Ko‘z, qosh, qaboq bo‘yog‘i g‘uslga mone’mi?
Bular ostiga suv o‘tmasa, g‘uslga mone’. Lekin tabiiy o‘sma, surma ostiga suv
o‘tkazganidan bu joizdir. Va tib tomonidan ham foydalidir. Tabiiyki, faqat uy ichida eri
uchun qo‘yishi, surishi mumkin. Bezanib-bo‘yanib ko‘chaga chiqishi gunohdir.
Bola tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar
Bunga sabab bo‘lgan fe’llar xoh ayolning ota-onasidan, xoh boshqalardan sodir bo‘lsin
farqi yo‘q, bola tushishiga sababchi bo‘lsa, diyyat lozim bo‘ladi. Lekin, bola ona
rahmidan tashqari chiqib, tushmaguncha jinoyat hisoblanmaydi. Chunki, bolaga qilingan
ish tufayli o‘lib-o‘lmagani bilinmagan taqdirda hukm shunday tadbiq etiladi. Faqat
qilingan ish tufayli bolaning ona qornida o‘lgani qat’iyan aniq bo‘lsa, u holda jazo
zarurdir.
Shu jihatdan to‘rt imom ham jinoyat sanab, jazoni lozim qilgan harakat natijasida ona
rahmidan o‘lik tushgan bola uchun jinoyatga yarasha jazo belgilanadi, deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |