www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
Shofe’iylarga ko‘ra esa, erkak yoki ayol uyquda ihtilom bo‘lib, uyg‘onganida, namlik
ko‘rsa, g‘usl zarurdir. Namlikdan maqsad – maniyning tashqariga chiqishidir. Ayolning
farjigacha oqib tushgan namlik ko‘rinsa, g‘usl qilishi kerak. Namlikka duch kelmagan
taqdirda, uyquda ihtilom bo‘lganini ko‘rgan kimsaga g‘usl kerak emas.
Uyqusida ihtilom bo‘lganini xotirlagan va inzol lazzatini sezgan bir odam uyg‘onganida
bir ho‘l ko‘rmasa, u odam g‘usl qilishi shart (lozim) emas. Ayol uchun ham shunday.
Uyg‘onganida to‘shagida yoki uyqusida nam ko‘rgan odam ihtilom bo‘lganini
xotirlayotgan bo‘lsa, agar o‘sha namlikning maniy yoki maziy bo‘lganiga qanoat keltirsa,
yoki maniymi, maziymi ekanida shubhaga tushsa, o‘sha odamga g‘usl qilish lozim
bo‘ladi. Faqat o‘sha namlikning oq ekaniga qanoat keltirsa (ishonsa), g‘usl kerak emas.
Agar namni ko‘rib, faqat ihtilom bo‘lganini xotirlayolmasa va namlik oq degan qanoatga
borsa, g‘usl kerak emas. Faqat bu nam maniy degan qanoatga borsa, g‘usl qilishi zarur.
Agar o‘sha odam namlikning maziy ekaniga ishonsa, yana g‘usl qilishi shart (zarur)
emas.
Tug‘ishning nazorat qilinishi
Tug‘ishning nazoratga olinishi aholi ko‘payishini chegaralash, homila(dorlik)ning oldini
olish niyati bilan amalga oshirilgan, hayotga, turmushga tadbiq qilingan va siyosiy,
iqtisodiy, demografik, tibbiy, axloqiy, ijtimoiy va diniy jihatlarni o‘z ichiga qamraydi.
Oila(ni) va aholini reja lashtirish nomi bilan tug‘ishni nazorat qilish o‘tgan asrlardan beri
tadbiq qilinishiga qaramasdan, asosan XIX asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy harakat
sifatida paydo bo‘lib, tezda butun dunyoga tarqaldi. Tug‘ish-tug‘ilish nazorati amaliy
tatbiqotining turli sabablari bor:
1. Xavfsizlik, ta’minot andishasi, kelajakdan qo‘rquv – ochlik va yo‘qsillik muammosi;
2. Davlat aholini ozaytirish yoki ko‘paytirish chegarasini saqlashi uchun tashviq etishi;
3. Homila(dorlik)ni hohlamaslik;
4. Tug‘ish-tug‘ilishni mumkin (bo‘lgan) eng yaxshi shart-sharoitlargacha kechiktirmoqlik,
qoldirmoq xohishi;
5. Ko‘pbolalilik qulay va rohatda yashashga to‘sqinlik qilishi, faqat iqtisodiy jihatdan
to‘kislikka erishgachgina ko‘p bolalikni istamoq;
6. Xastaliklar. Xastaliklarning bolaga ham o‘tish xavfi. OITS, varam (sil, shish) va
hokazo.
7. Bolaning ko‘pligi ibodatga va ilmga to‘siq bo‘ladi, degan fikr;
8. Yangi bir homila(dorlik) ayol uchun tahlikali bo‘lishi yoki emizikli bolasiga zarar berish
holati.
Dinimizga ko‘ra, zaruratlar va xastaliklardan tashqari, boshqa sabablar tushunarsiz
topilmoqda.
Turli tug‘ish nazorati yo‘llari, usullari va vositalari topilmoqda, faqat bularning ko‘pchiligi
homilaning oldini keskin ololmayapti.
Homiladorlikning oldini olishda turli vositalar qo‘llanilyapti:
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |