www.ziyouz.com kutubxonasi
212
rivojlantirish uchun ishchilarni qisqartirishga majbur. Ishsiz qolgan odam qarzlarini to‘lay olmaydi.
Tushunasanmi?
Edis boshini liqillatdi va o‘z stakanchasini muz orasidan ohista oldi.
— Men hammasi avtomatlashtirishga bog‘liq deb o‘ylar ekanman.
Palmer Berkxardtga o‘xshab achchiq istehzo bilan kulib qo‘ydi, so‘ng bu qiliqni qachon o‘zlashtirib
oldim degan xayolga borib, bir lahza to‘xtab qoldi.
— Mahsulot ishlab chiqarish usuli qarz silsilasini o‘zgartira olmaydi. — tushuntirdi u nihoyat.
— Unda tamom bo‘lamiz.
— Men bu bema’ni muammoga shunchalik o‘ralashib qolganimdan qoloq odam degan nom
orttirdim, — Palmer xo‘rsinib, likyor ho‘pladi. — Ikki narsagina vaziyatni qutqara oladi. Federal zahira
tizimi bankirlarga tazyiq o‘tkazadi. Oqibatda banklar savdogarlarga qarz berishni kamaytiradi, ular
ham o‘z navbatida iste’molchilarga nasiya mol bermay qo‘yadi yoki iste’molchilar, ochko‘z bolalarga
o‘xshamasdan, o‘zlarini katta odamday tutib, atrofga jiddiy qaraydigan bo‘ladilar.
Edis o‘z stakanini chiroq nuriga solib sinchiklab ko‘zdan kechirar ekan:
— Demak, — deb xitob qildi. — Hammasi iste’molchilarga bog‘liq ekan-da?
— Shubhasiz.
— Ularga bugun bo‘lmasa ertaga kechqurun yoki boshqa ajoyib kunlardan birida, — davom etdi
Edis, — parcha-parcha bo‘lib ketish xavfidan qutulmasdan turib, o‘zlarini katta odamlardek tuta
olmaydilar.
Ular likyorni jimgina ichishga tutindilar. Katta bir palyon kamin ichida chirsillab yorildi, mo‘ridan
mayda uchqunlar yopirilib chiqdi.
— Chamamda, tayyorgarligi yo‘q odam uchun bu mavzuda bahs yuritish ancha og‘ir kechadi.
— Ammo u bankda bugungi majlis mavzusiga aylandi. Endi hamkasabalarim meni bu masalalardan
yaxshi xabardor deb hisoblaydigan bo‘lishadi.
— Ularning fikri qanday?
— Rostini aytsam, bunday masalalarni muhokama qilmaganmiz.
— Kim bilan gaplashgansizlar?
— Hay, men bilmayman. Men reklama va axborot bo‘limidagi xodimlarimiz bilan gaplashgan edim.
— Mak Berns bilanmi? — so‘radi u.
— Ha, shundayroq. U va miss Kleri bank ishlarida hech narsani tushunmaydilar...
— U reklama va axborot bilan shug‘ullanadimi?
“Ko‘rayapsanmi, — dedi ichida Palmer, — ko‘rayapsanmi?” Ammo ovoz chiqarib: — U Berns bilan
munosabatlarimga vositachilik qiladi, — dedi va chuqur nafas olib, gapni chalg‘itishga urindi. —
Ularning biri ham bank ishlarini tushunmaydi...
— Miss Klerini ishga kim yollagan? — so‘radi Edis bo‘linib qolgan mavzuga qaytib.
Palmer yelkasini siqdi.
— Men kelganimda ishlar edi.
— U chiroylimi?
Palmer asta kulib qo‘ydi...
— Har kim o‘z imkoniyatiga qarab hayot kechiradi, — dedi u. Ovozi kattakon xonada g‘alati aks
sado berib jarangladi. — Yaxshi ta’minlangan oilaning o‘g‘illari ham. Hatto, — qo‘li bilan uni ko‘rsatib,
qo‘shib qo‘ydi, — qizlari ham. Mening qo‘limda bank xo‘jaligi bor. Men u bilan shug‘ullanaman.
Ochiqchasiga ayta olaman: bu sharafli kasb. Men ishonamanki, u ayol ham kerakli ijtimoiy vazifasini
bajaradi. Agar, vazifani bajarmay qo‘ysa, u men uchun yo‘q narsaga aylanadi. Nima haqida
gapirayotganimni tushunasanmi?
— Tushunaman. Bu juda qayg‘uli.
— Ha, qayg‘uli, — qo‘shildi u, — chunki bank ishlari ba’zi zarur vazifalardan ozod qiladi, xuddi ilon
ham o‘zini siqib turgan terisini tashlaganga o‘xshab. Bank kuch bag‘ishlashi, qo‘llab-quvvatlashi,
himoya qilishi lozim. Bankning asosiy vazifasi — jamg‘arish.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |