Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


Jismoniy  xususiyatlarni



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Jismoniy 
xususiyatlarni 
shakllantirish 
metodlari. 
O‘yin  metodi.  Qadim  zamonlardayoq  paydo  bo‘lgan  o‘yin 
insonni  hayotga  tayyorlashning  eng  a  hamiyatli  shakli  va 
metodi hisoblangan. 
Jismoniy tarbiya tizimida o‘yin barcha vazifalar: ta’limiy, 
tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal yetadi. 
O‘yin  maktabgacha  yoshidagi  bolalarning  asosiy  faoliyati 
bo‘lib,  u  orqali  bola  shaxs  sifatida  shakllanadi.  O‘yin 
bolalarning  kelajakdagi  o‘quv  va  mehnat  faoliyati,  kishilarga 
munosabatning  qay  darajada  shakllanib  borishini  belgilaydi. 


- 41 - 
 
O‘yin  faoliyati  asosida  boladagi  bilish  faoliyati  rivojlanadi, 
bola  qancha  yaxshi  o‘ynasa,  u  maktabda  shunchalik  yaxshi 
o‘qiydi.  
Psixologlar  o‘yinni  bog‘cha  yoshi  davrida  yetakchi 
faoliyat  deb  hisoblaydilar.  O‘yinda  bola  shaxsining  hamma 
tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. 
O‘ynayotgan  bolani  kuzatib  uning  qiziqishlarini,  tevarak-
atrof  to‘g‘risidagi  tasavvurlarini,  kattalarga  va  o‘rtoqlariga 
bo‘lgan munosabatini bilib olish mumkin.  
O‘yin  bolalarni  jismoniy  tomondan  tarbiyalash  tizimida, 
maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ta’lim-tarbiya  ishida, 
axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o‘rin 
tutadi. 
O‘yinda  yosh  organizmga  xos  bo‘lgan  talab  va  ehtiyojlar 
qoniqtiriladi,  hayotiy  faollik  ortadi,  birdamlik,  tetiklik, 
quvnoqlik  tarbiyalanadi.  Shunday  ekan,  har  bir  o‘yni-
mashg‘ulotini to‘g‘ri rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. 
O‘yin  mashg‘ulotlarni  rejalashtirayotganda  har  doim 
maqsadni  hamda  mashg‘ulotdan  kutilayotgan  natijalarni 
aniqlay  olish  maqsadga  muvofiq  bo‘lar  edi.  Shundan  so‘ng 
maqsadga erishish uchun qaysi o‘yin, topshiriq yoki mashqdan 
foydalansa  yaxshiroq  samara  berishi  aniqlab  olinadi.  Buning 
uchun quyidagilarni inobatga olish zarur: 
-tanlab olingan ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda 
ketma-ketligi; 
-soddadan murakkabga qarab intilish; 
-turli  xillilikka  e’tibor  berish  (nutqiy  fpoliyatni  turli 
harakatlar  bilan,  tinch  o‘yinlarni  harakatli  o‘yinlar  bilan 
uyg‘unlashtirib turish); 


- 42 - 
 
-guruhiy  yoki  kichik  guruhlar  uchun  mashg‘ulotlarni 
tashkil  qilish.  Tarbiyachi  qachon  katta  guruh  bilan  hamda 
qachon  kichik  (6-8  boladan  iborat  guruh)  guruh  bilan  ishlash 
lozimligini hal etmog‘i darkor; 
- mashg‘ulotlarning vaqt chegaralarini aniqlab olish (qaysi 
vaqtda bolalar bilan shug‘ullanasiz va qancha vaqt davomida). 
Mashg‘ulotlar  davomida  bolalar  o‘z  fikrlarini  bildirish 
imkoniyatiga  ega  bo‘lganlaridagina  mashg‘ulotlarga  bo‘lgan 
qiziqishlari va o‘zaro ishonchlari oshib boradi. 
Guruhiy 
o‘yin-mashg‘ulotlari 
rejalariga 
mashg‘ulot 
boshida  ham  mashg‘ulot  davomida  ham  o‘zgartirishlar  kiritib 
borish mumkin. 
O‘yin-mashg‘ulotlarning  qator  prinsiplari  mavjud  bo‘lib, 
ularning asosiylari quyidagilar: 
1.O‘yinlarda erkin ishtirok etish. 
2.O‘zaro hurmat. 
3.O‘yin qoidalarini anglab olish. 
4.Refleksiya. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish