Musulmon ayol oila a’zolariga mas’uldir
Alloh huzurida ayol javobgarligi erkaknikidan kam emas, hatto ko‘proq va kattaroqdir.
Chunki u uyda erkakka nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Bolalari bilan ko‘p vaqtini
o‘tkazganidan, bolalar va uyga aloqador muammolarni eriga qaraganda ko‘proq,
yaqindan biladi. Erkak xabarsiz bo‘lgan masalalarni biladi va hal qiladi, yechimini tezroq
topadi. Ziyrak musulmon ayol Rasululloh (s.a.v.) hadislarini xotirlashi bilan mas’ulligini
darhol tushunadi. Chunki, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlariga davomli quloq
soluvchidir.
Hushyor va ziyrak musulmon ayol o‘zining va farzandlarining tarbiyasini mudom kuzatib
borishi, mas’uliyatni chuqur his etib, o‘zidagi va oila a’zolaridagi xato-kamchiliklarini
to‘g‘rilab, tuzatib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |