tozalash 

texnologiyasi yaratildi;

—  yuqori  qovushqoqlikdagi  neftlarni  aralashtirishning  samarali  usuli, 

neftning  qoldiqlari  va  neftni  qayta  ishlash  qo‘shimcha  mahsulotlaridan  motor 

yoqilg‘ilari,  surqov  moylari  va  erituvchilar  ishlab  chiqarish  uchun  nikel  va 

molibden  birikmalari  asosida  ko‘p  maqsadli  polifunksional  katalizatorlar  olish  va 

qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqildi;

—  polimetalli  metallurgiya  xom  ashyosini  qayta  ishlash  texnologiyasining 

ilmiy  asoslari  yaratildi.  Temir  kuporosini  -   metall  tarkibli  chiqindidan,  xrom 

oksidini  -   ishlatib  bo‘lingan  xrom  tarkibli  eritmadan  va  sulfat  alyuminiyni  -  

kimyoviy zaxarlangan alyuminiy tutuvchi chiqindilardan olish yo‘llari ko‘rsatildi;

— gidrotermal va neft suvlardan sorbsion va desorbsion usulda yod va uning 

birikmalarini olish texnologiyasi yaratildi;

—  sement  olish  texnologiyasi,  shuningdek,  issiqlikni  saqlovchi  materiallar 

olish  uchun  g‘ovakli  vermikulit,  yuqori  haroratga  chidovchi  materiallar  uchun



33


talkmagnezit  ma’danlarini  boyitish  asosida  magnezit  konsentratsiyalarini  olish  va 

keramika,  rezina,  lok  -  bo‘yoq,  kabel  sanoatlarida  qo‘llanilishi  uchun  talk 

konsentratsiyalari olinish jarayonlari ishlab  chiqilgan;

—  turli  sorbentlar  olindi  va  sho‘r  tuproqning  mustahkamlashning  samarali 

usullari yaratildi;

—  mahalliy  xom  ashyo  va  ishlab  chiqarish  chiqindilari  asosida 

stabilizatorlar,  flokulyantlar,  adsorbentlar,  turli  tabiiy  va  texnik  dispers 

plastifikatorlar  sifatida  ishlatish  uchun  qator  yangi  sirt  -   faol  moddalar  va 

polielektrolitlar olindi;

—  neft  maxsulotlarini  sig‘imlarda  saqlashda  bug‘lanishdan  yo‘qotilishini 

kamaytirish 

va 


to‘satdan 

sodir 


bo‘ladigan 

yong‘inni 

o‘chirish 

uchun 


modifikatsiyalangan suzuvchi ponton yaratilgan;

— respublikadagi sement korxonalarini “xo‘l” usuldan “quruq” usulga sement 

ishlab chiqarishga o‘tkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;

— Na-KMS  sintezi jarayonida  ma’lum  miqdorda  modifikator  PAA  qo‘shish 

yo‘li  bilan  RS-1  deb  belgilangan  yangi  yuqori  samarali  flokulyant  olindi.  RS-1 

flokulyanti Olmaliq tog‘  - metallurgiya kombinatining Mis boyitish fabrikasida mis 

konsentratlarini quyultirish jarayonida sanoat sinovidan o‘tgan;

—  Angren  ko‘miri  asosida  yuqori  samarali  ko‘mir  adsorbentlari  olingan. 

Ushbu  adsorbentlar  Olmaliq  tog‘  -  metallurgiya  kombinatining  “Kauldi”  ma’dan 

oqava suvlarini yumshatish (13,9  dan 8,1  mg.ekv/l gacha) va suvdagi natriy, kalsiy 

ionlaridan,  xlorati  sulfatlardan  PDK  normasigacha  tozalanishi  aniqlangan  xamda 

suv tarkibidagi  mis  ionlarini  ajratib  olinishi  isbotlangan.  Olingan adsorbentlarning 

mis  ionlariga  nisbatan  sorbsion  sig‘imi  77-90  mg/g  tashkil  etib,  chetdan 

(Rossiyadan) keltiralidigan sulfougol sorbsion sig‘imidan birmuncha yuqori (60-75 

mg/g);

—  misni  rafinatsiyalash  jarayonida  ishlatiladigan,  chetdan  olinadigan  SMS 



“Ayna”  o‘rnini  bosaoladigan  yangi  ID  preparati  olindi  va  ushbu  preparat 

yordamida  dendrit  xosil  bo‘lish  ingibitori  sifatida  elektrolit  tarkibidagi  misni 

rafinatsiyalash usuli ishlab chiqildi;

34



— 

dizel  yoqilg‘isi  tarkibidan  aromatik  uglevodlarni  ajratib  olishning 

adsorbsion  va  ularni  mono-,  bi-  va  politsiklik  strukturalarga  fraksiyalash  usullari 

ishlab  chiqildi.  Dizel  yoqilg‘isi  sifatini  yaxshilash  uchun  neftni  qayta  ishlash  va 

yog‘  -  moy  (paxta  soapstok)  sanoatlarining  qo‘shimcha  mahsulotlari  asosida 

qo‘ndirmalar  tanlab  olingan:  bariyli  qo‘ndirmalar  bilan  distillangan  yog‘li 

kislotalarning  5  %  gacha bo‘lgan  qo‘shimchasi  dizel  yoqilg‘isining  surkovchanlik 

xususiyatini  yaxshilaydi,  yemirilish  dog‘ining  diametri  460  mkm  dan  kam 

o‘lchamni tashkil qiladi;

-  Angren va Yangi  - Angren IES  kul  chiqindilaridan mexanik  faollantirish 

usulini  qo‘llab  va  qo‘llamasdan  qo‘shimchali  sement,  kuydirmasdan  g‘isht  va 

yengil  beton  mahsulotlar  ishlab  chiqarishning  samarali  usullari  ishlab  chiqilgan. 

Tarkibida  20  dan  30%  gacha  faollashtirilgan  kul  chiqindilar  bo‘lgan,  gidravlik 

faolligi  sementning  400  va  undan  yuqori  markasiga  to‘g‘ri  keladigan  kulsement 

bog‘lovchi 

kompozitsiyalar 

olish 

imkoniyatlari 



ko‘rsatilgan. 

Mexanik 


faollastirilgan kul  chiqindilardan foydalanib,  quruq qurilish aralashmalari,  markasi 

150  va  undan  yuqori  kuydirmasdan  g‘isht  hamda  D500-D900  markali 

avtoklavlanmaydigan  g‘ovakli  beton  olishning  aniq  imkoniyatlari  o‘rnatilgan. 

Tarkibi  kul  chiqindili  qo‘shimchali  sementlarni  tajriba-sanoat  partiyalarini  ishlab 

chiqarish bo‘yicha sanoat sinovlari “Qizilqumsement” sharoitida olib borilgan.

Ilmiy izlanishlarining ustuvorligi va  rivojlantirish istiqbolllari 

Institutning asosiy vazifalari quyidagidan iborat:

ilmiy-texnik  loyihalarning  yakuni  bo‘yicha  olingan  natijalarni  aniq 



joyda tadbiq etish maqsadida innovatsion loyihalar tayyorlash;

xorijiy  grant  olish  va  investitsiyalar  jalb  etish  maqsadida  xalqaro 



jamg‘armalar tanlovida faol qatnashish;

yosh olimlar safidan fan doktorlari tayyorlash ishlarini jadallashtirish;



institutga  magistrlarni  jalb  etish  maqsadida  OO‘YU  bilan  aloqani 

mustahkamlash.

2015  yilda  xo‘jalik  shartnomalardan  tushayotgan  mablag‘lar  xajmini  yiliga 

2,5  mlrd.  so‘mga  yetkazish,  mablag‘lar  tushumini  jadallashtirish,  jumladan,

35



xalqaro  grantlar  orqali  institutni  zamonaviy  asbob  va  uskunalar  bilan  jihozlash 

mo‘ljallangan.

Ilmiy  tadqiqot  yo‘nalishi  va  mavzusi  0 ‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  2025 

yiligacha  tasdiqlangan  ustuvor  ilmiy  yo‘nalishi  rivoji  Konsepsiyasi  doirasida 

amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga beriladi:

-  jahon fani yutuqlari yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlar;

-  respublikaning 

ishlab 


turgan 

korxona 


va 

xo‘jalik 

yurituvchi 

subyektlarining  fan  va  texnika  sohasida  ustuvor  yo‘nalishlarini  e’tiborga 

oluvchi  amaliy  tadqiqotlari;

-  jahon bozorida raqobatbardosh,  eksportga mo‘ljallangan,  resurstejamkor,

yuqori  samarali,  yuqori  ilmiy  texnologiyaga  ega  bo‘lgan  amaliy 

tadqiqotlar natijalari bo‘yicha innovatsion ishlanmalar;  [ 33 ]

3.1.2.  O rganik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar

Bu  sohadagi  dastlabki  ishlar  O‘zMU  va  kimyo  fakulteti  tashkilotchilaridan 

biri  professor  S.N.  Naumov  (1874-1933  yy.)  rahbarligida  boshlangan.  Olim 

shogirdlari  bilan  (O‘zbekiston  mineral  boyliklarini,  toshko‘mir,  oltingugurt,  nefl 

na’munalari  tarkibini  tadqiq  etgan.  S.N.  Naumovning  asosiy  tadqiqotlari:  1903 

yilda  olti  a’zoli  halqali  orfo  -  diketonlar  sintezining  yangi  usulini  kashf  qilgan; 

1921-1933  yillarda  O‘rta  Osiyoda  kimyo  talimini  rivojlantirish  bo‘yicha  faoliyat 

ko4rsatgan tashkilotchi olimlardir.

Akademik  S.Yu.Yunusov  O‘zbekistonda  alkaloidlar  kimyosi  maktabini 

tashkil  qilgan  (1956y).  Uning  rahbarligida  O‘simliklardan  mingdan  ortiq 

alkaloidlar  ajratib  olingan  va  tuzilishi  o‘rganilgan,  O‘zbekistondagi  tarkibida 

alkaloid  saqlaydigan  o‘simliklar  aniqlanib,  ularning  o‘simlikda  yig‘ilish 

qonuniyatlari,  tezligi,  shart  -  sharoitlari  tadqiq  etilgan.  S.Yu.  Yunusov  -  o‘zbek 

organik kimyogari,  akademik (1952).  O‘zbekiston FA O‘simlik moddalari kimyosi 

institutini  (1956)  va  xalqaro  “Tabiiy  birikmalar  kimyosi”  (X

hmha


  npnpogHMx 

coegHHeHHÔ;  Chemistry  Natural  Compounds)  ilmiy 

jurnalini  (1965)  tashkil

36



qilgan. Alkaloidlar kimyosi sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan.  O‘rta Osiyoning 

ko‘p  sonli  o‘simlik  oilalari  tarkibidagi  alkaloidlarni  turli  vegetatsiya  davrlarida 

o‘rgangan.  O‘simliklarning  o‘sish joyi  va  vegetatsiya  davrlariga  bog‘liq  ravishda 

ularning  turli  organlarida  alkaloidlaming  to‘planish  qonuniyatlarini  o‘rgangan, 

300dan  ortiq  alkaloidning  tuzilishini  aniqlagan  va  700dan  ortiq  yangi  alkaloid 

birikmalarini  ajratib  olgan  O‘zbekiston  FA  kimyo  instituti  (1950),  o‘simlik 

moddalari  kimyosi  instituti  (1959-1987)  direktori  lavozimlarida  ishlagan  O‘zFA 

vitse-prezidenti  bo‘lgan  (1952-1962).  Taxminan  100  ta  qimnnithaho  alkaloidning 

yangi  namuna.la.rini  topgan.  Donli  o‘simlik  ekin  maydonlarida  yovvoyi  holda 

o‘sadigan trixodesma va geliotrop o‘simliklari alkaloidlari ning zaharliligi inson va 

hayvonlarda og‘ir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishini aniqlagan.

H.A.Abduazimov  ligninlarni  turli  usullarda  parchalab  quyi  molekulyar 

fenol  birikmalarini  olgan.  Bir  yillik  va  madaniy  (g‘o‘za,  kanop,  alteylar, 

sholipoyasi)  o‘simliklaming  tarkibidagi  ligninlarni  o‘rgangan.  Oziqa  vanilini, 

korroziyaga  bardoshli  LEYVA  0011  yelimi  sanoatga,  ammoniyli  lignin,  o‘sishni 

boshqaruvchi  va  fungitsid  -  Roslin,  Nitrolin  preparatlari  qishloq  xo‘jaligiga joriy 

qilingan.  U ungemiya o‘simligining  6  navi  tarkibidagi alkaloidlami  ajratib,  ba’zi -  

694  ligninining  kimyoviy  o‘zgarishlarini  o‘rgangan. 

Uning  rahbarligida 

Hulantamin  gidroxlorid,  metilapogalantami  gidrobromid,  likorin  gidroxlorid  dori 

preparatlari yaratilgan [ 8 ].

Benz-, tieno-, pirido[2,3-d]pirimidinlar

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  O‘simlik  moddalari  kimyosi 

instituti  (O‘zR  FA  O‘MKI)ning  organik  sintez  bo‘limida  tiofen,  benzol  va piridin 

halqalari  bilan  kondensirlangan  geterotsiklik  birikmalar  kimyosi  atroflicha 

o‘rganib kelinadi.  Masalan: tieno[2,3-d]pirimidin, benzpirimidin(xinazolin),

pirido [2,3-d]pirimidin

Ularning  olinishi,  elektrofil  va  nukleofil  reagentlar  bilan  ta’siri  va  boshqa 

ko‘plab  qiziqarli  reaksiyalarini  o‘z  ichiga  olgan  ma’lumotlar  bilan  maxsus 

adabiyotda  tanishish  mumkin  [  8  ].  H.M.  Shohidoyatov  benzol,  tiofen,  piridin 

halqalari bilan kondensirlangan pirimidinlaming ko‘p yoqlama reaksion qobiliyati,

37



572  ushbu  reaksiyalarning  borishiga  ta'sir  etuvchi  omillar,  trisiklik  xinazolin 

alkaloidlari  sintezi,  kimyoviy  o‘zgarishlari  va  olingan  birikmalar  orasida biologik 

faol  moddalar izlash ustida tadqiqotlar olib  boradi.  H.M.  Shohidoyatov tomonidan 

birinchi marta geterotsiklik tio - va seleno  -  amidlaming  simmetrik va nosimmetrik 

oksidlanish  -  halqalanish  reaksiyasi  kashf  etilgan,  5,6-dimetiltienopirimidin 

qatoridagi  5-holatdagi  metil  guruhining nitro  guruh bilan ipso -   almashinishi  yoki 

uning  tegishli  karbon  kislotagacha  oksidlanishi  aniqlangan.  O‘zR  FA  O‘MKI 

alkaloidlar  kimyos  laboratoriyasida  akademik  S.Yu.  Yunusov  rahbarligida 

4000dan  ortiq  o‘simlik va  ulardan  ajratib  olingan  1200ta  alkaloidning tuzilishi  va 

xossalari  o‘rganilgan.  Masalan,  isiriq  tarkibidagi  xinazolin  alkaloidlari  shu 

o‘simlikdan ajratib olingan.

Shuningdek, ulaming kimyoviy sintezi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Institutda  peganin,  peganol,  sitizin  alkaloidlari  ustida  ham  keng  miqyosli 

tadqiqotlar olib boriladi:  B.  Tashxodjaev seskviterpenoid,  diterpenoid va xinazolin 

alkaloidlarining  fazoviy  tuzilishini  rentgent  tuzilish  analizi  usulida  o‘rgangan. 

Ilmiy  izlanishlari  organik  molekulalaming  kristallokimyosi,  hisoblashlarning 

empirik va yarimempirik usullari va tuzilish kimyosiga bag‘ishlangan.

D.N.  Dolimovning  ilmiy  izlanishlari  quyi  molekulyar  tabiiy  birikmalarni 

(alkaloidlar,  polifenollar,  terpenlar va  ayrim  geterotsiklik birikmalar)  ajratib  olish, 

tuzilishini  aniqlash va kimyoviy modifikatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘iib,  ularning 

ferment  sistemasiga,  xolinoretseptorlarga,  biomembranalarga  ta’sirini  o‘rganish, 

struktura  -  faollik  qonuniyatlarini  aniqlash,  quyi  molekulyar  bioregulyatorlarning 

supramolekulyar  komplekslarini  olish,  ularning  tuzilishi  va  biologik  faolligini 

kvant-kimyoviy  hisoblashlar  yo‘li  bilan  o‘rganish,  tabiiy  birikmalar  qatorida 

samarali  dori  vositalarini  yaratish  va  tibbiyotga  tatbiq  qilishdan  iborat.  D.N. 

Dolimov tomonidan virusga qarshi Ragosin tabletkalari,  1% li  gossipol va megosin 

mazlari,  diareyaga  qarshi  “Bektit-M”  preparati,  shamollashga  qarshi  GLAS, 

generik Glitseram, Lagovin gemostatigi, Glilagin tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. 

Tuberkulyozga qarshi Tuglizid preparati tayyorlangan.  [ 6, 8 ]

38



Akademik  S.I.Iskandarov  ilmiy  izlanishlari  natijasida  paxtani  o‘stiruvchi 

Bahor,  A-l,  ketoksim  preparatlari,  “optim”  defolianti,  mumiyo,  diazolin,  vazelin 

emulsiyasi  va  giyohlar  asosidagi  dorilari,  pilla  qurti  sifati  va  hosildorligini 

oshiruvchi  “mikrofit”  preparatlarini  ishlab  chiqqan.  U  o'simlik  alkaloidlari 

(xinolizidin, bisxinolizidin) kimyosi va tuzilishini aniqlash sohasida, fiziologik faol 

birikmalar, pestitsidlar,  dori preparatlari olish va ularni amaliyotga joriy etish bilan 

shug‘ullangan.  [ 6, 8 ]

3.1.3. Polim erlar kimyosi sohasida erishilgan yutuqlar

Yuqori  molekulali  birikmalar  kimyosidan  ilmiy  tadqiqot  ishlari  40-  yillar 

o’rtalarida O’rta Osiyo  Davlat universiteti fizik-kimyo kafedrasi laboratoriyalarida 

boshlandi.  Paxta  sellyulozasi  va  shoyi  fizikasi  hamda  kimyosi  o’rganildi.  50- 

yillarda  bu  ishlar  O’zbekiston  FA 

kimyo  instituti  tabiiy  polimerlar 

laboratoriyasida  amalga  oshirildi.  (H.Usmonov)  60-  yillarda  sintetik  polimerlar 

sintezi  boshlanib,  by  ishlarning  nazariy  va  amaliy  tomonlari  haqida  fikr  yuritildi. 

Bunday polimerlarni qishloq xo’jaligida,  sanoat korxonalarida keng qo’llashga doir 

amaliy  ishlar  bajarildi  (M.Asqarov,  A.Hakimov).  Paxta  sellyulozasi  kimyosi  va 

texnologiyasi  instituti  tashkil  etilib  (1963),  unda  gidrosellyuloza,  asetat  shoyi  va 

boshqa  tolalarning  tuzilishini  tekshirish  usullari  ishlab  chiqildi,  sellyuloza 

xossalarini  kimyoviy  va  radiasion  -   kimyoviy  usullar  orqali  o’zgartirishga  oid 

izlanishlar  olib  borildi.  Kimyoviy  qayta  ishlash  uchun  lintdan  yuqori  sifatli  paxta 

sellyulozasi  olish  maqsadida  texnologik  jarayonlar  yaratishga  oid  tadqiqotlar 

amalga  oshirildi  (H.Usmonov,  B.Oyxo’jaev,  K.Roziqov  va  boshq).  Paxta 

sellyulozasining  fizik  -  kimyoviy  xossalari,  bularning  tuproq  tuzilishiga,  ob-havo 

sharoitlariga,  namgarchilik va boshqa omillarga bog’liqligi  Amerika olimlari bilan 

hamkorlikda  o’rganildi  va  qiziqarli  ma’lumotlar  olindi.  (T.Mirkomilov). 

Sellyulozatitanli  hosilalarining  sintezi  o’rganilib,  olingan  mahsulotlar  sinovdan 

o’tkazildi.  (T.Abdurashidov),  karboksimetilsellyulozaning  turli  xususiyatlari  ham 

o’rganildi.  (SH.Najmiddinov), furan smolalarini sanoatda qo’llash mumkin bo’lgan

39



yo’llarni  topish  bo’yicha  izlanishlar  qilindi  (F.Magrupov).  80-  yillar  boshlarida 

O’zR  FA  tizimida  polimerlar  fizikasi  va  kimyosi  ilmiy  tadqiqot  instituti  tashkil 

etilib,  polimerlarning  koordinasion  kimyosi  hamda 

kompozision  materiallar 

yaratish  borasida  ilmiy  ishlar  boshlab  yuborildi.  Erkin  radikallarni  yutuvchi  va 

barqarorlovchi  xususiyatli  funksional  guruhlarni  o’z  ichiga  olgan  monomerlar 

asosida  materiallar  yaratish  ustida  izlanishlar  qilindi,  chigitning  unib  chiqishini 

boshqarishda  qo’l  keladigan  polimer  qoplamalari  yaratilib,  amalda  tadbiq  etildi 

(S.R.Rashidova).  Furfurilidin  va  difurfurilidenaseton  asosida  gidrotexnika 

inshoatlarida  qo’llaniladigan,  yuqori  harorat  ta’siriga  chidamli  smolalar  yaratildi 

(Y.Mamatov,  N.Ostervolkov).  O’zbekistonda  kimyo  sanoatini  rivojlantirish 

istoqbollari  yangi  qurilayotgan  korxonalarda  ishlaydigan  kadrlarni  hozirning 

o’zidayoq  yetarli  miqdorda  tayyorlay  boshladilar.  Shu  maqsadda  Toshkent 

to’qimachilik  institutida yuqori  molekulali  birikmalar kafedrasi,  Toshkent kimyo  - 

texnologiya institutida kimyo  sanoatini  avtomatlashtirish va kimyo  mashinasozligi 

guruhi  tashkil  etildi.  O’zbekiston  FA  da  polimerlar  sohasida  tekshirishlar  olib 

boradigan laboratoriyalar va polimerlar kimyosi instituti barpo etildi.

Hozirgi  vaqtda  Respublikamizda  10  dan  ortiq  polimer  markazlar  mavjud, 

ularda  500  dan  ortiq  xodimlar  ishlamoqda,  shu  qatorda  6  nafar  O’zR  FA 

akademiklari,  50  nafar  fan  doktorlari,  120  nafar  fan  nomzodlari,  ularning  soni  yil 

sayin  oliygohlar  va  ilmiy-tadqiqot  institutlarda  kadrlar  tayyorlash  hisobiga, 

magistratura,  aspirantura  hamda  doktorantura  orqali  ko’payib  bormoqda.  Ammo 

fan  va  ishlab  chiqarish  uchun  kadrlar  tayyorlashning  sifati  zamon  talablaridan 

orqada qolyapti.

Kadrlar  tayyorlash  bo’yicha  ko’rsatilgan  dasturda  kadrlar  tayyorlashning 

modeli ishlab chiqilgan, kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalish tizimi belgilangan, 

fan,  ta’lim  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarni  hamda  xalqaro  hamkorligining 

boglanish  shakllari  tavsiya  etilgan,  kadrlar  tayyorlash  dasturini  amalga  oshirish 

borasida  tashkiliy  usullar  ishlab  chiqilgan,  hamda  polimer  fani  sohasida 

mutaxasislar zaruriyati ham aniqlangan  [  1  ].



40


Toshkent  Kimyo  -   texnologiya  institut  Sellyuloza  va  yog‘ochsozlik 

texnologiyasi  kafedrasi  2004  yili  TKTI  tarkibida prof.  Raxmonberdiev G‘ .R. 

tomonidan  tashkil  etilgan.  Ushbu  kafedrani  tashkil  etishdan  maqsad  O‘zbekiston 

Respublikasida  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  sellyuloza  -  qog‘oz  va 

yog‘ochsozlik  -  mebel  korxonalari  uchun  malakali  kadrlar  tayyorlashdan  iborat 

edi.  Kafedrani  shu  vaqtgacha  325  dan  ortiq  bakalavr  50  dan  ortiq  magistrantlar 

bitirgan  bo‘lsa,  ularning  ko‘pchiligi  sellyuloza  -  qog‘oz  va  yog‘ochsozlik 

korxonalarida,  ilmiy tekshirish va oliy o‘quv institutlarida o‘z faoliyatlarini  davom 

ettirmoqdalar.

2004  yildan  to  shu  kungacha  kafedrada  k.f.d.  prof.  Rahmonberdiev  G.R., 

t.f.n.  prof.  Sayfutdinov  R.S.,  t.f.n.,  dots.  Alimov  I.M.  mudirlik  qilishgan.  2011 

yildan  t.f.n.,  dots.  Murodov  M.M.  konkurs  asosida  institut  Ilmiy  Kengash  qarori 

bilan kafedraga mudir etib tayinlangan.

“Sellyuloza  va  yog‘ochsozlik  texnologiyasi”  kafedrasida  2004-2005 

o‘quv  yilidan  boshlab  quyidagi  bakalavriat  yo‘nalishlari  va  magistratura 

mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari tashkil etilgan:

-  5522600  -   Yog‘ochsozlik  sanoati  texnologiyasi,  mashinalari  va jihozlari 

(tsellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha);

-  5A522601  -  

Sellyuloza-qog‘oz  ishlab 

chiqarish  texnologiyasi 

va

jarayonlari;



-  5522600  -   Yog‘ochsozlik  sanoati  texnologiyasi,  mashinalari  va jihozlari 

(yog‘ochsozlik texnologiyasi bo‘yicha);

-  5A52604 -  Yog‘ochsozlik texnologiyasi va jihozlari, yog‘ochshunoslik.

2011-2012  o‘quv  yilidan  boshlab  esa  quyidagi  bakalavriat  yo‘nalishlari  va

magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari tashkil etildi:

-  5320300  -   Texnologik  mashinalar  va  jihozlar  (sellyuloza-qog‘oz  ishlab 

chiqarish texnologiyasi);

-  5A320306  -  

sellyuloza-qog‘oz  ishlab 

chiqarish  texnologiyasi 

va

jarayonlari;



41


-  5320300 

-  


Texnologik 

mashinalar 

va  jihozlar 

(yog‘ochsozlik

texnologiyasi);

-  5A320307 -  Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik.

Istiqbolda  kafedraning  faoliyatini  kengaytirish  uchun  qo‘shimcha  ravishda

“Sellyuloza-qog‘oz  ishlab  chiqarish  texnologiyasi”  va  “Mebellar  dizayni” 

bakalavriat  yo‘nalishlarini  va  “Sellyuloza  efirlari  texnologiyasi”  magistratura 

mutaxassisligini ochish taklif etilgan.

Hozirda  kafedradagi  talabalarning  umumiy  soni  170 ta  ni  tashkil  etib,  ular 

faqat  kunduzi  taxsil  olishadi.  2012  yil 50 ta  talaba  bakalavriatni  va 9 ta  talaba 

magistraturani bitirishi kutilmoqda.

“Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi”  kafedrasida 2004 yildan beri 

5  ta nomzodlik  va  1  ta  doktorlik  dissertatsiyalari  himoya  qilindi  va  1  ta  doktorlik 

va 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinish arafasida:

1.  Murodov  M.M.  -   “Pa3paôoTKa  TexHo.orHH  no.yneHHfl  ^ ..ro .o 3 H   H3 

gpeBecHHH Tono.a npnrogHHH g .a  npoH3BogcTBa n.acTHHec.Hx Macc” -  2008.

2.  Ibragimxodjaev A.  -  “Pa3paôoTKa TexHo.orHH no.yneHHfl ^ ..ro .o 3 H  H3 

pacTeHHa TanHHaMÔypa” -  2009.

3.  Risbaeva  G.S.  -   “  TexHo.orna  no.yneHHa  KCH.HTa H3  nHBHofi  gpoÔHHH 

MeTogaMH ogHoBpeMeHHrn.ro ragpo.H3a 

h

 rHgpHpoBaHHa” -  2010.



4.  Xusainov  A.Sh.  -   “  TexHo.orna  no.yneHHa  npongBogHHx  HHy.HHa  H3 

nopomKa KnyÔHefi TanHHaMÔypa” -  2011.

5.  Yunusxodjaeva  E.N.  -   «Hcc.egoBaHHe  TepMogHHaMHHecKHx 

cbohctb


 

pacTBopoB HeKaTopnx a^TocMemaHHHx ^$HpoB tsellyulozi» -  2012.

“Sellyuloza  va  yog‘ochsozlik  texnologiyasi”  kafedrasida  professor- 

o‘qituvchilarning  shaxsiy  ish rejalariga biriktirilgan  holda  quyidagi  yo‘nalishlarda 

ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

1. 


Sellyulozaning  suvda  eriydigan  efirlari  va  uning  asosida  tibbiyot  va 

farmatsevtika  maqsadlari  uchun  fiziologik  faol  moddalar  tadqiqoti.  (ilmiy  rahbar 

prof. Rahmonberdiev, tadqiqotchi Akmalova G.Yu.).

42



2.  Tapinambur  o‘simligini  kompleks  o‘rganish.  (Ilmiy  rahbar  prof. 

Raxmonberdiev G‘.R., dots. Murodov M.M., ass. Xusenov A.Sh.)

3.  Sellyuloza  efirlari  sintezi  va  texnologiyasi  (ilmiy  rahbar  dots.  Murodov 

M.M., tadqiqotchi E.Egamberdiev).

4.  Bir  yillik  o‘simliklardan  xamda  sanoat  korxonalarining  tolali 

chiqindilaridan  sellyuloza  va  uning  efirlari  olishning  innovatsion  texnologiyasini 

yaratish  va  sanoat  miqyosida  qo‘llash  (ilmiy  rahbar  dots.  Murodov  M.M., 

tadqiqotchi E.Egamberdiev)

5.  Bir yillik o‘simliklardan sellyuloza olish texnologiyasini takomillashtirish 

(prof.  Sayfutdinov R.S., prof. Primqulov M.T., asp. Muxitdinov U.D.).

6.  Sellyuloza  hosilalari  asosida  gidrogel,  membrana  va  sorbentlar  sintezi. 

(dots. Akmalova G.Yu., tadqiqotchi G‘ulomova N.S.).

7.  Bir  yillik  o‘simliklardan  qog‘oz  olish  texnologiyasini  takomillashtirish 

(prof. Primqulov M.T., magistrantlar).

8.  Yog‘ochsozlik  korxonalarini  loyihalashni  takomillashtirish  (dots. 

Maxsudov Y.M., magistrantlar).

9.  Termoplast  bog‘lovchilar  asosida  yog‘ochli  polimer  materiallar  olish 

(dots. Alimov I.M., magistrantlar).

10.  Termoreaktiv  bog‘lovchilar  asosida  yog‘ochli  press-massalar  yaratish, 

yog‘och  xususiyatlarini  modifikatsiyalash  (dots.  Xabibullaev  R.A.,  ass. Ilxomov 

G‘.U., magistrantlar)  [ 32 ].

“Yuqori  molekulali  birikm alar  va  plastm assalar”  kafedrasi  “Plastmassa 

texnologiyasi”  nomi  bilan  1959  yili,  hozirda  texnika  fanlari  doktori,  professor 

Abdurashidov  To‘xtamurod  Rashidovich  raxbarligida  tashkil  etilgan.  O‘sha 

vaqtdan,  to  1993  yilgacha  (1973-1980  yillari  kimyo  fanlari  nomzodi,  dotsent 

Toirakberova  Dilorom  Musaevna  mudirlik  qilgan)  Abdurashidov  T.R.  kafedraga 

rahbarlik  qilgan.  Hozirgi  kunda  Abdurashidov  T.R.  kafedraning  eng  yetakchi 

professori  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.1967  yildan  kafedra  “Plastmassalarni  qayta 

ishlash  texnologiyasi”  nomi  bilan  yuritilgan.1995  yildan  “Plastmassalarni  qayta 

ishlash  texnologiyasi”,  “Yog‘ochga  ishlov  berish  texnologiyasi”  hamda  “Yuqori



43


molekulali 

birikmalar 

texnologiyasi” 

kafedralarining 

qo‘shib 

yuborilishi 

munosabati  bilan,  2001  yilgacha  kafedra  “Plastmassa  va  yog‘ochni  qayta  ishlash 

texnologiyasi”  nomi  bilan  atalgan.1995  yildan  2004  yil  mart  oyigacha  kafedra 

tashkilotchisi  prof.  Abdurashidov  T.R.  ning  o‘quvchisi,  kimyo  fanlari  doktori, 

professor  Magrupov  Farxod  Asadullaevich  kafedraga  rahbarlik  qilib  keldi.2001 

yildan  2004  yil  mart  oyigacha  kafedra  “Yuqori  molekulali  birikmalar  kimyoviy 

texnologiyasi” nomi bilan yuritilgan.2004 yil mart oyidan boshlab kafedra “Yuqori 

molekulali  birikmalar  va  plastmassalar  texnologiyasi”  nomi  bilan  atalyapti.2004 

yildan 2009  yil mart oyigacha kafedraga Kimyo  fanlari  doktori, professor Djalilov 

Abdulaxat  Turapovich  mudirlik  qilgan.Xozirga  kunda  kafedraga  texnika  fanlari 

nomzodi,  dotsent  Adilov  Ravshan  Erkinovich  mudirlik  qilmoqdalar.  Shu 

vaqtgacha kafedrada:  Plastmassa texnologiyasi bo‘yicha - 250  dan; Plastmassalarni 

qayta  ishlash texnologiyasi  bo‘yicha -   1100  dan;  Rezina texnologiyasi  bo‘yicha  - 

500  dan;  Yog‘ochsozlik  texnologiyasi  bo‘yicha  -  800dan  ortiq  mutaxassis 

muxandislar;  Kimyoviy  texnologiya  (yuqori  molekulali  birikmalar,plastmassa  va 

elastomerlarni  kimyoviy  texnologiyasi  bo‘yicha)  yo‘nalishi  bo‘yicha  -  220  ta 

bakalavr:  Yuqori  molekulali  birikmalar  kimyoviy  texnologiyasi  mutaxassisligi 

bo‘yicha  -  50  ta magistr;  Plastmassa va  elastomerlarni  qayta ishlash texnologiyasi 

mutaxassisligi  bo‘yicha -   20  ta  magistr tayyorlandi.  Kauchuk  va  rezina kimyoviy 

texnologiyasi  magistratura  mutaxassisligi  bo‘yicha  10  ta  magistr  tayyorlandi. 

2011-2012  o‘quv yilida kafedra yo‘nalish va mutaxassisliklari bo‘yicha -  5522400 

Kimyoviy texnologiya  (144  bakalavr  Yuqori  molekulali  birikmalar,  plastmassa va 

elastomerlarni kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha yo‘nalishi);  (20 bakalavr Kauchuk 

va rezina kimyoviy texnologiyasi yo‘nalishi);  5525000  -  Kompozitsion va kukunli 

materiallar,  qoplamalar ta’lim yo‘nalishida  50 ta talaba;  9 ta magistrant 5A522524

-   Yuqori  molekulali  birikmalar  kimyoviy  texnologiyasi  mutaxassisligi;  10  ta 

magistrant  5A522416  -   Kauchuk  va  rezina  kimyoviy  texnologiyasi  mutaxassiligi 

bo‘yicha  ta’lim  olmoqdalar.  Kafedra  professor  -  o‘qituvchilari  oxirgi  5  yilda 

bakalavriatni  uchta  yo‘nalishi  va  magistraturaning  to‘rtta  mutaxassisligi  bo‘yicha 

Davlat ta’lim  standartlari va namunaviy o‘quv rejalarini yaratdilar,  35  fan bo‘yicha

44



namunaviydastur,  30 fan bo‘yicha ma’ruza matnlari,  30 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma 

yozib  chop  etdilar.  Kafedra  xodimlari  tomonidan  9  ta  darslik  yozilgan.  Shu 

jumladan  2011yilda  prof. 

T.R.  Abdurashidov  ning  30  bosma  toboqli 

“Plastmassalarni  qayta  ishlash  texnolgiyasi”  nomli  o‘quv  qo‘llanmasi,  prof.  M.S. 

Mirkamilovaning  “Analitik kimyo”  nomli  o‘quv darsligi  va prof.  A.T.  Jalilovning 

“CnHTe3 h CBoHCTBa pea^H

0

HH



0

aKTHBHHx no.HMepoB”  nomli monografiyasi chop 

etildi.  Kafedrada  15  dan  ortiq  fan  doktorlari,  100  dan  ortiq  fan nomzodlari  etishib 

chiqqan.  1970  yildan  boshlab  kafedra  qoshida  nomzodlik  va  doktorlik 

dissertatsiyalarini  himoya  qilish  bo‘yicha  ixtisoslashgan  ilmiy  kengash  o‘z 

faoliyatini  davom  ettirib  kelayapti.Kafedra  xodimlari  1000  dan  ortiq  ilmiy 

maqolalar,  60  dan  ortiq  mualliflik  guvohnomasi  va  patentlar  muallifi 

hisoblanadilar.  Kafedra  D.I.  Mendeleev  nomli  Rossiya  Kimyo  -  texnologiya 

unversiteti, Moskva nozik kimyoviy texnologiyasi Akademiyasi,  Sankt - Peterburg 

texnologiyainstituti,  Qozon  Davlat  texnologiya  unversiteti,  Saratov  Davlat  texnik 

unversiteti,  Almato‘  Davlat  universiteti,  Chimkent  Kimyo  -  texnologiya  instituti 

kabi  oliy  ta’lim  muassasalari,  hamda  Moskvadagi  Plastmassa  ilmiy  -  tekshirish 

instituti,  Vladimir  “Polimersintez”  ilmiy  -  ishlab  chiqarish  birlashmasi,  Sankt  - 

Peterburg  polimerlar  olinadigan  plastmassalar,  Ukraina  milliy  akademiyasining 

“Yuqori  molekulali  birikmalar  kimyosi  ilmiy  tekshirish  institutlari,  Kanadaning 

“Nova  Chemical”  ilmiy  -  texnik  markazlari  bilan  yaqin  aloqalar  bog‘lab 

turadi.Kafedra  talabalari  turli  yillarda  Chexoslovakiya  (hozirgi  Chexiya  va 

Slovakiya),  Bolgariya,  Polsha,  Estoniya,  Latviya,  Litva,  Rossiya,  Ukraina 

davlatlarida  amaliyot  o‘taganlar.Kafedraning  hozirgi  kunda  “Sho‘rtangaz  kimyo 

majmuasi”,  “Sovplastital”  qo‘shma  korxonasi,  “Toshkent  Davlat  Texnika 

universiteti”  qoshidagi  “Fan  va  taraqqiyot”  Davlat  Unitar  Korxonasida  hamda 

“Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti» Davlat Unitar Korxonalarida 

filiallari  mavjud.  Yozgi  tanishuv,  ishlab  chiqarish  amaliyotlarini  talabalar 

“Sho‘rtangazkimyo”  majmuasida,  “SovplastItal”  QKsida,  “Qarshi  termoplast” 

QKsida,  Toshkent  lok  bo‘yoq  zavodida,  “Xobos”  QKsida,  “Qanor”  QKsida 

“Uzkabel” 

QKsida, 

“Qatron” 

QKsida, 

“Kafolat 

rezina” 

korxonalarida



45


o‘taydilar.Iqtidorli  talabalar kafedrada  olib  borilayotgan  ilmiy  -  tadqiqot  ishlariga, 

xo‘jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ishlarga jalb etiladilar.

1.  Ilmiy  -  tadqiqot  faoliyatining  ustuvor  yo‘nalishlari.  Kafedrada 

bajarilayotgan ilmiy - tadqiqotning ustivor yo‘nalishi  mahalliy xom  -  ashyo  sanoat 

chiqindilari  asosida polimer kompozitsion materiallar yaratishdir.  Bu  arzon,  sifatli 

maxsulot  ishlab  chiqarishni  yo‘lga  qo‘yish  bilan  birga,  atrof  -  muhitni  ximoya 

qilish  muammolarini  hal  qilish  imkonini  beradi.  Kafedra  tashkil  topgan  vaqtdan 

beri “Tarkibida pentozan saqlovchi xom ashyo  asosida polimer mahsulotlari ishlab 

chiqarish”,  hamda  “Mahalliy  organik  va  anorganik  to‘ldirgichlar  asosida  polimer 

kompozitsiyalari  yaratish”  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  ilmiy  -  tekshirish 

ishlari  amalga  oshirilib  kelinayapti.  Bu  ishlar  natijasida  neytral  muhit  va  nisbatan 

past haroratda choklanishga moyil  furan oligomerlari yaratishning nazariy asoslari 

yaratilib,  oligomerlar  hosil  bo‘lishi  va  ularning  choklanishini  yangi  mexanizmi 

taklif  etildi,  hamda  tajribalar  asosida  isbotlandi.  Tarkibida  bir  furan  halqalari  va 

elastik alifatik radikallar,  furan halqalari hamda amid va uretan guruxlari  saqlovchi 

yangi turkumdagi polimerlar sintez qilindi.

2.  Iqtisodiyotning  tegishli  soxalariga  oid  korxona  va  tashkilotlar  bilan 

ham korlikda  bajarilayotgan  xo‘jalik  shartnom alarining  natijalari.  ITD-6-

127___Yangi  effektiv  fotostabilizatorlar  va  ularni  olish  texnologiyasini  ishlab

chiqish  (dastur  raxbari  prof.  Djalilov  A.T.).Olib  borilayotgan  ilmiy  tadqiqotning 

maqsadi  :  Mahalliy  xom-ashyolar  hamda  benztriazol  va  benzoksazol  tutgan 

birikmalar sintezi va ularni olishning texnologiyasini ishlab  chiqish.  Mahalliy xom 

ashyolar  hamda  benztriazol  va  benzoksazol  tutgan  birikmalar  sintezi  bo‘yicha 

hamda  fotodestruktsiyalash  bo‘yicha  adabiyotlar tahlili  natijasida  muvofiq  usullar 

va  ilmiy  yondashishlar  aniqlashtiriladi,  yaratilgan  adabiyotlar  banki  ilmiy  va 

o‘quv-uslubiy jarayonlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.  Tarkibida benztriazol 

va  benzoksazol  tutgan  birikmalar  asosidagi  mahsulotlar  sintezini  amalga  oshirish 

usullarini  ishlab  chiqish.  Tarkibida  har  xil  funktsional  aktiv  guruhlar  tutgan 

birikmalar  sintezi  o‘rganiladi  va  ularning  ta’sir  mexanizmini  nazariy  va  amaliy 

tomonlarini  ishlab  chiqish  amalga  oshiriladi.  Sintez  qilingan  mahsulotlarning



46


tarkibi  va  tuzilishini  zamonaviy  usullar  asosida  o‘rganish  va  ularning  tahlili 

bo‘yicha  nazariy  qonuniyatlari  yoritib  beriladi.  Sintez  qilingan  har  bir 

moddalarning  tarkibi  tuzilishi  va  fizik  -  kimyoviy  xossalari  o‘rganiladi. 

Fotostabilizator  qo‘shilgan  har  xil  turdagi  polimer  mahsulotlarining  nurlanish 

ta’sirida  eskirish jarayonlarini  o‘rganiladi  va  ular  tahlil  qilinadi.  Olingan  natijalar 

asosida  fotostabilizatorlarning  ta’sir  mexanizmlari  tahlili 

o‘rganiladi  va 

fotostabilizatorlar olish texnologiyasini  ishlab  chiqish ishlab  chiqiladi.  Benztriazol 

va 

benzoksazol 



tutgan 

birikmalar 

asosida 

fotostabilizatorlar 

olishning 

eksperimental  -  texnologik  reglamentini  ishlab  chiqish  amalga  oshiriladi.  X/SH 

N°14/08  SHGKM  bilan  tuzilgan.  Majmua  texnik  xujjatlarini  rus  tilidan  o‘zbek 

tiliga  tarjima  qilish.  (Shartnoma  raxbari  prof.  Magrupov  F.A.  15mln.  so‘m). 

Xo‘jalik 

shartnomasi 

maqsadi 

SHGKM 


texnik 

xujjatlarini 

(texnologik 

reglametlarini)  milliy  o‘zbek tilimizga tarjima  qilib,  yurtimizdagi  eng yirik kimyo 

majmualaridan  birida  o‘zbek  tilida  ish  yuritish,  majmua  injener-texnik  va  ishchi 

xodimlariga  “SKLERTEK”  texnologiyasi  bo‘yicha  polietilen  ishlab  chiqarish 

jarayonining  yanada  tushunarli  bo‘lishini  ta’minlab  ishga  ongli  ravishda 

yondoshishni  ta’minlashdir.  14/08  xo‘jalik  shartnomasining  xar  ikkala  tomodan 

tasdiqlangan  kalendar  rejasiga  asosan  ish  bir  necha  bosqich  bo‘yicha  olib 

borilmoqda.  Shunga  ko‘ra  hozirgi  kunga  kelib  polietilen  sexining  reaktsiya  va 

retsikl  jarayonlari  qurilmasini  ekspluatatsiya  qilishning  texnologik  reglamenti, 

polietilen  tsexining  BUTEN-1  qurilmasini  ekspluatatsiya  qilishning  texnologik 

reglamenti,  yakuniy  ishlov  berish  reglamenti,  hamda  texnololgik  suv  va  ichimlik 

suvlarini  tayyorlash  kabi  bo‘limlarining  o‘zbek  tiliga  tarjimalari  tugatilib,  zarur 

ravishdagi  xisobotlari  rasmiylashtirilib  topshirilgan.  Shu  bilan  ushbu  xo‘jalik 

shartnomasida mo‘ljalangan barcha ishlar to‘la amalga oshirildi.

3. 

Nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalari  himoyasi.  Kafedra  ilmiy 



tadqiqotchisi  M.Qo‘rbonova  o‘zining  “Kremniy  organik  birikmalar  asosida 

oligomer-antipirenlar  olishning  ishlab  chiqarish  texnologiyasi”  mavzusidagi 

nomzodlik  dissertatsiya  ishini  yakunlab,  kafedra  majlisi  muhokamasiga  taqdim 

etdi. 


Kafedra 

izlanuvchi-tadqiqotchisi 

U.Nuraliev 

o‘zining 

“Oligomer

47



fotostablizatorlar  olish  va  polimerlar  xossalarini  yaxshilash  maqsadida  qo‘llash” 

mavzusidagi 

nomzodlik 

dissertatsiya 

ishini 

yakunlab, 

kafedra 

majlisi 


muhokamasiga  taqdim  etdi.  Kafedra  izlanuvchi  -  tadqiqotchisi  A.Erkaev  o‘zining 

“Fosfor va amin tutgan birikmalar asosida ingibitor korroziya olish texnologiyasini 

yaratish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini bajarmoqda.

“Yuqori  molekulali  birikm alar  va  plastm assalar”  kafedrasi  Toshkent 

kimyo  texnologiya  ilmiy  tadqiqot  instituti,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

Akademiyasining “Polimerlar kimyosi  va fizikasi” instituti,  TDTU qoshidagi  “Fan 

va  taraqiyot”  DUK,  OAJ  “Sovplastital”  QK,  “Uzkabel”  QK,  “Elit  polimer” 

O‘zbekiston  -  Angliya,  QK,  OAJ  “Toshkent  lok  buyoq  zavodi”,  MChJ  “Kafolat 

rezina”,  “Sho‘rtangaz  kimyo  majmuasi”  bilan  aloqa  o‘rnatgan.  Shu  bilan  birga 

kafedra  D.I.Mendeleev  nomidagi  Rossiya  kimyo  -  texnologiya  instituti,  Rossiya 

fanlar  akademiyasining  Yuqori  molekulyar  birikmalar  instituti  va  boshqalar  bilan 

o‘zoro aloqalar o‘rnatilgan  [ 32 ].

3.1.4.  Bioorganik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar

Hozirgi  kunda  kimyoning  boshqa  rivojlangan  sohalari  bilan  bir  qatorda 

bioorganik kimyo  sohasi ham yaxshi  taraqqiy etmoqda.  Bu  soha vakillari  o‘zining 

faoliyati  va  ilmiy  ishlari  bilan  jahon  olimlariga  tenglasha  oladi.  Bunga  misol 

sifatida,  O.S.Sodiqov  nomidagi  Bioorganik  kimyo  instituti  Bioorganik  kimyo 

bo‘limi  laboratoriyasida  olib  borilayotgan  ishlarni  ko‘rsatish  mumkin.  Ushbu 

institutning  bioorganik  kimyo  bo’limi  Polifenollar  laboratoriyasi  quyidagi  ilmiy 

yo‘nalishlarda  faoliyat  yuritmoqda  Polifenol  (shular  qatorida  gossipol),  terpenoid 

(diterpenoidlar, 

triterpenoidlar) 

tabiatiga 

ega 


bo‘lgan 

quyi 


molekulyar 

bioregulyatorlarni  ajratib  olish  va  tuzilishini  aniqlash,  kimyoviy  modifikatsiya, 

tuzilish - funksional tahlil, maqsadli  sintez qilish.  Ular asosida keng ta'sir doirasiga 

ega bo‘lgan dori vositalarini yaratish va tibbiyot amaliyotga tatbiq etish.  Xususan:



48


-  glitsirrizin,  glitsirret  kislotalari  va  ular  hosilalari  supramolekulyar  kimyosi 

fundamental  asosi,  ularning  fizik  kimyoviy  xossalarini  har  xil  sharoitlarda  va 

tuzilishining o‘ziga xosligini o‘rganish.

- yangi biologik faol birikmalar olish maqsadida  glitsirrizin,  glitsirret kislotalari va 

ular  hosilalarini  kimyoviy  va  supramolekulyar  modifikatsiyalash,  ularning 

fiziologik  faollligini  o‘rganish,  olingan  ma'lumotlarni  tuzilish  -  funksional  nuqtai 

nazardan tahlil qilish,

-  glitsirrizin,  glitsirret kislotalari va ularning hosilalari  asosida keng ta'sir doirasiga 

ega dori vositalarini yaratish.

-  gossipol  (g‘o‘zaning  spetsifik  pigmenti)  va  uning  hosilalari  kimyosining 

fundamental  asoslari,  fizik  -  kimyoviy  xossalari  va  tuzilishining  o‘ziga  xosligini 

o‘rganish.

-  yangi  hosilalarini  olish  maqsadida  gossipolni  kimyoviy  modifikatsiyalash, 

ularning biologik faolligini  o‘rganish,  olingan natijalarni tuzilish-funksional nuqtai 

nazardan tahlil qilish.

-  gossipol  va  uning  hosilalari  asosida  keng  ta'sir  doirasiga  ega  dori  vositalarini 

yaratish.

Laboratoriya xodimlari faoliyatining muhim  natijalar:

-  gossipolning  300  ga  yaqin  yangi  hosilalari  sintez  qilingan  va  uning  alkil-,  aril-, 

geteriliminlarining  xinoid  shaklida  bo‘lishi,  gossipolning  metilenfaol  birikmalar 

bilan kondensatsiyasi mahsulotlari benzoid, gossipolning azo- hosilalari va iminlari 

esa ko‘pchilik xolda xinon-gidrozo shaklida bo‘lishi isbotlangan.

-  gossipol hosilalarining tuzilish -  funsional tahlili ularning biologik faolligi o‘zaro 

reaksiyasii tipiga, kiritilgan o‘rinbosarlarning tabiatiga, dorini yuborish sxemasiga , 

dozasiga  va  moddaning  hujayra  bilan  ta'sirlashishiga  bog‘liqligi  qonuniyati 

mavjudligi ko‘rsatilgan.



49


-  glitsirrizin,  glitsirret kislotalarining 200  ga yaqin yangi  hosilalari  sintez  qilingan, 

shular  qatorida  biologik  faol  moddalarning  qator  supramolekulyar  komplekslarii 

xam olingan.

-  glitsirrizin  kislotasi  va  uning  monotuzlarining  gel  hosil  qilishi  pH  ,  temperatura 

va  moddaning  konsentratsiyasiga  bog‘liqligi  o‘rganilgan  va  ko‘rsatilgan. 

Supramolekulyar  komplekslar  suvli  eritmalarining  qovushqoqligi  mehmon 

molekulalarining tabiatiga bog‘liqligi,  mitsella hosil bo‘lishida vodorod bog‘lar va 

gidrofob  o‘zaro ta'sirlarning muhim  ahamiyatga  eg ekanligi ko‘rsatilgan.  Ilk marta 

glitsirrizin kislotasi  monoammoniyli  tuzining  monokristali  olinib,  rentgen tuzilish 

tahlili  yordamida  ammoniy  guruhining  molekuladagi  o‘rni  masalasi  batamom 

yechildi.

Ushbu natijalarning amaliyotda qo‘llanishi

-  glitsirrizin  kislotasi  va  uning  hosilalari  asosida  mahalliy  ta'sir  etuvchi  qator 

gemostatik,  yallig‘lanishga  qarshi  nosteroid  dori  vositalar  (Glilagin,  Lagovin, 

GLAS,  Megaferon  va  boshqalar)  yaratilgan  va  ular  o‘z  ta'siri  bo‘yicha 

qo‘llanilayotgan  analoglaridan  anchagina  ustun.  Glilagin,  Lagovin,  GLAS 

preparatlari  substansiyalari va dori  shakllari  uchun me'yoriy texnik xujjatlar ishlab 

chiqilgan,  klinik  sinovlari  muvaffaqqiyatli  o‘tkazilgan.  Megaferon  substansiyasi 

uchun me'yoriy texnik xujjatlar ishlab chiqilgan;

-  gossipol  va  uning  hosilalari  asosida  virusga  qarshi  (3%  li  gossippol  linimenti), 

gerpesga  qarshi  (3%,  1%  li  megosin  surtmasi),  immunosupressiv  (0,1g  batriden 

tabletkalari), xlamidiyga qarshi (0,1g gozalidon va 0,05 g suppozitoriy tabletkalari), 

gepatitga qarshi (0,05 g Ragosin tabletkalari) tibbiy preperatlar yaratildi va tibbiyot 

amaliyotiga tatbiq etildi;

- yangi immunomodulyator (0,1g mebavin tabletkasi) ishlab chiqildi;

-  antigerpetik ta'sirga ega bolalar va kattalar uchun suppozitoriylar,  antioksidantlar 

va boshqalar uchun klinik oldi va klinik sinovlar o‘tkazilmoqda  [ 30 ].

50



3.2.  O ‘zbek kimyogar olimlari erishgan yutuqlarning turli sanoat 

sohalari rivojlanishidagi ahamiyati

O‘zbek  kimyogar  olimlari  nafaqat  fanni  rivojlantirish,  balki  sanoatni  yangi 

va  ilg’or  texnologiyalar  bilan  boyitish  yuqori  malakali  muhandislar  tayyorlash 

hamda  oliy  malakali  ilmiy  kadrlar  yetishtirishga  ham  katta  hissa  qo’shdilar. 

M o‘jizakor  fan  vakillari  Vatanimiz  o‘simliklar  kimyosi,  qishloq  xo‘jaligi  uchun 

muhim  mineral  o‘g‘itlar,  tabiiy va  sun’iy polimerlar yaratishda dunyoga tanildilar, 

ular  rahbarligida  bajarilgan  ilmiy  ishlarning  natijalari jahon  miqyosida  tan  olindi. 

O‘zbek  olimlarining  kitob  va  maqolalari  ko‘pgina  mamlakatlarda  tarjima  qilindi, 

xalqaro  kongress  va  anjumanlarda  tinglandi,  ularga  yuksak  baho  berildi.  Qator 

olimlarimiz  xalqaro  mukofotlarga  sazovor  bo’ldilar,  ular  haqidagi  ma’lumotlar 

“Jahonning  buyuk  kimyogarlari”  kitobidan joy  oldi.  Hozirgi  kunda  ham  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi  jadallik  bilan  hayotga  tadbiq  qilinayotgan  bir  davrda 

kimyogar olimlarimiz o‘zlarining munosib hissa.la.rini  qo‘shib kelmoqdalar  [ 6 ].

3.2.1.  O ‘zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishida o‘zbek 

kimyogarlarining tutgan o‘rni

O ‘zbekistonda  kimyo  fani  va  sanoati  ancha  rivojlangan.  Sobiq  Ittifoq 

miqyosida  O ‘zbekiston  kimyo  sanoati  lak  -  bo‘yoqlar  ishlab  chikarish jihatdan 

birinchi  o ‘rinni  egallagan  b o ‘lsa.  Yalpi  kimyo  sanoati  b o ‘yicha  to ‘rtinchi 

o‘rinni egallab turgan edi.

XIX  asr  o ‘ rtalarida  O ‘ zb ekistonda  s op ol, 

shisha  tayyorlash, 

o ‘ simliklardan turli  moddalar (xushbo‘y  efir moylari bo‘ yoqlar,  sharbat,  sharob 

tayyorlash,  mis,  jez,  asl  va  nodir  metallardan  buyum  hamda  turli  bezaklar 

yasash kabi ishlar tez rivojlandi. Natijada kichik sanoat korxonalari vujudga kela 

boshladi.  XX  asrning  20  yillaridan  boshlab  O ‘zbekistonda  kimyo  fani  tez 

rivojlana boshladi.  Buning asosiy sababi  shuki.  o‘sha davrda O ‘rta Osiyo Davlat 

universitet  deb  atalgan,  hozirgi  O ‘zbekistan  Milliy  universitetida  kadrlar



51


tayyorlash  bilan  birga  ilmiy  -  tadqiqot  ishlari  yo‘ lga  qo‘yildi.  Kimyo  sanoati 

rivojlanishi  ehtiyojlari  uchun  zarur  bo‘lgan  tadqiqotlarni  amalga  oshirish 

borasida e’tiborli ishlar bajarildi.

O ‘zbekiston  Respublikasi  FA  qoshidagi  umumiy  va  anorganik  kimyo  in­

stituti  asosan  uchta  yo‘nalish  bo‘yicha  ishlaydi:  a)  kolloid  kimyo,  b)  anorganik 

materiallar,  v)  neft kimyosi  va gazni  qayta ishdash.  Shu bilan birga bu institutda 

Respublikamiz  ravnaqi  uchun  yangi  soha  bo‘yicha  ilmiy  izlanishlar  yo‘lga 

qo‘yilmoqda,  bular  qurilish  materiallari  va  rangli  metallar  texnologiyalari 

hisoblanadi.

O‘zbekiston  hududida  tabiiy  gaz,  neft,  ko‘mir,  oltingugurt  yetarli 

bo‘lganligidan  mamlakatimiz  yirik  kimyo  sanoatiga  egadir.  Xomashyoning 

ko‘pligi  yetakchi  kimyo  sanoati  korxonalarini  -   Farg‘onada  sun’iy  tola, 

Namanganda  kimyo  zavodi,  Toshkentda  lok  -  bo‘yoq 

materiallari  va 

plastmassalarni  ishlab  chiqaradigan  korxonalarni  vujudga  keltirish  imkonini 

yaratdi.  Ro‘zg‘or  kimyosi  mahsulotlarini  tayyorlaydigan  Toshkent  sintetik  yuvish 

vositalari  zavodi,  Olmaliq  ro‘zg‘or  kimyosi  zavodi,  Jizzax  plastmassa  zavodi 

ishlab turibdi.

O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligining  paxtachilik  tarmog‘i  kimyo  sanoatining 

mahsulotlarini  eng  ko‘p  iste’mol  qiluvchi  tarmoq  hisoblanadi.  Mamlakatimizning 

qishloq  xo‘jaligida  har  yili  million  tonnalab  mineral  o‘g‘itlar,  zaharli  ximikatlar, 

defoliantlar  va  boshqa  xil  mahsulotlar  ishlatiladi.  Hozirgi  vaqtda  respublikamizda 

Chirchiq  elektr  kimyo  kombinati,  Olmaliq  kimyo  zavodi,  Samarqand  kimyo 

zavodi,  Navoiy  azotli  o‘g‘itlar  kombinati,  Navoiy  elektr  kimyo  kombinati, 

Farg‘ona 

azotli 


o‘g‘itlar 

zavodida 

turli 

mineral 


o‘g‘itlar, 

o‘simlik 

zararkunandalariga  qarshi  zaharli  moddalar, 

defoliantlar  tayyorlanmoqda. 

Shuningdek,  respublikamizda  3  ta  gidroliz  zavodi,  tog‘  -  metallurgiya 

kombinatlari,  sintetik tolalar tayyorlaydigan zavodlar,  chinni,  sement zavodlari  va 

boshqa xil kimyo zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Respublikamiz 

hududida 

kimyo 


sanoatining 

tez 


rivojlanishi, 

qo‘llanilayotgan texnologik  qurilmalarning  mukammal  emasligi  ekologik jihatdan



52


salbiy  oqibatlarga  olib  kelmoqda.  Kimyo  va  boshqa  xil  korxonalardan  havoga, 

suvga  yoki  tuproqqa  qo‘shilib  borayotgan  turli  chiqindilar  atrof  -  muhitni 

ifloslantirib  bormoqda.  Buning  oldini  olish  tez  orada  kechiktirmay  hal  etilishi 

lozim bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Respublikamizda  atrof  -  muhitni  muhofaza  qilish  yuzasidan  ishlar  olib 

borilmoqda.  Chiqindi  suvlardan  metallarni  ajratib  oluvchi  ionitlar  ishlatilmoqda, 

qurilmalar  ishga  solinmoqda.  Hozirgi  kundagi  ekologik  va  iqtisodiy  vazifa  eng 

mukammal  chiqindisiz  texnologiyalarni  qo‘llashdir.  Korxonalardan  chiqqan 

chiqindilarni  ham  qayta  ishlanib,  kerakli  mahsulotga  aylantirilsa,  texnologiya 

chiqindisiz  hisoblanadi.  Masalan,  Qo‘qon  moy  kombinatida  ilgari  chiqindi 

hisoblangan  danak,  pomidor  va  uzum  urug‘laridan  kosmetika  dori  -  darmonlari 

uchun  qimmatli  mahsulotlar  olinishi,  danak  po‘stloqlari  motorlarni  tozalashda 

ishlatilishini chiqindisiz texnologiya deb hisoblasak bo‘ladi.

O‘zbekistonda  joylashgan  barcha  kimyo  korxonalarini  yaqin  yillar  ichida 

chiqindisiz  texnologiya  bilan  ishlashga  moslashtirish  lozimdir.  Bu  vazifani  hal 

qilish,  ya’ni,  yuksak  malakali  kimyogarlar,  tabiatshunoslar,  muhandislarni 

tayyorlash respublikamizning oily o‘quv yurtlari zimmasiga yuklanadi.

Bu  yillargacha  “Soyuzximreaktiv”  korxonalari  orqali  3000  dan  ortiq 

reaktivlar  chetdan  keltirilar  edi.  A tsetat  tola  ishlab  chiqarish  uchun 

Farg'onadagi,  Namangandagi  korxonalarda  xom  ashyo  etarli  emas.  Birgina 

gidroliz  zavodlari  uchun  120  000  tn  sheluxa  o‘rniga  20  000  tonna  yetkazib 

berildi.  Samarqand,  Olmaliq,  Qo‘qondagi  superfosfat  zavodlari  uchun  2,5  mln. 

tonna fosforli un kerak,  ilgari bu xo m  ashyoni  Qozogistondan sotib  olish uchun 

44  mln.  dollar  sarflangan  bo‘lsa,  endi  bu  narx  -  navo  100  mln.  dollarga 

ko‘tarilishi  o‘zimiz  ishlab  chiqaradigan  mineral  o‘g'itlarning  atigi  24 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish