3-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining
ilmiy-tadqiqot metodlari
“Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul,
maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa
lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish
usullari»
1
deya sharhlangan. Demak, har bir metodda har xil
usullar mavjud. Bu usullar faqatgina bayon etib qolmasdan, balki
o‘quvchilarga, bolalarga o‘rgatish sifatida ham qo‘llaniladi.
O‘rgatish jarayonida o‘qituvchi berayotgan bilim o‘quvchilar
tomonidan har xil qabul qilinadi. Biri tez o‘rganadi, ikkinchisiga
ko‘proq vaqt talab etiladi. Shuning uchun o‘rgatish samaradoligi
o‘qituvchining to‘g‘ri usullarni tanlash va ishlata bilishiga
bog‘liq. Bu metodlarni tanlashda vazifalar, tarbiyalashni
ta’minlovchi o‘rgatish xarakteri, o‘quv materiallariga, ularning
imkoniyatlari, mashgulot sharoitlari hisobga olinadi. Jismoniy
tarbiya fanlari tizimi rivoji muayyan muammolarni tadqiq
etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi,
mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya
jarayonlarining mohiyatini tushunish ularni keng yoki tor
doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning
sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni
2
Sh.Qurbonov, A.Qurbonov Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T.,”O’AJBNT” markazi 2003. 8 b.
1
Философский словарь. 5-изд. // Под ред. Р.Т.Флорова. – Москва, 1987. С.- 278.
- 38 -
belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Jismoniy tarbiya sohasidagi izlanishlarning samarali
kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq.
Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni
vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham
muhimdir. Ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga
muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish
prinsiplari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi
jismoniy tarbiya jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni
taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq
maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning
samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.
Ular quyidagilardir:
1) muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi va ish mazmunining
aniq belgilanganligi;
2) vazifalarning
tadqiqot
maqsadi
asosida
to‘g‘ri
belgilanganligi;
3) tadqiqot
metodlar
tizimiga
nisbatan
ob’ektiv
yondashuv;
4) tajriba-sinov
ishlari
jarayoniga
jalb
etiluvchi
bolalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari,
shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri
hisobga olinganligi;
5) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning
natijalarini bashoratlash;
6) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Jismoniy tarbiyada ikki guruh metodlar qo‘llaniladi.
- 39 -
Bular:
umumpedagogik
(og‘zaki
bayon
qilish
va
ko‘rgazmalilik) hamda xususiy ya’ni jismoniy mashqlar
metodi.
Xususiy metodlarning 3 xil tipik shakllari mavjud bo‘lib,
ularni:
1) qat’iy reglament(tartib) asosidagi mashqlar;
2) o‘yin;
3) musobaqa shakllariga ajratamiz.
Birinchi navbatda xususiy metodlarning mohiyati bilan
tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |